2-bob. MAS’ULIYATLI MUSOBAQALARGA TAYYORLANISHNING
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARDA ISHTIROK ETISH
Agar mas’uliyatli musobaqa yakshanba kuniga rejalashtirilgan bo’lsa, bundan
oldingi 3–4 yakshanba kunlarida mashq qilish yuklamasi musobaqadagi
yuklamaga
yaqinroq
bo’ladi.
Mashg’ulotlarni
musobaqa
sharoitlarga
yaqinlashtirilgan sharoitda (shosse, stadion) o’tkazish tavsiya etiladi.
Asosiy musobaqalarda ishtirok etish vaqtiga kelib tezyurar sportchi startga
tayyor xolatda bo’lishi kerak. Bunga, mashq qilish bilan dam olishni o’zaro
muvofiq ravishda olib borish natijasida erishish mumkin.
Sportchida musobaqada ishtirok etishni boshlash uchun bevosita
musobaqadan oldin dam olish nixoyatda muhimdir.
Etakchi sport ustalari musobaqa oldidan juda katta tezlikda qisqa masofa
bo’laklarida takroriy yurish mashg’ulotlarini o’tkazadilar. Ushbu tajriba maxsus
tarzda o’rganilgan. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, shuni ta’kidlash mumkinki,
musobaqa oldidan juda yuqori tezlikda qisqa masofalarda (400, 800, 1000 m)
sportcha yurish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda shu masofa bo’laklarining
takrorlanish miqdori katta bo’lmasligi kerak.
Musobaqa kuni tartibi imkoni boricha, oldingi kunlardagi kun tartibidan farq
qilmasligi kerak. Musobaqa kunida yangi poyafzal, ichki kiyim kiymaslik kerak,
chunki bunda teri qatlami shilinib sportchi musobaqani davom ettira olmay qolishi
mumkin. Tezyurar sportchi poyafzali oyoqqa mos bo’lib, mashq qilish
mashg’ulotlarida ko’p martaba tekshirilgan bo’lishi lozim.
Aniqlanishicha, 50 km.li musobaqalar uchun tezyurar sportchi mashq qilish
mashg’ulotlarida 150 km.dan kam bo’lmagan masofani bosib o’tgan poyafzal mos
keladi.
Gavdaning o’zaro ishqalanuvchi yuzalariga (qo’ltiq soxalari, sonning ichki
yuzalari) vazelin surtiladi. Oyoqlar toza, tirnoqlar tekislangan, qadoqlar esa olib
tashlangan bo’lishi kerak. Toza paypoqlar oyoqqa mos kelishi kerak. Jazirama
quyoshli xavoda boshqa engil oq rangdagi bosh kiyimi kiyish tavsiya etiladi.
Musobaqa kuni ovqat startdan 3,5 – 4 soat oldin qabul qilinadi. Ovqat engil
xazm bo’ladigan bo’lishi, xajmi katta bo’lmagan va yuqori kalloriyaga ega bo’lishi
kerak. Tovuq go’shtidan pishirilgan sho’rva, pishgan tovuq go’shti, sulidan
tayyorlangan shakarli bo’tqa, shirin choy-tezyurar sportchining musobaqa oldidan
tanovul qiladigan taomlari xisoblanadi.
Musobaqaga ertaroq (startga 1,5 soat qolganda) kelish kerak. Kayfiyat tetik,
ko’tarinki ruxda bo’lishi kerak. Tezyurar sportchi o’z kuchiga ishonishi lozim.
Raqiblardan qo’rqmaslik va ularni xurmat qilish kerak.
Startga 1 soat qolganda razminkani boshlash kerak. Bunda mashqlar
shoshilmasdan bajariladi. Razminkadan so’ng dam olish va kiyimlarni almashtirish
uchun vaqt ajratish lozim (10-15 min.). Razminka sekin yugurish (1600-2000 m),
umumrivojlantiruvchi va maxsus tayyorgarlik mashqlaridan iborat bo’ladi. Bu
mashqlar sekin yurish va yugurish bilan galma-gal bajariladi. Razminkani mazkur
musobaqada birinchi doirada (stadionda) yoki birinchi kilometrda (shosseda)
qo’llanilishi extimol qilingan tezlikda 300-400 m.ga sportcha yurish bilan
yakunlash tavsiya etiladi.
Sovuq xavoda mushaklarga qon oqib kelishini kuchaytiradigan surtmalar
oyoqlarga surtiladi. Bevosita startdan oldin 3-4 marta chuqur nafas olib, nafas
chiqariladi va og’iz bo’shlig’i chayiladi.
50 km masofani musobaqalarda sportchilarga distanstiya davomida
ovqatlanish ruxsat etiladi (ovqatlanish punktlarida). Taomlar umumiy va
individual, ya’ni sportchi tomonidan tayyorlangan bo’lishi mumkin. Individual
taomlar startgacha musobaqa shifokori tomonidan tekshirilgan bo’lishi lozim.
Tezyurar sportchi muayyan taomga o’rganishi kerak, har qabulda qancha miqdorda
va necha marta tayyorlangan eritmani (odatda taom suyuq xolda bo’ladi) ichishi
kerakligini bilishi lozim. Ko’p щollarda, eritma shakar va glyukoza (20-25%)
qo’shilgan choydan iborat bo’ladi. Bu eritmaga limon sharbati (ba’zi sportchilar
qora smorodina sharbatini xush ko’radi) yoki bir oz osh tuzi ham qo’shiladi. Limon
sharbati bo’lmaganda, ozuqa eritmasiga bir oz limon yoki askordin kislotasini
qo’shish mumkin.
Musobaqadan oldingi bir necha kun davomida ovqat tartibi uglevodga boy
bo’lishi kerak. Shuningdek darmon-dorilarga boy meva va sabzavotlar ham
etarlicha bo’lishi lozim. Oxirgi vaqtda, sportchilar glyukoza va ular uchun
nixoyatda zarur bo’lgan tuzlardan iborat maxsus sharbat tanovul qilishadi.
Ba’zan musobaqalardan so’ng, sportchilar oyoq mushaklarida og’riq
sezadilar. Og’riq щissini kamaytirish uchun bevosita musobaqadan so’ng 5-10
min. davomida juda sekin maromda yugurish tavsiya etiladi. Oyoq mushaklaridagi
og’riqlarni va shishlarni bartaraf etish uchun qayta tiklovchi uqalash juda katta
samara beradi va musobaqadan so’ng 30 min.-2 soat o’tgach bajariladi. Uqalash
vaqtida zarbali harakatlar bo’lmasligi kerak. Iliq dush qabul qilish ham foydalidir.
Musobaqadan keyingi kunda engil mashq qilish mashg’uloti (yumshoq
gruntda o’rmon bo’ylab yugurish) o’tkaziladi yoki yana uqalash bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |