35
Fovaklovchi pashsha - Liriomyza sativae Blanch
.
AQSh da, Janubiy va
Markaziy Amerikada, Tinch okeanning Guam, Taiti, Koledoniya, Samoa va
Gavay orollarida, Argentinada, Venesuelada, Fransiyada, Gollandiyada,
Belgiyada tarqalgan. 1991 yilda Turkmanistonda kuzatilgan va xudud sharoitiga
moslashgan.
Bu tur respublikamizning Toshkent shahri va Toshkent viloyati
sharoitlarida issiqxona hamda ochiq dalalarda keng tarqalgan.
Fovaklovchi pashshaning tuxumi, lichinkasi va pupariysining rivojlanishi
uchun eng pastki harorat bo’sag’asi 9
-
10 °S dir. 25- 30 °S haroratlarda tuxumi va
lichinkasini rivojlanishi uchun 7-9 kun o’tgan. Xuddi shu haroratlarda pupariysi
rivojlanishi uchun ham 8-9 kun zarur bo’lgan. 15 °S da tuxum, lichinka va
pupariylarning rivojlanishi 25-30 kun davom etgan.
Tuxumi - oqish rangda, ellipssimon, shaffof, bo’yi 0,18-0,21 mm, eni 0,11-
0,12 mm atrofida. Pashshalar o’simlik bargini tuxum qo’ygichi bilan teshib
zararlagan va ekskrement chiqarib ifloslantirgan. Urg’ochi imagolar kamida 20-40
ta eng ko’pi bilan 200-300 tagacha tuxum qo’ygan.
Lichinkasi - 3 yoshni o’tab, bu davr mobaynida uzunligi 2,5-3 mm ga
yetgan. Tuxumdan chiqqan lichinkalar dastlab rangsiz, keyinchalik sariq rangga
kirgan. Lichinkalar 1 yoshdan 2-yoshga o’tguncha po’st tashlagan va bu po’stlar
rangi qoramtir bo’lgan. Lichinkalar bargning mezofill qavatida oziqlanib, bargda
g’ovak hosil qilar ekan. Bargdagi g’ovaklar ilon izi shaklida bo’lgan. Lichinkalar
oziqlanib bo’lgandan so’ng g’ovaklarni teshib barg yuzasiga chiqqan. Ular barg
ustida, ba’zi hollarda tuproqqa tushib g’umbakka aylangan.
G’umbagi qizg’ish-qo’ng’ir rangda bo’lib, o’lchami 1,5-0,75 mm., to’g’ri
burchakli ovalsimon shaklda, oxirgi qismi toraygan. Bu faza 9-11 kun davom
etgan. G’umbakdan pashsha asosan ertalab uchib chiqqan.
Imagosi mayda pashsha bo’lib, qoramtir va sariq ranglardan iborat ekan.
Uzunligi 1,3-2
mm. Erkagi va urg’ochisini oson farqlash mumkin.
Urg’ochilarining qorin segmentida teleskopik tuxum qo’ygichi bor ekan. L.sativae
imagosida yaltirok qora rangdagi, L. trifoli da esa kulrang qora rangli qismlari bor
bo’lib, pashshalar 4-20 kungacha yashashi mumkinligi kuzatilgan. Ularning
rivojlanishiga harorat kuchli ta’sir qilgan. Agar iqlim issiq bo’lsa, imagolar 4-5 kun
ichida, tuxum qo’ygandan so’ng nobud bo’ladi (Parkman, 1989).
Iliq sharoitlarda L. sativae yil davomida juda ko’p avlod berishi mumkin
ekan. Bu zararkunanda Cucurbitaceae, Fabaceae, Solanaceae, Brassicaceae
oilalapuga kiruvchi 20 dan ortiq o’simliklarda rivojlangan. AQSh da L. sativae
pomidor, bodring, qalampir, karam, salat, gulkaram, selderey va dukkakli
o’simliklarni zararlagan. Bu tur uchun pomidor va bodring eng yaxshi xo’jayin
o’simlik hisoblangan.
Respublikamiz
qishloq
xo’jalik
o’simliklariga
keyingi
vaqtlarda
g’ovaklovchi pashshalarning vakili Liriomyza sativae Blanch (Diptera,
Agromyzidae) turi boshqa turlarga nisbatan jiddiy zarar keltirgan. Bunga misol
qilib, Toshkent viloyatidagi ko’pgina issiqxona xo’jaliklaridagi (Qibray, Toshkent,
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
36
Zangiota va boshqa tumanlardagi) holatlarni keltirib o’tish mumkin.
G’ovaklovchi pashshalarga qarshi kurashda ularning o’simlikda rivojlanish
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi (3.11; 3.12; 3.13 -rasmlar).
O’tkazilgan tadqiqotlardan L. sativae ni bodring o’simligida rivojlanish
bosqichining davomiyligini, urg’ochi pashshalarning serpushtligini va lichinkalik
davrlarida keltiradigan zararini o’rganishni maqsad qilib qo’ydik.
Tajribalar o’tkazish xonasining harorati va namligi o’zgaruvchan bo’lib, eng
past harorat 18,5°S ni, eng yuqori harorat 29°S ni, havoning nisbiy namligi esa 50-
65% ni tashkil qilgan.
Dostları ilə paylaş: