yagona ilmiy jihatdan asoslangan eng adolatli, jamiyatdagi muayyan qatlam
manfaatlarini ifoda etuvchi mafkura deb e’lon qilinadi. O‘zining mohiyati yoki
biron bir jihati bilan undan farq qiluvchi g‘oyalar, qarashlar, mafkuralar yot va
harbiy-hududiy va mafkuraviy bosqinchilik qilishga, o‘zining mustabidchilik
tartiblarini keng miqyosida qaror toptirishga qaratiladi. Lekin, tarixiy haqiqat
shundan iboratki, mustabidchilik mafkuralarining turli andozalari va ularning
loyihalari asosida yaratilgan, demokratiyaga qarshi tuzumlarning pirovard natijada
halokatga uchrashi muqarrar. SHu sababli yakkahokimlikka intilgan, mutlaq
haqiqatni e’tirof etishga da’vo qiladigan mafkuraning istiqboli yo‘q. CHunki, u
yakkahokimlik o‘rnatish barobarida o‘zini boyitib boradigan manba - fikrlar rang-
barangligi va qarashlar xilma-xilligidan uzilib qoladi. Muayyan guruh yoki partiya
Каримов И.А. «Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тахдид, барқарорлик шартлари ва
16
g‘oyalari hukmron mafkuraga aylansa, hurfikrlik, vijdon erkinligi va qarashlar
xilma-xilligi cheklanadi. Mutlaq haqiqatga egalik da’vosi, mustabidlik prinsiplarini
kuchaytiradi.1991 yilda sobiq Ittifoq tarqalib ketishi bilan uzil-kesil inqirozga
uchradi. Buning sabablari nimalardan iborat?
Birinchidan, u o‘zini insoniyat tafakkuri erishgan eng yuksak cho‘qqi, mutlaq
haqiqat ifodasi deb hisoblab, boshqa mafkuralarni tan olmas, ular bizga yot degan
aqida asosida murosasizlarcha ish tutar edi;
Ikkinchidan, bu mafkura targ‘ibotchilari zo‘ravonlik prinsipi «majbur qilamiz»
qabilida ish tutar, ushbu g‘oyalar hamma joyda, hamma vaqt hech istisno va
to‘xtovsiz targ‘ib qilinar, xalqning erkin yashashi va fikr yuritishiga yo‘l qo‘yilmas
edi. Kimki bu g‘oyaga qarshi chiqsa, shafqatsiz jazolanar, butun davlat mexanizmi
ana shu jazoni turli shakllarda amalga oshirishga qaratilgan edi.
Uchinchidan, bu mafkura nomigagina ijtimoiy guruhlar mafkurasi edi. Aslida
sobiq Ittifoq davrida ziyolilar, dehqonlar, xizmatchilar, qolaversa, «etakchi sinf»
bo‘lgan ishchilarning orasida ham mafkuradan norozi bo‘lganlar bor edi. Lekin
metin mafkuraviy devor ortidan ularning ovozi chiqmas edi;
To‘rtinchidan, bu mafkura hech kimga vijdon erkinligi, o‘z fikrini ochiq bayon
etish,jumladan, xorij fuqarolari bilan xolisona muloqatda bo‘lishga ham yo‘l
qo‘ymas edi. Bordi-yu kimdir shunga jur’at etsa, «xalq dushmani», «burjuaziya
malayi»ga aylanar edi;
Beshinchidan, u milliylikdan butunlay xoli edi. Unda mavhum baynalmilallik zo‘r
berib kuylanardi. Kimki milliy qadriyatlar to‘g‘risida gap ochsa, darhol
«millatchi»ga chiqarib qo‘yilardi. Milliy tafakkurga ega bo‘lgan shaxs, mutaxassis,
ziyoli, olim, boshqalar «qoloq», «shubhali kishi» hisolanardi;
Oltinchidan, bu davrda milliy tarix, xususan, O‘zbekiston tarixi mutlaqo tan
olinmas edi. Nari borsa, ular ko‘pincha umumiy tarzda qayd etilardi, xolos;
Ettinchidan, xalqlarning diniga, diniy merosiga, diniy qadriyatlariga nisbatan
mutlaqo noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishar edi. Jumladan, xalqimizning ulug‘
siymolari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad YAssaviy, Najmiddin Kubro,
Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamahshariy, Imom Moturidiy, So‘fi Olloyor
kabi allomalarning boy ilmiy merosini o‘rganish, ulardan foydalanish taqiqlangan
edi;
Dostları ilə paylaş: