Namangan muhandislik pedagogika instituti


  O'zbekistonning  biologik  resurslari va  ulardan foydalanishning



Yüklə 164,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü164,23 Kb.
#40356
1   2
osimliklar dunyosi va hayvonot olamini muhofaza qilish

4.  O'zbekistonning  biologik  resurslari va  ulardan foydalanishning 

ekologik muammolari. 

Tayanch so'zlar: 

Fotosintez,  biomassa,  yashil  o’simlik,  hashorot,  umurtqali  hayvon, 

umurtqasiz  hayvon,  sut  emizuvchi,  o'txo'r,  yirtqich,  qo’riqxona, 

zoopark, Qizil kitob. 

O’simlik  va  hayvonlar  yerning  hayot  qobig'i-biosferaning  asosiy 

komponentlaridan  bolib,  tabiiy  resurslar  orasida  alohida  o'rinni 

egallaydi. 

Oqilona  foydalanilganda  o’simlik  va  hayvonlar 

tiklanadigan  va  cheksiz  mahsulot  beradigan  manbaga  aylanishi 

mumkin.  Biosferadagi  o'ziga  xos  tabiiy  muvozanat  ko’p  jihatdan 

o"simlik  va  hayvonlarning  biologik  rang-barangligini  saqlanishi  bilan 

bogliqdir.  O’simliklar  va  hayvonlar  sayyoramizning  genofondi 

hisoblanadi  va  har  bir  tur  tabiatdagi  o'z  o'rniga  ega.  Biosferada 

moddalarning  aylanma  harakati  faqat  tirik  organizmlar  ishtirokida 

amalga  oshadi.  Bu  jarayonni  biosferada  uglerod  (SO2  )  ning  aylanma 

harakati  misolida  ham  ko’rish  mumkin.  (O'simlik  va  hayvonlarning 

mahsulotisiz inson hayotini tasavvur qilib bo'lmaydi. 

O’simliklar 

yer 


yuzidagi 

hayotning 

asosi 

hisoblanadi. 



Sayyoramizda  500  mingdan  ortiq  o'simlik  turlari  mavjuddir.  O’ 

simliklarning  tabiat  va  inson  hayotidagi  ahamiyatiga  ko'ra  bir  necha 

guruhlarga  bo'lish  mumkin.  Suv  o’simliklaridan  inson  kam 

foydalanadi,lekin  ular  tabiatda  kislorod  va  ozuqa  manbai 

hisoblanadi.  Bakteriyalar,  ayrim  qo'ziqorinlar  va  suv  o'tlari  tuproqda 

ham kcfplab uchraydi. Ular tuproqning unumdorlik xususiyatiga ta'sir 

ko"rsatadi,  organizmlar  qoldiqlarini  parchalaydi.  Turlar  soni  eng 

kami yer osti o"simliklari bo’lib ular asosan bakteriyalardan iborat va 3 

km gacha va undan ortiq  chuqurliklarda uchraydi. Yer usti o’simliklari 

turlarga  eng  boy,  shuning  bilan  birga  eng  ko'p  ishlatiladigan  va 




insonning kuchli ta'siri ostidagi o’simliklardir. 

   


O’simliklar  fotosintez  jarayoni  natijasida  havodan.  karbonat 

angidrid gazini yutib, kislorod chiqaradi va yiliga 200 mlrd.  tonadan 

ortiq  organik  mahsulot  yaratadi.  Inson  va  hayvonlar  hayotida  asosiy 

ozuqa va kislorodning manbai bo’lgan o'simliklarningahamiyati katta. 

Biosfera  bioraassasining  eng  katta  qismi  o'rmonlarda  to'plangan. 

O'rmon  biosenozining  hamma  komponentlari  o'zaro  va  atrof  muhit 

bilan  uzviy  bog'langan.  O'rmonlarda  qimmatli  hayvon  va  o'simlik 

turlari  jamlangan.  Yog'ochdan  inson  ehtiyoji  uchun  zamr  bo'lgan  20 

mingga  yaqin  turli  masulotlar  olinadi.  Inson  hayotida  dorivor 

o’simliklar  ham  muhim  rol  o'ynaydi.  Shaharlarda  yashil  o'simliklar 

havoni  tozalaydi,  estetik  zavq  beradi,  dalalarni  shamollardan  himoya 

qiladi. 


Insonning  o’simliklarga  ijobiy  va  salbiy  ta'siri  bcfladi. 

