Buxoro davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti sport kafedrasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#39814
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
sportcha yurishni rivojlanishi va maxsus mashqlari

 

2.1. O’TISH DAVRIDA MASHQ QILISH 

         O’tish  davri  (oktyabr)  mashq  qilishni  ikki  yo’lini  o’zaro-bog’lovchi  va  faol 

dam  olishni  ta’minlovchi  davrdir.  Sport  mavsumi  tugagach  kuz  faslida  tezyurar 

sportchi  to’liq  dam  olish  xolatiga  o’tmasdan  mashq  qilish  yuklamasini 

kamaytirishi kerak. Bu davr 4-5 hafta davom etadi. 

         O’tish  davri  vazifalari:  umumiy  jismoniy  tayyorgarlikni  erishilgan  darajada 

saqlab  qolish,  mashq  qilish  yuklamasini  asta-sekin  kamaytirish,  faol  dam  olish, 

sportchi yurish texnikasini takomillashtirish. 

         Mazkur  davr  asosiy  vositalar  sifatida  o’rmonda  uzoq  sayr  etish, 

umumrivojlantiruvchi 

mashqlar, 

sekin 


yugurish, 

yurish 


texnikasini 

takomillashtirish  uchun  maxsus  tayyorlanish  mashqlari  kichik  va  o’rta  tezlikda 

sportcha  yurish,  sport  va  engil  atletikaning  boshqa  turlari  qo’llaniladi.  O’tish 

davrida tezyurar sportchilar texnikani chuqur taxlil etishga, mavjud kamchiliklarni 

tuzatishga ahamiyat berishlari kerak. 

         Mashq  qilish  mashg’ulotlari  soni  bu  davrda  haftada  3-4  martagacha 

kamayadi.  Mashg’ulotlar  yopiq  xonada,  ochiq  xavoda  (shahardan  tashqarida, 

o’rmonda,  saylgoxda)  o’tkazilishi  mumkin.  Mashg’ulotlarni  o’tkazish  joylarini 




o’zgartirib  turish  kerak.  Bu  esa  tezyurar  sportchining  asab  tizimini  dam  olishi 

uchun muhim omil xisoblanadi. 

 


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin