44
Xodimlarni tarbiyalashda ularning g‘oyaviy-siyosiy, professio-
nal va ma’naviy, mehnatga ongli munosabatda bo‘lish bo‘yicha
ongini o‘stirish masalasi muhim o‘rin tutadi. Xodimlarning
mehnat faolliligini oshirish, mehnat intizomini mustahkam-
lash yo‘llarini va usullarini topishda, xodimlarning o‘z xiz-
mat vazifalariga vijdonan va halollik bilan yondashishlari uchun
rag‘batlantirish
usullarini izlashda, jamoat tarbiyaviy ishlarini
tashkil etishda xodimlar bo‘limining roli juda katta.
Bozor iqtisodiyotining oliy maqsadi, avvalo jamiyatning inson
manfaatlari
va ehtiyojlarini qondirish, shaxsning har tomonlama
kamol topishi uchun shart-sharoit vujudga keltirish to‘g‘risida ham
g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq. Ammo bu masalaning birgina to-
moni, masalaning ikkinchi tomoni shundan iboratki,
mehnat-
kash inson o‘z farovonligini oshirishi uchun o‘z shart-sharoitini
vujudga keltirish, ya’ni o‘zining yashashi va kamol topishi uchun
moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarishi kerak.
Ijtimoiy ishlab chiqarish qatnashchilarining
mehnat sohasi-
dagi va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish samarali sistemasini
ishlab chiqarish, hamda qo‘llash ishini maqsadga muvofiq tarz-
da boshqarish uchun korxonaning tarkibiy o‘rinlarida
xodimlar
bo‘limi, yirik korxonalarda esa «Xodimlar tayyorlashi bo‘limi»
tashkil topadi. Korxonaning oldiga qo‘yilgan yangi vazifala rini
muvaffaqiyatli bajarish uchun xodimlar bo‘limi xodimlaridan
chuqur bilimga va saviyaga ega bo‘lishini talab etadi.
Xodimlar bo‘limining asosiy vazifalaridan biri shundan ibo-
ratki, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari bilan shartnomalar tuzi-
lishi korxonalar uchun mutaxassislar
va malakali xodimlarning
jalb etilishining asosiy shakli bo‘lmog‘i kerak. Xodimlar xizmati-
dan, xodimlar tayyorlashni rejalashtirishni talab qiladi.
Bulardan tashqari xodimlar xizmati xodimlar qo‘nimsizligining
oldini olishlari kerak, buning uchun ishdan bo‘shash sababla-
rini o‘rganish va analiz qilish lozim. Xodimlarning qo‘nimsizligi
sabablari va o‘zgaruvchanligi
birinchi navbatda moddiy
rag‘batlantiruvchi omillar samaradorligini tashkiliy jihatdan mo-
hirlik bilan qo‘llashni ta’minlash kerak. Kadrlar bo‘limi xizmati-
ni yaxshilash tadbirlaridan biri shundan iboratki, xizmat vazi-
falari yo‘riqnomasi ishlab chiqarilgan va rahbariyat tomonidan
45
tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Korxonada
mehnat tartibi ish beruv-
chi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa va-
killari organlari bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tarti-
bi qoidalari belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: