EKOLOGIYA - Inson bilan tabiat o`rtasidagi nomuvofiqlik
to`xtovsiz o’sib bormoqda, uning sifat jihatdan har bir bosqichi tabiatga
yakson qiluvchi ta'sir ko`rsatadi. Natijada atrof-muhit bilan insonlarning
o`zaro munosabati haqidagi ta'limot, ya'ni EKOLOGIYA paydo bo`ldi.
JAMIYАT - Jamiyat umumbashariy ma'noda odamzotning umri,
hayoti, o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha
o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat
hududidagi odamlar hayoti, sivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi
turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo`llanadi. Har qanday holda
ham u umumiy tushuncha bo`lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat
a'zosi dеb ataladi. Dеmak, jamiyat - tabiatning bir qismi, ya'ni ijtimoiy
borliq bo`lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o’rtasida
amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig’indisi.
- 57 -
Dostları ilə paylaş: |