Mehnat unumdorligini qiymat usulida aniqlash uchun foydalaniladigan
shartli sof mahsulot ko’rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan xomashyo,
butlovchi ashyolar, energiya, yoqilg’i va hokazolarga qilingan bevosita xarajatlarni
chegirib tashlanadi. Shu bilan birga bu ko’rsatkichdan ish haqi, asosiy fondlarning
eskirishi va foyda chegirilmaydi. Bu erda moddiy xarajatlar o’zgarishi barham
toptiriladi, lekin foydanining salmog’i va amortizatsiyaning salmog’i ortadi.
Ularning o’zgarishi esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi
ko’rsatkichlarini birmuncha soxtalashtirishi mumkin.
Mehnat
unumdorligi
aniqlashda
foydalaniladigan
sof
mahsulot
ko’rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan barcha moddiy xarajatlarni, shu
jumladan amortizatsiya ajratmalarini ham chiqarib tashlash yo’li bilan hisoblab
chiqiladi. Xarajatlarni va mehnat unumdorlgini hisoblashda avvalgi mehnat
xarajatlarining soxtalashtiruvchi ta’siri to’la-to’kis barham toptiriladi, lekin
foydaning salmog’i jiddiy ravishda ortadi. Shuning uchun turli mahsulot xillarining
turlicha foyda berishi sharoitida aynan foyda sof mahsulot va mehnat
unumdorligini ko’rsatkichlarini soxtalashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Shuni aytish
kifoyaki, foydaning turlichaligi bizning mamlakat iqtisodiyot uchun xos
bo’lib, o’ sho’rolar hukmronligi davrida markazlashgan rejalashtirish
doirasida rivojlanib kelgan edi. Unda foyda va qiymatning o’rtacha normasi
bo’yicha mavjud bo’lgan tenglamaga amal qilmas edi. Ko’pgina xorijiy
mamlakatlarda olingan foyda darajasi muhim farqlar yo’qligi tufayli sof mahsulot
usulini mahsulot hajmlari va mehnat unumdorligini aniqlash uchun batamom
maqbul deb hisoblaydilar.
Lekin hatto bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda ham sof mahsulot
ko’rsatkichi tovar yoki yalpi mahsulot ko’rsatkichlariga nisbatan narxlarning
tebranib turishiga ancha ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat unumdorlgini aniqlashda foydalaniladigan normativ sof mahsulot
ko’rsatkichi sof mahsulot ko’rsatkichidan farqli o’laroq nomativ ish haqini va unga
qo’shib yozilgan haqi, shuningdek o’rtacha tarmoq foydasini o’z ichiga oladi.
Shuning hisobiga mahsulot har xil turlarning turlicha foyda keltirishga barham