2.13-rasm. G’ovaklovchi pashshaning bodringdagi zarari.
To’liq lichinkalik fazasining rivojlanish davomiyligi o’rtacha 4,5 ± 0,5 kunni
tashkil etgan.
Pupariy davri: Yangi hosil bo’lgan pupariy sariq rangda bo’lib, keyinchalik
jigar rangga aylangan. U subsilindrik formada, uzunligi o’rtacha 1,54 mm, eni 0,64
mm bo’lgan. Liriomyza sativae ning rivojlanish davrlari ichida pupariy bosqichi
eng uzun davom etadigan fazasi hisoblangan. Bu bosqich o’rtacha 10,5 kun davom
etgan (tajribada 9 kun va 12 kun rivojlangan pupariylar ham bo’lgan).
Liriomyza sativae. ning to’liq bir avlodi 18 kun davomida rivojlanib bo’lgan.
Quyida Liriomyza sativaening O’zbekiston populyasiyasini morfologik belgilari
bo’yicha to’xtalib o’tamiz.
Imagosi - kichkina pashshacha bo’lib, urg’ochisi 1,44 mm, erkaklari esa 1,32
mm. Kattalikda bo’lar ekan. Imagolari sarg’ish rangda, qora rangli dog’chalari bor
bo’lib, urg’ochi pashshalarni erkak pashshalardan qorin segmentining kattaligi va
qora rangli teleskopik tuxum qo’ygichi mavjudligidan farqlash mumkin ekan.
Laboratoriya sharoitida urg’ochilari o’rtacha 6 kun, erkaklari esa 3 kun
yashaganlar. Tajribalarda urg’ochi pashshalarning serpushtligi ham aniqlangan.
Urg’ochi pashshalar o’rtacha 27 ta tuxum qo’ygan. Ayrim variantlarda bu
ko’rsatkich 41 ta, eng past serpushtlikda 14 ta tuxumni tashkil qilgan.
Ko’pgina olimlar Liriomyza sativae lichinkalarining rivojlanish davomiyligi
u oziqlanayotgan o’simlik turiga va havo haroratiga bog’liqligini ko’rsatib
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
39
o’tishgan (Oatman, 1958; Ned Stam, 1985; Issa, 1990).
Lichinkalar g’ovaklardan asosan soat 9
00
dan 13
00
gacha chiqib, avj davri
(pik) 10
30
ni tashkil qilgan.
Pashsha lichinkalari tomonidan o’simlik bargi yuzasini zararlash jadalligini
kuzatilganda quyidagilar aniqlangan (3.3-jadval).
2.3-jadval
Dostları ilə paylaş: |