19-mavzu: Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar
Reja:
1. Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlar.
2. Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig‘ini bajarish
bo‘yicha hisobotlar.
Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki topshiriqlarning
bajarilishi amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni
haqida ma’lumot beruvchi hujjat.
Hisobotlar yillik, yarim yillik, kvartallik, oylik bo‘ladi. Hiso-
botda keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonchli hamda ishlab
chiqarishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatiga moyil bo‘lishi kerak.
Hisobotda quyidagilarga e`tibor beriladi: nima mo‘ljallagan yo-
ki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor beril-
di, qanday yetishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun
nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq ba-
jarilmagan bo‘lsa uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar
qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng
qo‘llaniladi. Uning zaruriy qismlari:
132
Kadrlar bo‘limi tomonidan qilinadigan hisobotlarda korxona,
tashkilot, muassasada bajarilgan ishlardan kelib chiqib unda qu-
yidagilar ko‘rsatilishi lozim:
– muayyan ish davrida korxonaga ishga qabul qilingan xodim-
lar haqida;
– ishdan bo‘shatilgan xodimlar haqida;
– xodimlarning malaka oshirganliklari haqida;
– rag‘batlantirilgan xodimlar haqida;
– jazolangan xodimlar haqida;
– xodimlarga berilgan ta’tillar haqida buyruq raqamlari bilan
ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Hisobotning zaruriy qismlari: qaysi davr uchun berilganligi,
qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilganligi; hujjatning no-
mi (hisobot), hisobot matni, hisobot yozuvchining lavozimi, fa-
miliya, ismi va otasi ismining bosh harflari, imzo, sana, hisobot-
ni tasdiqlovchi rahbar imzosi.
Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig‘ini bajarish
bo‘yicha hisobotlar ma’lum davr ishlari bo‘yicha hisobotdan qis-
man farq qiladi. Uning zaruriy qismlari:
1. Sarlavhasi: Idora rahbarining lavozimi, ismi va otasi ismi-
ning bosh harflari, familiyasi, kim tomonidan qanday topshiriq
uchun hisobot berilyapti.
2. Hujjatning nomi (hisobot).
3. Hisobot matni («Sizning topshirig‘ingizga binoan» ka-
bi iboralar bilan boshlanadi, topshiriq qanday bajarilganligi aniq
ma’lumotlar bilan bayon qilinadi: xulosa yasaladi).
4. Hisobot beruvchining lavozimi, ismi va otasi ismi, imzo.
5. Ilovalar ko‘rsatiladi (ko‘p hollarda).
6. Sana.
|