O'rmonlarni  tiklash  ko'kalamzorlashtirish,  o’simliklarining  navlarini 

yaratish  va  boshqalar  ijobiy  ta'sirga  kiradi.  Insonning  salbiy  ta'siri 

oqibatida  oxirgi  o'n  ming  yil  ichida  sayyoramizdagi  o'rmonlarning  2-3 

qismi  yo'q  qilingan,  ko’plab  qimmatli  o’simlik  turlari  yo'qolib  ketgan. 

Hozirgi  vaqtda  o'rmonlar  maydonining  keskin  qisqarish  jarayonlari 

davom  etmoqda.  Yangi  yerlarni  o'zlashtirish,  atrof  muhitning 

ifloslanishi  oqibatida  kuniga  o'nlab  o’simlik  turlari  yo'qolmoqda. 

Hayvonlar  biomassasi  tirik  mavjudotlar  biomassasining  2  foizini 

tashkil  qilishiga  qaramasdan  ular  biosferadagi  modda  almashinuvi  va 

boshqa  turli  jarayonlarda  muhim  rol  o'ynaydi.  Biosferadagi  hayvon 

turlarining  aniqlangan  soni  1,5  mln.dan  oshadi.  Sodda  hayvonlar 

tuproq  hosil  bo'lishda  muhim  rol  o'ynaydi.  Hayvonlar  o’simliklar 

hayotiga  ham  katta  ta'sir  ko’rsatadi.  Har  bir  hayvon  turi  biosferada 

o'zining  ekologik  ahamiyatiga  ega.  Inson  uchun  hayvonlar  oziq, 

mahsuli,  xom  ashyo  manbai,  uy  hayvonlari  zotlarini  yaxshilash  va 

estetik  zavq  manbaidir.  Hayvonlarning  1  mln.dan  ortiq,  turi 

hashoratlarga  to’gM  keladi.  Hashoratlar  o"simliklarni  changlaydi, 

qushlar  boshqa  umurtqali  hayvonlar  inson  uchun  oziq  manbaidir.  Yer 

yuzidagi  hayvonlar  biomassasining  95  foizdan  ortig'i  umurtqasizlarga 

to"g'ri  keladi.  Umurtqali  hayvonlar  ichida  sut  emizuvchilar,  qushlar, 

baliqlar,  sudralib  yumvchilar  eng  katta  ahamiyatga  egadir.  Dunyo 

okeanida hayvonlar biomassasi o’simliklar biomassasidan kattadir.  Yer 

yuzida inson uchun zararli bo’lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi 

hayvonlar,  ekinlarning  zararkunandalari  ham  mavjud-dir.  Insonning 

bevosita  ta'siri  natijasida  oxirgi  ikki  yuz  yil  ichida  300  dan  ortiq  sut 




emizuvchilar va qushlar turlari yo'q qilingan. O’rmonlarning kesilishi, 

yerlarning  o'zlashtirilishi,  hayot  muhitining  ifloslanishi  orqali  inson 

katta  miqiyosda  hayvonot  dunyosiga  bilvosita  ta'sir  ko^rsatadi.  Yer 

yuzidagi  hamma  biologik  turlar  kerakli  va  ular  o'ziga  xos  ekologik 

makonni  egallaydilar.  Ekosistemalarda  organizmlar  qanchalik  rang-

barang  bo'lsa,  uning  tashqi  ta'sirga  chidamliligi  ham  shunchalik  kuchli 

bo’ladi.  Shuning  uchun  biosferadagi  mavjud  rang-baranglikni  saqlab 

qolish 


tabiatni 

muhofaza 

qilishning 

asosiy 


vazifalaridan 

hisoblanadi.  Biosferadagi  muvozanatni  saqlab  qolishda  o’simlik 

va  hayvonlarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanish  katta 

ahamiyatga  ega.  Bu  maqsadga  erishish  uchun  turli  tadbirlar 

o'tkaziladi.  XIX  asrdan  boshlab  qo’riqxonalar,  milliy  bog'lar, 

zakazniklar  tashkil  qilish  faoliyati  jadallashgan.  Bunday  alohida 

muhofaza qilinadigan hududlarda yo'qolib borayotgan noyob  o’simlik 

va  hayvonlar  muhofaza  qilinadi.  Noyob  va  yo'qolib  borayotgan 

turlarning muhofazasiga e'tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni 

muhofaza  qilish  Xalqaro  Ittifoki  tomonidan  xalqaro  «Qizil  kitob» 

tashkil  qilingan.  Alohida  yirik  davlatlar  o'z  «Qizil  kitobi»ga  ega. 

«Qizil  kitob»  faqatgina  xatar  darakchisi  bo'lmay,  balki  muhofaza 

harakatlarining  dasturi  hamdir.  O'simlik  va  hayvonlarni  muhofaza 

qilish  faqatgina  turli  davlatlar  o'rtasidagi  hamkorlik  yo'li  bilangina 

muvaffaqiyatli  olib  borilishi  mumkin.  Ko'chib  yuruvchi  hayvonlar, 

dunyo  okeani  hayvonot  va  o’simlik  dunyosi,  ba'zi  daryolarda 

yashovchi  o’simlik  va  hayvonlar  davlatlararo  kelishuv  yo'li  bilan 

muhofaza  qilinadi.  1992  yili  Rio-de-Janeyroda  biologik  xilma-xillikni 

saqlash  xalqaro  konvensiyasi  qabul  qilindi.  Yana  boshqa  bir  qator 

muhim  konvensiyalar  ham  mavjuddir.  O’simlik  va  hayvonlarni 

muhofaza  qilish  alohida  maxsus  qonunlar  orqali  nazorat  qilinadi. 

O’zbekiston Respublikasi o'ziga xos o’simlik va hayvonot  dunyosiga 

ega.  So'ngi  yillarda  insonning  xo'jalik  faoliyati  natijasida  flora  va 

faunaga salbiy ta'sir kuchaydi. (Tzbekistonda mavjud  4  mingdan  ortiq 

o'simlik  turlarining  10-12  foizi  muhofazatalab.  O'rmon  resurslari 

cheklangan  va  o'rmonlarni  qayta  tiklash  ishlari  talabga  to'la  javob 

bermaydi.  Eng  qimmatli  tog'  o'rmonlarining  maydoni  o'nlab  marta 

qisqarib  ketgan.  To'qaylar  va  qayir  o'rmonlari  kcfplab  kesib 

tashlangan.  Tabiiy  yaylovlarning  holati  yomonlashgan  va  ularning 

maydoni  6,5  mln.ga  kengaygan.  O’zbekistonda dorivor  o’simliklarning 

turlari  ham  ko’plab  uchraydi  va  ularning  aksariyati  hozirgi  vaqtda 

muhofazatalab. 

Respublikamizda  o’simlik 

resurslaridan  oqilona 




foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilishni  ta'minlash  maqsadida  turli 

tadbirlar o'tkazilmoqda. 

O’zbekiston  faunasi  682  tur  umurtqali  hayvonlar  va  32484  tur 

umurtqasiz  hayvon  turlaridan  iborat.  Hali  to'la  o'rganilmagan 

umurtqasiz hayvonlar ichida muhofazaga muhtqjlari ajratilmagan. 1983 

yili  e'lon  qilingan  (Tzbekiston  «  qizil  kitob  »  iga  umurtqali 

hayvonlarning  63  turi  kiritilgan  bo’lib  baliqlar-5  tur;  qushlar-31  tur; 

sut  emizuvchilar-22  tur;  sudralib  yuruvchilar-5  turdan  iboratdir. 

O’zbekistonda  turon  yo'lbarsi,  qizil  bo'ri,  gepard,  yo'l-yo'l  giena  kabi 

turlar  qirilib  ketgan.  Ustyurt  qo'yi>  burama  shoxli  echki,  qor  barsi, 

buxoro  bug'isi  va  boshqa  ayrim  turlar  yo'qolish  arafasidadir.  Orol 

dengizining  qurishi,  daryolar  suvining 

ifloslanishi  va  suv 

omborlarining qurilishi ko’plab qimmatli baliq turlarining kamayishiga 

olib  keldi.  (Tzbekistonda  har  yili  o'n  minglab  turli  hayvonlar  ov 

qilinadi.  Ruxsatsiz  ov  qilish  ayrim  noyob  hayvon  turlarining 

yuqolishiga  olib  kelmoqda.  (Jzbekistonda  noyob  o^simlik  va 

hayvonlar  qonun  tomonidan  himoya  qilinadi  va  ulardan  oqilona 

foydalanish, muhofaza qilish uchun xilma-xil tadbirlar o'tkazilmoqda. 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYHATI; 

 

1.  Ergashev  A.  Ergashev  T.  Ekologiya,  biosfеra  va  tabiatni  muxofaza 



qilish.  Toshkеnt “yangi asr avlodi” 2005 y. 

 2.  To’xtaеv A. Ekologiya. T., “O`qituvchi” 1998 y. 

O’zbekiston «Ekologiya xabarnomasi» jurnali sonlari. 

3.  G'ulomov P. Inson va tabiat. T. O'qituvchi. 1990.   

4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. “Nasaf” 2003 

y. 


5. Ergashev A. “Umummiy ekologiya” T. O’qit. 2003 y. 

 

 



 

 

Yüklə 164,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin