Antitrombinlar – trombin xosil bo‗lishiga to‗sqinlik qiluvchi bir gurux (plazma,
xujayra va to‗qima) omillari.
Antifibrinolizinlar – fibrinni parchalanishiga to‗sqinlik qiluvchi, organizm qon ivish
tizimining omillari.
Vitamin K avitaminozi – organizmda K vitamini etishmovchiligi natijasida qonda
protrombin miqdorini kamayishi.
Gemagglyusinatsiya – suyuqlikda muallaq xoldagi eritrotsitlarni yopishib, cho‗kmaga
tushishi.
Geparin – qon ivishiga to‗sqinlik qiluvchi tabiiy antikoagulyant. Jigarda, o‗pka
to‗qimasida va boshqa to‗qimalarda xosil bo‗ladi.
Glikoliz - glyukozani kislorodsiz sharoitda parchalanishi.