Ko‘krak suti bilan boqishni tanlaganingizda atrofingizdagi kishilarning bu
qaroringizni qo‘llab-quvvatlashlari muhimdir. Bular shifokorlar, hamshiralar,
hamkorlar, oila a’zolaringiz va do‘stlaringizni o‘z ichiga oladi.
➢
Tug‘ruqdan oldingi tashriflaringiz davomida:
Shifokorga ko‘krak suti bilan boqmoqchiligingizni
ayting . Chaqaloqni dunyoga keltirishdan avval savollar so‘rang va kerakli ma’lumotlarni oling .
➢
Kasalxonada:
•
Tug‘ayotganingizda doyangiz va shifokoringizga chaqalog‘ingizni ko‘krak suti bilan
boqmoqchiligingizni ayting . Ko‘krak suti bilan boqishni boshlash uchun chaqalog‘ingizni imkoni
boricha tezroq olib kelib berishlarini so‘rang . Tug‘ishingizdan avval hamshiraga chaqalog‘ingizning
xonangizda o‘zingiz bilan birga turishini (joylashtirilishini) xohlashingizni ayting .
Dostları ilə paylaş: |