1. Valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning shakllari va asosiy
ishtirokchilari
Xalqaro valuta munosabatlari - valutaning jahon xo ’jaligida amal qilishi
borasida shakllanadigan va milliy x o ’jaliklar faoliyati natijalarining o ’zaro
almashuviga xizmat ko’rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidir2. Yoki
davlatlar, jahon valuta bozorining subyektlari, muayyan davlatning rezident yoki
norezident shaxslari orasida valutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish
va boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir3.
Valuta munosabatlarining paydo bo’lishi, o ’zgartirilishi yoki tugatilishining
huquqiy asoslari xalqaro kelishuvlar hamda davlatning ichki qonun va qoidalari
hisoblanadi.
Valuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo ’lgani holda to ’lov
balansi, valuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali Jahon iqtisodiyotiga sezilarli
ta ’sir ko’rsatadi.
Valuta munosabatlarining holati quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
- milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi;
- siyosiy ahvol;
- jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolar va
ularning rivojlanish tendensiyalari.
Valuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy
tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga
chiqadi.
Rezident shaxslar - bu muayyan davlat hududida yashayotgan va faoliyat
ko’rsatayotgan hamda shu davlatning fuqarosi bo ’lgan yuridik va jismoniy
shaxslardir.
Norezident shaxslar - bu muayyan davlat hududida yashayotgan va faoliyat
ko’rsatayotgan, lekin shu davlatning fuqarosi b o ’lmagan yuridik va jismoniy
2 Красавина Л.Н.Международные валютно-кредитные и финансовые отношения. —М.: «ФиС». 2001 г. С. 1.
3 Платонова И.Н. Валютный рынок и валютное регулирование. -М.: «ФиС». 2004. С. 67.
5
shaxslardir.
Masalan,
elchixonalar,
vakolatxonalar,
chet
el
firma
va
kompaniyalarining filiallari va shu kabilar.
Shu bilan birga, bu yerda shuni ta’kidlab o ’tmoq lozimki, valuta
munosabatlarining faol ishtirokchilaridan biri bu - tijorat banklaridir.
Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valuta bozorlarida nafaqat o ’z
manfaatlari, balki o ’z mijozlari manfaatlarining himoyachisidir. Jahonning yirik
tijorat banklari o ’z mijozlarining topshiriqlarini yaxshi bajarish, ularning moliyaviy
manfaatlarini himoya qilish va o ’z tijorat maqsadlari uchun jahon moliya bozorining
yirik markazlarida o ’z filiallarini ochgan.
Tijorat banklarida va mijozlarida turli sabablarga ko ’ra hamda turli
maqsadlarda xorijiy valutaga ehtiyoj paydo bo ’ladi. Masalan, agar tijorat bankining
mijozi eksportyor bo’lsa, u xorijiy valutada tushum oladi va valuta kursining
tebranishi oqibatidagi risklarni hisobga olgan holda, unda shu xorijiy valutada
olingan tushumni himoyalash zaruriyati tug’iladi. Shu sababli, u mazkur eksport
tushumini sug’urtalash maqsadida o ’z bankiga murojaat etadi. Yoki bank mijozi
importyor bo’lsa, kontragenti bilan tuzgan o ’zaro shartnoma shartlariga muvofiq,
belgilangan muddatda eksportyor bilan hisob-kitob qilish uchun unga muayyan
miqdorda xorijiy valuta zarur bo’ladi. Shunga muvofiq, mijoz o ’z bankiga xorijiy
valuta sotib olish maqsadida murojaat qiladi.
Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valutaga b o ’lgan o’z
zaruriy ehtiyojlari mavjud. Bularga masalan, jahon valuta bozorida oldi-sotdi
baholarining farqi sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valutalarni sotib olish va
sotish, valuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valuta risklarining
oldini olish maqsadida xejerlash bilan bog’liq turli valuta operatsiyalarini amalga
oshirish kabi harakatlarni keltirish mumkin.
Har qanday davlatda valuta munosabatlari davlat tomonidan tartibga solinadi.
Bunda tartibga solish turli qonunlar yordamida amalga oshadi. Masalan,
O ’zbekiston Respublikasi hududida valuta munosabatlarini tartibga solish
maqsadida 1993-yil 7-mayda «O ’zbekiston Respublikasi hududida valuta
munosabatlarini tartibga solish to ’g ’risida»gi Qonun qabul qilingan. 003-yil
6
dekabrda ushbu qonun qayta qabul qilingan. Bundan tashqari, mazkur qonunlar
harakatidan kelib chiqqan holda, tijorat banklari, jismoniy shaxslar va xo ’jalik
yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga soluvchi O ’zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining qator m e’yoriy hujjatlari va y o ’riqnomalari
mavjud.
Zamonaviy sharoitda valuta jarayonlarini tartibga solish valuta cheklovlari va
soliqlarni hisobga olmagan holda valuta kurslarini tartibga solish bilan bog’liq.
Bunday tartibga solishning amaliy instrumentlari davlatda unchalik ko ’p emas, ular
rasmiy intervensiya deb atalmish valuta bozori mexanizmiga to ’g ’ridan to ’g ’ri
aralashuv va pul-kredit munosabatlarini tartibga solishning an’anaviy uslublaridan
iborat.
