Defоrmaciya. Energiya turlari. Defоrmaciya pоtencial energiyasi Energiya haqida tushuncha



Yüklə 312,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü312,45 Kb.
#41426
1   2   3
8-maruza

Ish  va  energiya.  Kuch  ta’siri  mavjud,  lekin  harakat  mikdorining  o‘zgarishi  bo‘lmagan 

hollarga ikkita misol qaraylik. Birinchi misol: jism stolda yotipti. Ikkinchi misol: parovoz to‘g‘ri 

yo‘lda vagonlarni tekis: doimiy tezlik bilan tortib bormoqda. Birinchi holda ham, ikkinchi holda 

ham  jism  va  vagonlarga  tappsi  kuch:  birinchi  holda  tinch  holatdagi  jismga  tortishish  kuchi, 

ikkinchi holda—parovozning tortish kuchi vagonlarga biror vaqt ta’sir qiladi. Ikkala misolda ham 

harakat  mikdorining  o‘zgarishi  sodir  bo‘lmaudi:  jism  tinch  turibdi,  vagonlar  esa  o‘z  harakatini 

doimiy tezlik bilan davom ettirmokda. Ikkala holda nima uchun harakat mikdorining o‘zgarishi 

yuz bermayotganligi bizga ayon: jism va vagonlarga boshqa kuchlar ta’sir qilmoqda hamda har 

bir holda barcha kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga teng. 

Biroq  bu ikkita misolda  bayon qilingan hodisalarda principial farq bor.  Birinchisida, jism 

stolda yotganda, unga kuch doimiy ta’sir qiladi, lekin bunda na jismning o‘zida, na jism atrofidagi 

jismlarda hech kanday o‘zgarish yuz bermaydi. Ikkinchisida— kuch avvalgidek doim ta’sir qilib 

turadi,  shuningdek,  qarakat  miqdorining  o‘zgarishi  yuz  bermaydi,  lekin  bunda  kuchning  ta’siri 



atrof  jismlardagi  muayyan,  ancha  murakkab  processlar  bilan  bog‘liqdir.  Jismga  og‘irlik  kuchi 

ta’sir  qilishi  uchun  kuch  ta’sirini  keltirib  chiqarayotgan  yer  hech  qanday  o‘zgarishlarga 

uchramasligi  lozim.  Parovozning  kuchi  vagonlarga  ta’sir  qilishi  uchun  qozondagi  bug‘ning 

muayyan bosimi va bu bug‘ning muayyan sarfi mavjud bo‘lishi, yoqilg‘i va suv uzluksiz sarflaiishi 

lozim. Tortish kuchi hosil qilishi uchun parovozga muayyan miqdor energiya berish lozim bo‘lib, 

u  yoqilg‘ining  yonishidan  hosil  bo‘ladi.  By  holda  tortish  kuchining  uzluksiz  ta’siri  atrof 

jismlardagm bir qator murakkab processlar bilan bog‘liqdir. 

Ammo bu ikkita misolda bayon qilingan hodisalar orasida mexanika nuqtai nazaridan qanday 

farq  bor?  Farq  shundaki,  birinchi  holda  kuchning  qo‘yilish  nuqtasi  tinch  holatda  bo‘ladi, 

ikkinchisida  kuchning  (tortish  kuchining)  qo‘yilish  nuqtasi  biror  tezlik  bilan  harakatlanadi. 

Tajribaning  ko‘rsatishicha,  biror  vaqt  ichida  parovozda  yoqilgan  yoqilg‘ining  miqdori  boshqa 

birday  sharoitlarda  tortish  kuchining  o‘sha  vaqt  ichida  parovoz  o‘tgan  yo‘lga  ko‘paytmasiga 

proporcionaldir. Shu sabobli shunga o‘xshash barcha hodisalarda shi deb ataluvchi va kuchning 

yo‘lga  ko‘paytmasi  bilan  o‘lchanuvchi  fizikaviy  kattalik  muhim  rol  o‘ynaydi;  ish  harakatni 

(umumiy maenoda) kuch vositasida bir jismdan boshqa jismga uzatish o‘lchovi xizmatini bajaradi. 

SHunday  qilib,  ish  bir  jismdan  boshqa  jismga  harakatni  uzatish  o‘lchovidir  yoki 

energiyaning  bir  jismdan  boshqa  jismga  o‘tish  o‘lchovidir.  F.  Engels  ta’rifiga  ko‘ra,  «...ish  — 

miqdoriy jihatdan qarashda, harakat formasining o‘zgarishidir»

1



Materialistik  falsafaning  asosiy  qonunlaridan  kelib  chiqishicha,  materiyaning  harakati 



abadiydir,  faqat  materiyaning  harakat  shakllarigina  turli-tumandir.  Tabiatda  harakatning  bir 

shakldan boshqasiga o‘tib turishi yuz beradigan processlar uzluksiz bo‘lib turadi. Demak, materiya 

harakatiking barcha hodisalar uchun umumiy, materiya harakatining barcha shakllari uchun birday 

bo‘lgan  o‘lchovi  mavjuddir;  berilgan  jismning  (yoki  jismlar  sistemasining)  energiyasi,  avval 

aytilganidek, shunday o‘lchovdir. 

Qadimgi  faylasuflaroq,  materiya  harakatining  yo‘qolmasligi  haqidagi  fikrni  olg‘a  surgan 

edilar  va  bu  fikr  R.  Dekart,  M.  V.  Lomonosov  va  boshqalar  kabi  keyingi  zamon  buyuk  aql 

egalarinipg falsafiy taelimotlariga asos bo‘ldi. Birok faqat XIX asrdagina energiyaning saqlanish 



qonuni  nomini  olgan  universal  qonun  barcha  olimlar,  birinchi  navbatda  fiziklar  tomonidan 

tabiatning asosiy qonuni sifatida tan olindn. 

Har bir jism yoki jismlar sistemasi muayyan energiya zapasiga egadir. Barcha processlar va 

hodisalarda energiya bir jismdan boshqa jismga yoki jismning bir qismidan boshqa qismiga o‘tadi. 

Fizikada jism (materiya) harakatining shakllari turli-tuman (mexanikaviy, issiqlik, elektromagnit 

xarakat  shakllari  va  boshqa)  bo‘lishi  mumkin,  biroq  energiya  —  barcha  shakllarda  namoyon 



bo‘luvchi materiya harakatining yagona mikdoriy o‘lchovidir. 

Bir  tabiat  hodisalarida  materiya  harakatining  shakli  o‘zgarmaydi:  issiq  jism  sovuq  jismni 

isitadi, yuqoriga otilgan tosh yukrriga uchadi, so‘ngra yerga tushadi va hokazo. Boshqalarida bir 

harakat shaklidan boshqasiga o‘tish yuz beradi: o‘q taxta devorga uriladi va isib, unda tiqilib qoladi 

—  mexanikaviy  harakat  materiya  harakatining  issiqlik  shakliga  aylanadi;  parovoz  vagonlarni 

sudrab bormoqda  —  ko‘mirning  yonishi  natijasida  vujudga  keluvchi  issiqlik shaklidagi harakat 

mexanikaviy  shakldagi  harakatga  aylanadi;  sharcha  stolda  dumalab  borib,  to‘xtaydi  — 

mexanikaviy shakl issiklik shaklga aylandi va hokazo. Lekin bu barcha hollarda boshqa jismga 

uzatilgan  energiya  miqdori  (u  yoki  bu  shaklda)  ikkinchi  jism  olgan  energiya  miqdoriga  aniq 

tengdir. 

Odatda: «mexanikaviy energiya», «issiqlik energiya», «elektromagnit energiya» va hokazo 

deyishadi;  buni  berilgan  jismning  mexanikaviy  shakldagi  harakatiga  mos  kelgan  energiya 

kattaligi,  issiqlik  shaklidagi  harakatga  mos  kelgan  energiya  kattaligi  va  hokazo  deb  tushunish 

lozim. Energiyaning turli xili yo‘q: materiya harakatining turlicha shakllari mavjuddir, energiya 

materiya  harakatining  yagona  o‘lchovidir.  Faqat  qisqalik  maqsadidagina,  yuqorida 

ko‘rsatilganidek «mexanikaviy energiya», «issiqlik energiya» va hokazo haqida gapiramiz. 

Biz  faqat  harakatning  mexanikaviy  shakli  yoki  harakatning  mexanikaviy  shaklidan  biror 

boshqasiga, yo aksincha, o‘tish yuz beradigan hodisa va processlar bilan ish ko‘rgan hollarimizda 

biz  oldin  qaragan  kattalik—kuchning  yo‘lga  (kuchning  qo‘yilish  nuqtasining  ko‘chishiga) 



ko‘paytmasi  bilan  o‘lchanadigan  ish  —  uzatilgan  energiya  miqdorining  o‘lchovi  bo‘ladi.  Shu 

sababli energiyaning asosiy birligini ish birligiga teng qilib olinadi. 

SI sistemada ish va energiya birligi uchun 1 nyuton kuchning metr yo‘lda bajaradigan ishiga 

teng bulgan Kattalik — 1 joul (J) olinadi. SGS fizikaviy sistemada ish va energiya birligi uchup 1 

dina kuchning 1 santimetr yo‘lda bajaradigan ishiga teng bo‘lgan kattalik— 1 erg olinadi. 

7

10



1



J

 erg 

 

ekanligini oson hisoblab topish mumkin, 




Yüklə 312,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin