harakatlangan va beda bor joylarda bedaga zarar keltirgan. Kuchli zararlangan
beda o’rib olingach, g’o’zaga ko’chish hollari ham yuz berishi mumkin ekan.
Jazirama, issiq vaqtlarda yer betiga tushib, tuproq yoriqlari yoki kesak ostiga
yashiringan. Qurtlarning bu xususiyati ularga qarshi kurashda “aldamchi yem” dan
32
foydalanish imkonini beradi.
Qurtlar 16-22 kunda 6 yoshga to’ladi va o’simliklardan yerga tushgan.
Tuproqda 5-15 sm chuqurlikda “belanchak” ichida g’umbakka aylangan.
G’umbakning uzunligi 10-15 mm, sarg’ish-qo’ng’ir bo’lib, qorin qismining oxirida
ikki tomonga ayrilgan ikkita kichik tikanchasi bor bo’lar ekan. 8-10 kun davomida
g’umbaklik davrini o’tagan. Karadrina O’zbekistonda 6 martagacha avlod bergan,
bir avlodi 30 kunga qadar rivojlangan. Zararkunandaning qishki uyqudan chiqqan
kapalaklari 2000 tagacha, keyingi bo’g’in kapalaklari esa 300 dan 600 tagacha
tuxum qo’ygan.
Zararkunanda har 4-5 yilda to’satdan ko’payib ketar ekan. Bunday havfli
ko’payish respublikamizda 1964, 1969, 1972 yillari kuzatilgan bo’lsa, so’nggi
marta 1998 yilda qayd etilgan, hozirda esa zararkunanda depressiya holatida
ekanligi xabar qilinmoqda. Karadrinaning doimiy ko’payish o’choqlari
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari
hisoblangan. Zararkunanda dipressiya davrida bedada, no’xatda, pechakda,
sho’rada va boshqa o’simliklarda rivojlangan.
Karadrina
g’umbaklik
davrida
qishlaydi,
S.N.Alimuhamedov
va
Sh.T.Xo’jayev kuzatuviga qaraganda ba’zan kapalaklik davrida ham qishlashi
mumkin ekan.
Karadrina kapalagining (bo’sag’a harorat +10
0
S) bahorda, samarali
haroratlar yig’indisi 180
0
S ga yetganda uchishi eng ko’p miqdorda bo’lgan.
Zararkunanda ko’payib ketgan yillarda bu hodisa 15-20 kun davom etgan.
Zararkunandaning bir avlodini rivojlanishi uchun samarali haroratlar
yig’indisi 350 gradus bo’lishi kerak ekan. Bunda hisoblash ishlari samarali
haroratlar yig’indisi 220
0
S ni ko’rsatgan oy va kundan boshlangan. Har bir
yig’ilgan 350
0
S yangi bo’g’in boshlanganidan darak berar ekan.
Karadrinaning so’nggi, beshinchi avlod kapalaklari 10 kunlik o’rtacha
harorat 13,5
0
S dan yuqori darajada uchayotgan bo’lsa, karadrina ko’payishini
davom ettirayotganligidan dalolat bergan. Bu avlod tuxumi, qurti, g’umbagi va
kapalaklari qishki uyquga tayyor emasligi aytilgan. Chunki ular qishning sovuq
kunlariga bardosh berolmay, qirilib ketgan va kelgusi yilda ularning havfli miqdori
kutilmagan. Agar karadrinaning 6 yoki 5 avlodi kapalaklari uchayotgan 10 kunlik
o’rtacha havo harorati 13,5
0
S dan past darajani ko’rsatsa, ular qishga hozirlik ko’ra
boshlashi aytilgan. Ular qishdan omon chiqqan va zararkunanda miqdorini keskin
ko’payishi kuzatilgan.
Karadrinaga brakonidlar, taxin pashshalari, xonqizi, trixogramma, oltinko’z,
orius qandalasi katta qiron keltirgan. Shuningdek, uning kamayishiga chumoli va
qushlar ham sabab bo’lar ekan. Karadrina kapalaklari ommaviy tusda tuxum qo’ya
boshlagan va dastlabki qurtlar paydo bo’lgan davr, unga qarshi kurash
boshlashining aniq muddatidir.
Karadrina tuxumini rivojlanishi yozda 2-5 kun,
kuzda va bahorda 7-10 kun davom etgan.
Keyingi yillarda (2008-2011yy.) karadrina nafaqat ochiq maydonlarda balki,
issiqxonalarda ham rivojlanib bodring o’simligiga zarar yetkazayotganligi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
33
kuzatilgan. Bunday holatlar Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi “Qo’yliq”
agrofirmasida va shu tumanning “Qorasuv”fermerlar uyushmasiga qarashli
issiqxonalarda hamda ToshDAUning o’quv-tajriba xo’jaligi issiqxonasida
kuzatilgan. Shu sababli biz issiqxonalardagi bodring o’simligida karadrinaning
rivojlanish bioekologiyasini, dinamikasini va fenologik rivojlanishini o’rgandik (
3.10-rasm).
Issiqxonaga kuzda bodring ekilgandan so’ng karadrina kapalaklarini
tashqaridan uchib kirishi va tuxum qo’yishi sentyabr oyining birinchi o’n kunligida
kuzatilgan. Tuxumdan qurtlarning chiqishi esa shu oyning 2-chi o’n kunligiga
to’g’ri kelgan. Qurtlari 30-35 kun davomida rivojlanib bodring o’simligiga katta
zarar yetkazgan.
Dostları ilə paylaş: