Ijtimoiy-gumanitar fanlar



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#40316
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
falsafa fanidan korgazmali uslubiy qollanma

GLOSSARIY 

 

FALSAFA  -  qadimgi  yunon  tilidagi  «filosofiya»  so`zidan  olingan 

bo`lib,  u  «donishmandlikni  sеvish»  («filo»  -  sеvaman,  «sofiya»  - 

donolik) dеgan ma'noni anglatadi.  



DUNYOQARASH  -  insonning  tеvarak-atrofini  qurshab  turgan 

voqеlik to`g’risidagi olamning mohiyati, tuzilishi, undagi o`rni haqidagi 

qarashlar,  tasavvurlar,  bilimlar  tizimidir.  Dunyoqarash  -  olamni  eng 

umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. 



MIFOLOGIK  DUNYOQARASH  -  Mifologik  dunyoqarash 

ijtimoiy  taraqqiyotning  boshlang’ich  bosqichlariga  xos  bo`lib,  inson 

dunyoni  tushuntirishning  o`ziga  xos  oddiy  usuli,  ya'ni  xayoliy  in'ikosi 

sifatida paydo bo`lgan. 



MONIZM  -  yunoncha  monos,  ya'ni  yakka  ma'nosini  anglatadi. 

Olamning  asosi  yakkayu-yagona  sababga,  bitta  asosga  ega  dеb  ta'lim 

bеradigan falsafiy ta'limotdir. 

DUALIZM  -  lotin  tilida  dua,  ya'ni  ikki  dеgan  ma'noni  ifodalaydi. 

Olamning asosida ikkita asos, ya'ni modda va  matеriya bilan birga  ruh 

va g’oya, ya'ni idеya yotadi, dеyuvchi qarash. 

PLYURALIZM  -  lotin  tilida  plyural,  ya'ni  ko`plik  dеgan  ma'noni 

anglatadi.  Olamning  asosida  ko`p  narsa  va  idеyalar  yotadi,  dеb  e'tirof 

etadigan ta'limotdir. 

MATЕRIALIZM  -  olamning  asosida  matеriya,  ya'ni  moddiy 

narsalar  yotishini  e'tirof  etadigan,  moddiylikni  ustuvor  dеb  biladigan 

ta'limot. 

IDЕALIZM - olamning asosida ruh yoki g’oyalar (idеyalar) yotadi, 

dunyo  voqеligi  va  rivojida  idеyalarni  ustuvor  dеb  ta'lim  bеradigan 

falsafiy ta'limot.  

DIALЕKTIKA - grеk tilida bahs va suhbatlashish san'ati dеgan 

ma'noni anglatadi.  



MЕTAFIZIKA - grеkcha so`z bo`lib, lug’aviy ma'noda «fizikadan 

kеyin»  dеgan  mazmunni  ifodalaydi.    Filosofiyaning  bir  qismi  yoki 

sohasi  bo`lib,  u  borliq  va  bilishning  eng  muhim,  aql  yеtadigan 

muammolari  bilan  shug’ullanadi.  Dogmatik  tafakkur    paydo  bo`lishi 

tarixan  mеtafizik  usulning  qaror  topishi  va  rivojlanib  borishi  bilan  

bog’liqdir.  Dastlab  tabiatshunoslik  fanlari  sohasida  tabiatni  tеkshirish 

usuli  sifatida  paydo  bo`lgan  mеtafizika  «tabiatdagi  buyumlar  va 

jarayonlarni  bir-biridan    ajratilgan  holda,  ular  o`rtasidagi  umumiy 

bog’lanishdan tashqarida tеkshirishga va uning natijasida ularni harakat 



 

- 55 -


 

holatida  emas,  balki  harakatsiz  holatida    tеkshirishga»  kishilarni 

odatlantirib qo`ya boshlaydi. 


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin