XII Jadval qonunlari (leges XII tabularum)
Rim quldorchilik davlatining rivojlanishida, uning iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy, huquqiy hayotida XII Jadval qonunlarining o'rni mislsizdir, hatto bu
qonundan Yustinian kodifikasiyasi orqali yollanma mehnatga asoslangan barcha
davlatlar o'z qonunlarini qabul qilishlikda manba va poydevor sifatida
foydalangan.
Albatta, bu qonunning kelib chiqishi plebeylar va patrisiylar o'rtasida
tinimsiz olib borilgan kurashga bog'liq. Bu qonun o'z ichiga Rim davlatining
vujudga kelishligidan, ya'ni eramizdan oldingi asrlardagi harakatda bo'lgan odat
normalari, an'analari, diniy marosimlari, ota- bobolardan qolgan odat (mores
maiorum) va amaliyot asosida vujudga kelgan (usus) turmush qoidalarini va
boshqa jamiyat uchun kerakli bo'lgan munosabatlarni o'z tarkibiga olgan. Ana shu
normalar asosida XII Jadval qonunlarini tuzish uchun 10 ta patrisiydan (desemvir)
iborat dastlabki komissiya tuzilgan. Bu komissiya a'zolarining saviyasi yuksak
darajada bo'lmagan. Dastlab bu komissiya 10 ta jadvaldan iborat qonunlar
tayyorlaganlar, lekin uning matni Rim davlatida yashab turgan plebeylarning
noroziligiga sabab bo'lgan.
Plebeylar o'zlari ham boshqalar kabi teng huquqlarga ega bo'lishlik uchun
tinmay kurash olib borishgan va bu kurash huquq doirasida ham o'z ifodasini
topgan. Rim davlatida istiqomat qiluvchi patrisiylarning magistratlari va qohinlari
hatto plebeylarning erkini, manfaatini e'tiborga olmasdan yozilmagan odat
normalarini o'z manfaatlarini ko'zlagan holda sharhlab yuborganlar.
Plebeylar noroziliklaridan so'ng, o'tkir nizolar natijasida patrisiylardan ham,
plebeylardan ham beshtadan a'zo tarkibida yangi komissiya tuzilgan va dastlabki
ular tomonidan ishlab chiqilgan matn qayta ko'rib chiqilgan va yana ikkita jadval
bilan to'ldirilgan. Shunday qilib, XII Jadval qonunlari vujudga kelgan. Albatta, XII
Jadval qonunlari patrisiylar va plebeylar uchun umumiy bo'lgan huquqni vujudga
keltirgan. Uning faqat Rim fuqarolari uchun mo'ljallangan yagona kvirit yoki sivil
huquqi bo'lib qolganligi shubhasiz. XII Jadval qonunlarining qabul qilinishi
plebeylarning patrisiy qohinlarining yuqori tabaqasiga qarshi kurashi bilan
ifodalangan. XII Jadval qonunlarining qabul qilinishi o'zlarida yozilmagan
odatlarni va qonunlarni saqlash va sharhlash, sud da'volarining shakllarini ishlab
chiqish huquqini saqlab qolgan va va bu huquqni suistemol qilib turgan
pontifiklarning ilgarigi mavqelarining zaiflanishini tezlashtirgan.
Garchi XII Jadval qonunlarida qasamlardan foydalanish va boshqa diniy
marosimlarga oid harakatlarni qilish ko'zda tutilgan bo'lsada, huquq endi diniy
me'yorlardan ajratilgan va dunyoviy xarakter kasb etgan edi[1]. XII Jadval
qonunlari 12 ta mis lavhaga yozilib, Rim siyosiy hayotining markazi forumlar
o'tkaziladigan joyga hamma ko'rish uchun osib qo'yilgan edi.
Bu qonunlarni bilish hamma uchun majburiy bo'lgan, demak uni qabul
qilinishi bilan Rim fuqarolarini dunyoviy huquqiy tarbiyalash zaruriyati tug'ilgan.
Hatto, Siseron davrida Rim davlatida istiqomat qilgan bolalar XII Jadval
qonunlarini yod olishga kirishganlar. XII Jadval qonunlarining asl nusxasi saqlanib
qolinmagan. Uning mazmuni XVI-XVII asrlarda ancha qiyinchilik bilan Rim
mualliflarining asarlaridagi parchalar asosida qayta tiklangan.
Darhaqiqat, XII Jadval qonunlari Rim davlatida mavjud bo'lgan odat
normalarini to'plash va unga ishlov berish ifodasidir. Ularga Janubiy Italiya
polislarining yunon huquqi ma'lum darajada ta'sir etgan. Biroq, unga odat huquqi
me'yorlaridan chekinuvchi alohida yangi qoidalar ham kiritilgan edi. Masalan,
jarimalarning qo'llanish tizimi qadimgi tallion tamoyillaridan voz kechishlik bilan
bog'liq bo'lgan. XII Jadval qonunlari hali Rim jamiyati huquqiy texnikasining
nisbatan past darajada rivojlanganligini aks ettirgan edi. Ular qisqacha buyruq
tizimidagi fikrlar, tushunchalar, ba'zan esa ta'qiqlar ko'rinishida bayon etilgan.
