Raqamli iqtisodiyot: muammolar va yechimlar


Full-Crowdsoursing, Donation



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix02.01.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#41469
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Рақамли иқтисодиёт муаммолар ва ечимлар

Full-Crowdsoursing, Donation kabi raqamli biznes arxitekturalaridan foydalanishdir 

[3]. Ishlab chiqaruvchi firmalarning internet orqali bevosita sotuvlarni tashkil qilishi, 

elektron  vitrinalardan  foydalanish,  tarmoq  va  tarmoqlararo  virtual  birjalarni  tashkil 

qilish, omborlarsiz ishlash imkoniyati (drop shopping) va zahiralarni talabga binoan 

qondirish (on-demand). 



 

  “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 1, февраль, 2019 йил 

4

 



Hozirgi  paytda  jahondagi  bir  qancha  rivojlangan  mamlakatlar  (AQSH,  Xitoy, 

Yaponiya,  Evropa  Ittifoqi  mamlakatlari,  Rossiya  va  boshqalar),  jahon  iqtisodiyotida 

ro„y berishi boshlangan o„zgarishlarni jisobga olgan holda, iqtisodiyotning ko‟pchilik 

tarmoqlarini  raqamlashtirish  bo‟yicha  jadal  harakatni  boshlamoqdalar.  Lekin,  bu 

ma‟lumotlarni  nazarda  tutgan  holda  shuni  qayd  etishga  majburmizki,  bironta, 

jumladan,  yetakchi  mamlakatlarda  ham  raqamli  iqtisodiyot  o‟zi  nima  ekanligi  va  u 

kelajakda  qanday  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligi  haqida  to„laqonli  falsafiy 

tushunish yo„q. Ko„rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko„plab mamlakatlar 

iqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste‟molchilar 

bilan  kommunikatsiya  qilish  va  to„lovlarning  yangi  elektron  raqamli  shakllarini 

tushunadi,  holos.  Aftidan,  ko„pchilik  mamlakatlar  raqamli  iqtisodiyotni  ongli 

ravishda  tashkil  etmaydilar,  balki  mavjud  iqtisodiy  munosabatlarni  raqamlashtirish 

jarayoni  bilan  shug„ullanadi,  xolos.  Iqtisodiyotni  raqamlashtirish  jarayonining  ba‟zi 

yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olishgan [5]. Masalan, 

AQSH  bozor  yo„nalishini,  Xitoy  esa  rejali  iqtisodiyotni  tanlab  olgan.  Qolgan 

mamlakatlar  ma‟lum  bir  oraliq  variantlarga  rioya  qilishadi.  Shuni  alohida  aytib 

o„tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni 

raqamlashtirish  jarayonida  biz  globallashuvning  yangi  bosqichini  ko„ramiz. 

Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun globallashuv 

foydali,  chunki  iqtisodiy  jihatdan  kuchliroq  bo„lgan  o„yinchi  doimo  o„z  ustunligini 

namoyish  etish  imkoniyatiga  ega  bo„ladi.  Agar  bu  sohadagi  AQSH  ning  ko„rib 

chiqadigan bo„lsak, raqamli iqtisodiyotni tashkil qilish jarayonini to‟rt asosiy blokka 

ajratish mumkinligi ma‟lum bo„lib qoladi: 

1.Raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  uchun  kerakli  bo‟lgan  shart-sharoitlarini 

yaratish (ya‟ni, tegishlinormativ-huquqiybaza tashkil qilish); 

2.Raqamli  transformatsiya  qilinishga  eng  tayyor  bo‟lgan  iqtisodiyot 

sub‟ektlarida  raqamli  iqtisodiyot  platformalarining  vujudga  kelishi  va  global 

miqyosda ishga tushushi; 

3.Raqamli  iqtisodiyot  platformalarning  o‟zaroraqobat  kurashi  va  ularning  asta-

sekinlik bilanintegratsiyalashuvi amalga oshishi; 

4.Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv yechimlarni butun iqtisodiyotga 

joriy qilish. 

Biz  ham  mamlakatimizda  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirishning  AQSH  va 

Xitoy  mamlakatlarida  sinovdan  o‟tgan  huddi  shunday  strategiyasini  tanlaganimiz 

maqsadga muvofiq bo‟lar edi. 


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin