O’simlik bitlari (Aphididae) issiqxonalardagi sabzavot ekinlarining asosiy
zararkunandalaridan hisoblanadi. Ko’p yillik tadqiqotlarga asoson issiqxonalarda 4
turdagi: Aphis craccivora Koch., A.gossypii Glow., Hyalopterus pruni F., Myzus
persicae Sulz. o’simlik bitlari uchrashi aniqlangan. Issiqxonalarda o’simlik
bitlarining zarari bodring ekinida boshqa ekinlarga nisbatan yuqori bo’lganligi
kuzatilgan. Bodringda Aphis craccivora Koch va A.gossypii Glow turlari dominant
hisoblangan (3.4 - 3.5-rasm).
O’simlik bitlari barglar shirasini so’radi buning oqibatida poya va
ildizlardagi uglevodlar miqdori keskin kamayib ketgan. Qattiq zararlangan
barglarning shakli o’zgargan va buralib qolgan. Bundan tashqari barglarda hosil
bo’lgan shiralarda saprofit zamburug’lar rivojlanib o’simliklar rivojlanishini
susaytirgan, ba’zi hollarda esa o’simlik butunlay qurib ham qolgan (3.6-rasm).
Zararlangan o’simliklardagi hosil 30-51% gacha kamayishi mumkin
(Yaxontov,1953; Kojayeva 1963).
Dostları ilə paylaş: |