Ularning ba'zilari o'zlarida diniy marosimlarga oid izlarni saqlab qolgan edi. XII
Jadval qonunlari qator kamchiliklarga ega bo'lishligiga qaramay, Rim arxaik
davrining tub ehtiyojlarini aniq aks ettira olgan.
XII Jadval qonunlari bo'yicha xalq majlisining har qanday qarorlari, qonun
kuchiga ega bo'lishi lozimligi, keyinchalik esa harbiy xarakterga ega bo'lib,
senturiyalar
majlisini
(yuzliklar
majlisini)
keltirib
chiqarishligi
bilan
mustahkamlanilgan. Senturiyalar bo'yicha xalq yig'inining qarori, shu vaqtga qadar
qonuniy kuchga ega bo'lib borgan xalq yig'ini qarorlarining kuchini yo'qotgan yoki
uni ikkinchi o'ringa tushirib qo'ygan.
Rim quldorchilik davlati davrida shuningdek, senat qarorlari, ayrim hollarda
magistratlar ediktlari ham huquqiy kuchga ega bo'lgan. Masalan, desemvirlar
favqulodda komissiyasining qarori bilan XII Jadval qonunlari qabul qilingan.
Rim
fuqarolik
huquqida
qonunlarni
sharhlash,
shuningdek
sud
komediantlarini va da'vo talablarini tuzishliklarida IV asrga qadar pontifiklarning
imtiyozli huquqlari saqlanib qolgan. Pontifiklar esa, sud ishlariga nisbatan o'z
ustunliklarini shu davrgacha har tomonlama himoya qilib kelganlar. Huquqning
diniy niqoblardan batamom, xalos bo'lishiga, qohinlar mavqeiga putur yetishiga va
dunyoviy yurisprudensiyaning boshlanishiga, xususan miloddan avvalgi 302 yilda
kotib K.Flaviy tomonidan pontifiklar arxivlaridagi o'ta maxfiy ravishda saqlanib
qolgan sud taqvimi, da'volar va da'volar haqidagi formulalar va yozuvlar nusxalari,
huquqiy me'yorlar va odat normalarining sharhlari o'g'irlanib, oshkor qilinishi
yordam bergan. Uning harakatlaridan ruhlangan Rim xalqi uni 304 yilda edilga
saylaydi[1]. Sinfiy davrdagi huquq manbalarining eng asosiysi, XII Jadval
qonunlari bo'lib hisoblanadi, hatto u ilgariroq qabul qilingan bo'lsada, rasman
harakat qilishda davom etgan.
XII Jadval qonunlarining harakat doirasi VI asrga kelib, Vizantiya
imperatori Yustinianning qonunchilik islohotlari davomida bekor qilingan.
Rimliklarning o'z huquqiy an'analariga chuqur hurmat bilan qarashi, ayniqsa XII
Jadval qonunlariga bo'lgan izzat ikromi, ularni bu tarixiy yodgorlikdan ochiqdan-
ochiq voz kechishlariga yo'l qo'ymagan. Sinfiy davrda huquq manbalari sifatida
XII Jadval qonunlariga, ayniqsa, undagi oilaviy munosabatlarga, ya'ni oila va
nikoh hamda ota hukmronligi institutiga alohida e'tiborni qaratgan.
Nikoh erning xotin ustidan to'liq hukmronligini o'rnatgan (lekin xotin kishi 3
kun mobaynida o'z uyidan chiqib ketib, boshqa joylarda yashab kelsa, bunday
paytda erning xotinga bo'lgan egalik huquqi vaqtincha bo'lsa ham uzilishi nazarda
tutilgan).
Er va xotin, o'zlari alohida mustaqil ravishda er yoki xotinning otaonasining
uyidan chiqib ketmagan bo'lsa, ayniqsa erning otaonasi uyida yashasalar, bunday
paytda uy egasi yoki oila boshlig'iga er va xotin to'liq bo'ysunar edi. Uy egasi
ularni egallash, foydalanish, tasarruf etish huquqlariga ega bo'lgan.
Ota hukmronligi yoki oila boshqaruvchisi shunday huquqlarga ega bo'lganki,
hatto o'z xotinini tuzilgan shartnomalarni bajarish evaziga boshqa shaxslarga
ma'lum muddatga ijaraga berib yuborishi mumkin bo'lgan.
Ayniqsa, nikoh munosabatlariga katta e'tibor berilgan. Eng avvalo yigit va
qizning otaonalari roziligi olingan, keyin esa nikohga kiruvchilar roziligi olingan
va marosimlar o'tkazilgan. Nikoh yoshi qizlar uchun 12 yosh va yigitlar uchun 14
yosh qilib belgilangan.
Nikohga kirishishlik bo'yicha ham chegaralanishlar mavjud bo'lgan.