Valuta jarayonining muvozanatsizligi, valuta kurslarining nazoratsiz
ko’tarilishi va pasayishi iqtisodiyotga tobora kuchayib boruvchi salbiy ta ’sir
ko’rsatadi. Jumladan:
- birlamchi ehtiyoj mollari bahosining oshishiga va mehnatkashlar iqtisodiy
ahvolining yomonlashuviga olib keluvchi import qilinayotgan inflyatsiya;
- milliy valuta kursining nisbatan o ’sganligi oqibatida mamlakat tashqi
raqobatdoshligining pasayishi;
- valuta zararlari oqibatida banklar va kompaniyalar moliyaviy holatining
muvozanatsizligi;
- rasmiy iqtisodiy siyosat samaradorligining pasayishi va shu kabilar.
Valuta muvozanatsizligini davlat tomonidan cheklash bilan bog’liq
harakatlari amaliyotda qator qiyinchiliklarga duch keladi: barcha iqtisodiy
jarayonlar o ’zaro chambarchas bog’liq va hamma vaqt u bilan bog’liq qo’shimcha
salbiy oqibatlar bo’lish ehtimoli mavjud - davlat m a’lum bir jarayonlarni tartibga
solgan holda boshqa jarayonlarga salbiy ta ’sir etishi mumkin.
Valuta bozorida davlat vakillari sifatida ko’p hollarda zimmasiga mamlakatda
pul-kredit siyosatini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan Markaziy bank maydonga
chiqadi. Markaziy banklar hukumat organlariga valuta operatsiyalari bilan bog’liq
xizmatlarni ko’rsatishi mumkin yoki milliy valutaga bo ’lgan talab va taklif balansini
7
o’zgartirish maqsadida xorijiy valutalarning oldisotdi operatsiyalari bilan ham
shug’ullanishi mumkin.
Hozirgi sharoitda rasmiy valuta intervensiyasi deganda davlatning valuta
bozoridagi valutaga bo ’lgan talab va taklifni hamda kurslar nisbatini o ’zgartira
oladigan, bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyati tushuniladi. Biroq amaliyotda valuta
intervensiyasi tushunchasi xorijiy valutaning milliy valutaga nisbatan oldi-sotdisi
bilan bog’liq rasmiy shartnomalardan iborat (shu jumladan, davlat tashkilotlariga
xizmat ko ’rsatish, Xalqaro Valuta Fondi bilan munosabatlar, valuta zaxiralari
bo’yicha foiz to ’lovlari, xorijiy valutada olingan qarzlar va shu kabilar).
Har qanday intervensiyaning hozirgi paytdagi yakuniy maqsadi - valuta
bozorida muvozanatli sharoitni ta ’minlash, valuta kurslarining keskin tebranishi
ehtimolini bartaraf qilishdir. O ’z navbatida, valuta bozorining barqarorligi
mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati va yalpi iqtisodiyotining rivojlanishini
ta ’minlashi lozim. Har qanday davlat o ’z iqtisodiyotining konkret xususiyatlaridan,
tashqi iqtisodiy aloqalarda ishtirok etishi uchun uning ochiqlik darajasidan kelib
chiqqan holda o ’z valuta intervensiyasining vazifalarini belgilaydi.
Amaliyot shuni ko’rsatib turibdiki, hozirgi sharoitda davlatlar valuta
bozoridagi o ’z faoliyatida qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni ko’zlamoqda. Shu
bilan birga, ular tomonidan valuta bozoridagi kursning harakat tendensiyasini
o’zgartirishga urinishlar qilinmoqda. Markaziy bank tomonidan mamlakat valuta
zaxiralari bilan operatsiyalar o ’tkazishda ko’plab davlatlarning ehtiyotkorligi ko’zga
tashlanmoqda.
Valuta tizimi - milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan
mustahkamlangan valuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish
shaklidir4.
Valuta tizimi - davlatlararo shartnomalar va kelishuvlar bilan belgilanadigan,
xalqaro valuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir5.
4 Красавина Л.Н. Международные валютно-кредитные отношения. -М.: «ФиС». 2001 г. С. 39.
5 Бержанов С.А. Валютная система, валютный рынок и валютные операции. - Нукус. 1996 г. С. 53.
8
Valuta tizimi - xo ’jalik aloqalarining baynalmilallashuvi asosida tarixan
shakllangan, valuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
Valuta tizimini valuta, valuta munosabatlari, valuta munosabatlarini amalga
oshiruvchi va ularni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi organlar yig’indisi
sifatida ham tasavvur qilish mumkin.
Valuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va o ’rni jamiyat iqtisodiy
tizimi bilan belgilanadi.
Valuta qonunchiligi - mamlakat ichki valuta qiymatliklari bilan, bir mamlakat
tashkilotlari va fuqarolari hamda boshqa mamlakat tashkilotlari va fuqarolari
o’rtasidagi shartnomalarni hamda mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan
mamlakat ichkarisiga milliy va xorijiy valutalar hamda boshqa valuta qiymatliklarini
olib kirish, olib chiqish, o ’tkazish yo’li bilan amalga oshirilishini tartibga soluvchi
qonuniy m e’yorlar yig’indisidir.
Dostları ilə paylaş: |