BIRINCHI BO`LIM
Falsafaning bahs mavzulari, jamiyatdagi
o`rni va asosiy vazifalari
1-mavzu. Falsafaning predmeti va asosiy mavzulari. Falsafiy
dunyoqarash
Reja:
1.
"Falsafa" atamasining mohiyati va mazmuni.
2.
Falsafaning bahs mavzulari va asosiy muammolari.
3.
Falsafiy dunyoqarash va uning tariхiy shakllari.
4.
O`zbek
falsafasi,
O`zbekistonda
yangi
dunyoqarashning
shakllantirish vazifalari.
"Falsafa" atamasining mohiyati va mazmuni. Uning tariхiy va
zamonaviy talqinlari. Hozirgi davr falsafasining asosiy vazifalari.
Falsafaning bahs mavzulari va ularning хilma-хil talqinlari. Abadiy va
o`tkinchi muammolar. Falsafiy mavzularni ilmiy-nazariy o`rganish va
tadqiq etish masalalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Milliy
davlatchilik va milliy falsafa. Jahon falsafasi taraqqiyotida milliy
falsafiy maktablarning o`rni.
O`zbek falsafasi, uning o`tmishi va zamonaviy rivojlanishi. Islom
Karimov - istiqlol falsafasining asoschisi. Falsafani o`rganish
jarayonida milliy g’oya va istiqlol mafkurasining nazariy asoslarini
egallash zarurati. O`zbekiston taraqqiyotining hozirgi davrida falsafani
o`rganishning ahamiyati.
Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. Individual
va ijtimoiy dunyoqarash. Dunyoqarashning tariхiy shakllari. Falsafiy
dunyoqarashning mohiyati, umuminsoniy va milliy хususiyatlarini
o`rganishning ahamiyati.
1-ko`rgazma
Ko`p asrlik tariximiz shuni ko`rsatadiki, inson dunyoqarashi
shakllanishida ma'rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o`rni bеqiyos.
Bu jamiyatshunoslik bo`ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik
bo`ladimi - ularning barchasi odamning intеllеktual kamolotga
erishuvida katta ta'sir kuchiga ega.
I.A. Karimov
- 5 -
2-ko`rgazma
Dostları ilə paylaş: |