Masalan, xalqlar huquqi bo'yicha faqat ozod bo'lgan fuqarolargina nikoh
shartnomasini tuzishi mumkin bo'lgan.
Bunday huquqqa qullar, peregrinlar, lotinlar ega bo'lmaganlar. Ayniqsa,
plebeylar erkin va shaxsan ozod bo'lsalar ham ularning mulkiy, shaxsiy va boshqa
huquqlari cheklanilgan edi. Hatto ular jamoa a'zolari bilan nikohga kirisha
olmaganlar va jamoa ishini boshqarishda qatnashmaganlar, qisqacha qilib
aytganda, ko'pchilik fuqarolik huquqlaridan mahrum bo'lganlar.
Bu cheklashlar XII Jadval qonunlarida o'z aksini topgan. Shuningdek, XII
Jadval qonunlarida ko'rsatilishicha, o'lim jazosi kam jinoyatlar uchun qo'llanilsada,
lekin bu haqda ko'pgina moddalarda eslab o'tilgan. Jinoyatlarning harakteriga
qarab o'lim jazosi turlicha shakllarda qo'llanilgan. Bular, boshini kesish, suvga
cho'ktirish, qo'loyoqlarini butga mixlab tashlash, Tarpiya qoyasidan pastga tashlab
yuborish va hokazolardir. Asta sekin o'lim jazosi kam qo'llanilib borilgan.
Rim fuqarolari uchun fuqarolikni yo'qotish, fuqarolikdan mahrum qilish jazo
turi, eng og'ir jazolardan biri bo'lib, ona yurtdan haydab yuborish jazosi, olov va
suvdan mahrum etish kabi jazolar qo'llanilgan. Qonunda tan jazolaridan qamchi
bilan urish, jarima va molmulkni musodara qilish, fuqarolik holatini cheklash va
diniy la'natlash choralari ko'rsatilgan. Hatto, Rim davlatida «oko za oko, zub za
zub» - qonga qon, jonga jon degan (uning to'liq ma'nosini anglatmasa ham, shu
tushunchani qo'lladik O.E.) degan prinsip qo'llanilardi. XII Jadval qonunlariga
binoan, kvirit huquqi bo'yicha xususiy huquqbuzarliklarga turlicha shaxsiy ozor
yetkazish, og'ir tan jarohati yetkazish, shuningdek o'g'irlik qilishlar kiritilgan.
XII Jadval qonunlarining o'ziga xos xususiyati shundan iborat bo'lganki,
aybdor bo'lmasa ham delikt (majburiyatni buzish) faktini sodir etishning o'zi
javobgarlikka tortishlik uchun kifoya bo'lgan.
Ayniqsa, qadimgi Rim jamiyatida fuqarolik huquqiy javobgarligi
institutlarining astasekinlik bilan jinoiy javobgarliklarni keltirib chiqaruvchi
institutlarga qarab o'tishligiga imkoniyat yaratilib berila boshlandi. Ushbu qonunga
binoan, boshqa shaxslarning daraxtini kesish yoki imoratlariga zarar yetkazish yoki
uy oldida to'plangan bug'doy g'aramlarini ehtiyotsizlik orqasida ёqib yuborish,
og'ir aybli qilmishlar hisoblanib, ular natijasida jarimalar to'lash va birovga zarar
yetkazish ko'rinishidagi majburiyatlar kelib chiqqan. XII Jadval qonunlarida
ommaviy deliktlar (huquqbuzarliklar), ya'ni Rim xalqi nomidan jazolanadigan
jinoyatlar ham ma'lum bo'lgan va bunday jinoyatlar uchun jarimalar xususiy
shaxslar foydasiga emas, balki davlat foydasiga undirilgan.
Eng qadimgi davrlardayoq, Rimda mulkka uzoq vaqt egalik qilib turish
natijasida ham mulkka ega bo'lib olish mumkin bo'lgan. Lekin bu qonun
o'g'irlangan ashyolarga nisbatan muddat bo'yicha mulk huquqini o'ziga o'tkazib
olishni ta'qiqlagan. Ashyolarni, mulklarni egallab olish muddati bir yil, yoki
konkret ashyolar uchun ikki yil o'rnatilgan.
Shunday qilib, XII Jadval qonunlari qator kamchiliklarga ega bo'lishiga
qaramasdan, Rim arxaik davrining tub ehtiyojlarini qondira olgan huquqiy manba
sifatida ko'p asrlar mobaynida amalda va harakatda bo'lgan.
Biroq Rim davlatining iqtisodiy, siyosiy hayotida muhim o'zgarishlar,
kundalik hayotiy tajribalar, XII Jadval qonunlarining va umuman kvirit huquqining
eskirib qolgan normalaridan amalda voz kechishlikni talab qilgan.
Takomillashib borayotgan ijtimoiy munosabatlarni hisobga olish imkonini
beradigan va bunday sharoitlarga moslashuvchan huquq ijodkorligi shakllarini
tashkil etish zaruriyati vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: |