Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3-"v" guruh talabasi


Vayronkor, yot g‘oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/28
tarix02.01.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#40001
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
tarix darslarida milliy mafkura va dunyoqarashni shakllantirish. (3)

Vayronkor, yot g‘oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri 

Vayronkor  g‘oyalar  -  jamiyat,  xalq  va  davlatlarning  tanazzuliga  sabab  bo‘ladi, 

g‘ayriinsoniy  maqsadlarga  xizmat  qiladi.  Insoniyat  tarixida  ezgulik  va 

bunyodkorlik  g‘oyalari  bilan  yovuzlik  va  buzg‘unchilik  g‘oyalari  o‘rtasida 

hamisha kurash bo‘lganligi tarixdan  ma’lum.  Yovuzlik  g‘oyalari tarixda hamisha 

salbiy  va  yovuz  kuchlar  faoliyati  va  hukmronligini  ifodalaydi.  Salbiy  yurishlarga 

turtki  bo‘lgan  g‘oyalar,  irqchilik,  fashizm,  terrorizm,  mustamlakachilikni  targ‘ib 

qiluvchi g‘oyalar bunga misol bo‘ladi. Insoniyatning, jumladan, O‘zbekistoning bir 

necha  yuz  yillik  tarixida  ham  turli  bosqinchiliklar  oqibatida  zulm,  zo‘ravonlik, 

kulfat urug‘larini sochish va qon to‘kilishiga sabab bo‘lgan buzg‘unchi g‘oyalar va 

mafkuralarning  halokatli  ta’siri  bilan  bog‘liq  voqealar  ko‘p  bo‘lgan.  Bu  g‘oyalar 

o‘zlarida  mustabidlik  intilishlarini  goh  yashirin,  goh  oshkora  ifodalagan  holda 

amalga  oshgan.Jumladan,  bolshevizm  bilan  bir  qatorda,  XX  asrning  boshida 

mustabid  g‘oya  va  mafkuraning  boshqa  shakli  –  fashizm  paydo  bo‘ldi.Fashizm 

(ital  Fasismo  bog‘lam,  birlashma)  -  G‘arb  mamlakatlarida  XX  asr  boshlaridagi 

og‘ir  iqtisodiy,  siyosiy  va  ma’naviy  buxronlar  davrida  vujudga  kelgan  o‘ta 

tajovuzkor va vayronkor g‘oyalar asosida shakllangan insoniyatga qarshi nazariya 

va amaliyot. U jamiyatda o‘ta reaksion va tajovuzkor doiralarning dunyoqarashi va 

manfaatini  ifoda  etgan  holda,  ochiqdan-ochiq  terroristik  diktaturaga,  zo‘ravonlik 

g‘oyasiga tayanadi. Fashizmning - muhim xususiyati ochiqdan-ochiq shovinizm va 

irqchilik  bo‘lib,  uning  mohiyati  jamiyatning  barcha  taraqqiyparvar  qatlamlari, 

ilg‘or  fikrli  a’zolariga  qarshi  kuch  ishlatishning  eng  og‘ir  va  zararli  shakllarini 

qo‘llash jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Fashizm o‘z kirdikorlarini yashirish 



 

 

 



20 

va  xaspo‘shlash  uchun  siyosiy  tilyog‘lamalik,  yolg‘on  va  bo‘htonlardan  ustalik 

bilan  foydalanadi.Fashizmning  tashqi  siyosati  bosqinchilikdan  va  xalqaro 

terrorchilikdan  iborat  bo‘lib,  bunday  siyosiy  rejimlar  XX  asrning  30-yillarida 

Italiyada, Germaniyada, Portugaliyada, Ispaniyada va SHarqiy Evropaning boshqa 

bir  qancha  mamlakatlarida  o‘rnatilgan  edi.  Fashistlar  Germaniyasi  militaristik 

YAponiya  bilan  ittifoq  tuzib  1939-1945  yillardagi  Ikkinchi  jahon  urushini 

boshlagan. Bu urush insoniyatga mislsiz kulfat va falokatlar keltirdi, 50 milliondan 

ortiq odam halok bo‘ldi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron qilindi. o‘tgan asrning 

70-yillariga  kelib  Portugaliya,  Gretsiya,  Ispaniyada  ham  fashistik  tartiblar  barbod 

bo‘ldi. Ammo, bugungi kunda ham ba’zi mamlakatlarda (Avstriya, Germaniya va 

b.)  fashistik  unsurlarning  muayyan  darajada  faollashuvi  kuzatilmoqda.  YAngi 

fashizm  g‘oyasi  bugungi  kunda  insoniyat  uchun  zararli  ekanligini  har  bir  inson 

anglamog‘i  lozim.Bolshevizm  mafkurasi  bo‘lgan  kommunistik  ta’limot 

xalqlarning  milliy-etnik  o‘ziga  xosliklarini  yo‘qotish,  «proletar  baynalmilalligi» 

shiori bilan maydonga chiqqan bo‘lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiy-etnik 

sofligi»ni  mutlaqlashtirishni  targ‘ib-tashviq  etdi.  U  irqchilikning  homiysi 

hisoblanadi.  




Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin