28
O’simlik bitlarining morfologiyasi va biologiyasi bir qator olimlar
tomonidan o’rganilgan (Plotnikov,1926; Yaxontov, Nevskiy, 1942).
Jumladan, XX-asrning 60-yillarida A.G.Davletshina (1964, 1970) o’simlik
bitlarining tur tarkibi, morfologiyasi, biologiyasi va sistematikasini ko’p yillar
davomida o’rganilgan.
O’simlik bitlari chala o’zgarish yo’li bilan rivojlanuvchi hasharot bo’lib,
butun mavsum davomida tirik lichinka tug’ib ko’payadi. Faqat qishlashda
tuxumlik fazasida (poliz yoki g’o’za bitidan tashqari) bo’ladi. Bu zararkunandalar
ochiq sharoitda, bir yilda 26 martagacha nasl beradi. Havo haroratiga qarab
bitlarinig bir avlodi rivojlanishi uchun 3-20 kun kerak bo’ladi. Har bir urg’ochi bit
o’z hayotida 150 tagacha lichinka tug’adi.
Bitlar begona o’tlarda qishlaydi. Erta bahorda ular tez ko’paya boshlaydi.
Beda yoki akasiya biti g’o’zaga aprel-may oylariga o’tib, iyun oyining oxirigacha
u yerda hayot kechiradi. Poliz va g’o’za katta yashil bitlari esa sabzavot va poliz
ekinlarida begona o’tlarda rivojlanib issiqxonalarda ko’chat ekilgandan so’ng
uchrab, ayniqsa, bodring o’simligiga katta iqtisodiy zarar yetkazgan.
Bitlarning zarari (g’o’zada) keyingi 2002 va 2003 yillari erta bahordan ham
ko’ra, kuzga yaqin (avgust-sentyabr oylarida) kuchli namoyon bo’lgan. Buning
oqibatida tola shiralanishi sodir bo’lib, og’ir oqibatlarga sababchi bo’lishi mumkin.
Tolani shiralanishini oldini olish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilib amaliyot
uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan (Ochilov, To’rayev, 2003; Sattorov, Ochilov,
Ashurov va boshq., 2005; Hamrayev, Ochilov, Xakimov, 2006). Mazkur
tavsiyalarga amal qilinishi o’z navbatda o’simlik bitlarini dala atrofidagi yerlardan,
paxtazorlardan shiralarning issiqxonalarga ko’chib o’tishini kamaytirar ekan.
Shiralarga (o’simlik bitlariga) qarshi kurashda juda ko’p insektisidlar
sinalib, ishlab chiqarishga tadbiq etilgan (Eshmatov, Shvesova, 1987; Xurramov,
Xolmurodov, 2005).
Bu dorilarni ishlatishda 2 ta qiyinchilik vujudga kelishi mumkin.
Birinchidan, bu ko’plab avlod beruvchi hasharotlarda tezda chidamlilik hosil
bo’lishi bo’lsa, (Abdullayev, 1988; Vidyasekhar Reddy et.al. 1989; Kerns, Gaybor,
1992, Suxoruchenko, 2001) ikkinchidan, shiralar odatda o’simlik unib chiqishi
paydo bo’lib (may) bu davrda ipak qurti boqilishi munosabati bilan kimyoviy
ishlovlar o’tkazish cheklangan bo’ladi.
Issiqxonalarda o’simlik bitlariga qarshi kurashish uchun biologik himoya
vositalaridan oltinko’z va yirtqich gallisaning ahamiyati kattadir. Ularni
laboratoriyada ko’paytirish va qo’llash bo’yicha Rossiyada bir qancha ilmiy ishlar
bajarilgan (Adashkevich, 1983; Bondarenko, 1986).
Respublikamizda o’simlk bitlariga qarshi yirtqich gallisa Aphidoletos
aphidimyza Rond. qo’llash bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar oxirigacha
yetkazilmagan (Nurmuhamedov, 1986).
Oltinko’z entomafagini issiqxonalarda shiralarga qarshi qo’llash bo’yicha
tadqiqotlar umuman olib borilmagan.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib biz o’simlik bitlariga qarshi issiqxonalarda
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
29
bodring o’simligida Aphidoletos aphidimyza Rond. ni hamda oltinko’z
Chrysoperla carnea Sterh. ni qo’llashni istiqbollari bo’yicha ilmiy tadqiqot
ishlarini o’rganishni maqsad qilib oldik.
Dostları ilə paylaş: