2.2 Kemiruvchi zararkunandalarni bioekologiyasi.
Adabiy
manbalarda qayd qilinishicha O’zbekistonning ko’pchilik
xududlarida asosiy zarar yetkazuvchi tunlamlardan kuzgi tunlamdir. Bu borada
Toshkent viloyatida ancha oldin kuzatishlar o’tkazilgan. S.Bekmurodov (1963),
F.Uspenskiy va boshqalar (1969), O. Muminov (1981) Qoraqalpog’istonda
E.Toreniyazov (1989), Xorazm janubida K.Durdiyev (1991) olib borgan ishlar
mavjud.
Kuzgi tunlam - Agrotis segetum Den.et schiff Respublikamiz sharoitida
hamma joyda uchraydi. Bu zararkunanda 34 oilaga mansub 150 dan ortiq turdagi
o’simliklarga zarar yetkazar ekan. Bular ichida g’o’za, beda, pomidor, qand
lavlagi, makkajo’xori, g’alla, moyli o’simliklar kuzgi tunlamning eng xush ko’rgan
ozuqasidir (Alimuhamedov, Xo’jayev, 1991).
Kuzgi tunlam issiqxonalarda avgust oyining birinchi yarmida paydo
bo’lgan.
Bu zararkunanda qurt yoki g’umbaklari bodring ekilgan joylarga go’ng yoki
tuproq, kapalaklari esa havo oqimi yordamida kirib kelib, ba’zan yopiq
ekosistema ichida tuxum qo’yishi ham kuzatilgan.
O’rganishlarimiz jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, kuzgi tunlam
qurtlari havo harorati 30-35°S, nisbiy namlik esa 40-50 foiz bo’lganda juda
yaxshi ko’paygan. Haroratning pasayib, namlikning oshishi bilan bu
zararkunanda populyasiya zichligi keskin kamaya boshlagan. Ayniqsa
issiqxonalarda namlikning oshishi va qishda mo’ta’dil harorat (10-20°S) bo’lishi
bu zararkunandaning qisman nobud bo’lishiga olib kelgan.
O’tkazilgan tajribalar davrida yopiq ekosistemada bodring bilan u yoki bu
darajada oziqlanadigan 6 ta turdagi yer ustki tunlamlari uchrashini aniqlangan.
Bulardan karadrina issiqxonada ahyon-ahyonda uchrab tursada keyingi yillarda
uning tarqalishi va keltirayotgan zarari yuqori bo’lishi kuzatilgan. Ayniqsa bodring
o’simligiga uning zarari benihoya katta bo’lgan. Undan so’ng gamma, beda,
metalsimon, serkumfleks tunlamlari hisoblanar ekan.
Dostları ilə paylaş: |