11
Siyosat ta’riflarining ikkinchi keng tarqalgan guruhi - substantsional
ta’riflardir. Bu ta’riflar, siyosatning qanday, birinchi asoslardan,
to‘qimalardan
tashkil
topganligini
ochib
berishga
mo‘ljallaniladi.
Ta’riflarning bu guruhida siyosatning bir nechta talqinlari mavjud. Ulardan
eng ko‘p tarqalgani - bu siyosatni hokimiyatga: uni egallash, qo‘lda ushlab
turish va qo‘llashga qaratilgan harakatlar sifatida talqin qilishdir. Siyosat, bu
"hokimiyatda ishtirok etishga yoki hokimiyatning davlatlar o‘rtasidami,
davlat ichidagi kishilar guruhlari o‘rtasidami taqsimlanishiga ta’sir
ko‘rsatishga intilishdir" - deb yozgan edi M.Veber.
Siyosatga
"hokimiyatiy"
yondashuv
tarafdorlarining
ayrimlari
o‘zlarining diqqat – e’tiborini hokimiyat uchun kurash va uni qo‘llash san’ati,
texnikasi, usullari va vositalariga qaratadilar. Siyosiy fan asoschilaridan biri
N.Makiavelli 1515 yildayoq siyosatni hokimiyatga kelish, hokimiyatda turish
va uni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan vositalar yig‘indisi sifatida tavsiflagan
edi.
Siyosatning "hokimiyatiy" ta’riflari uning mohiyatini, muhim
yaratuvchilik sifatini aks ettiradi. Bu ta’riflar muassasaviy ta’riflar yordamida
aniqlashtiriladi va to‘ldiriladi.
Muassasaviy
ta’riflar
siyosatni
hokimiyat
gavdalanadigan,
moddiylashadigan, tashkilotlar, institutlar orqali, avvalambor, asosiy siyosiy
institut – davlat orqali tavsiflaydi. Siyosat bu holda davlat ishlarida ishtirok
etish, davlatning yo’nalishi, davlat faoliyatining mazmuni, vazifalari,
shakllarini, aniqlash bo‘lib ko‘rinadi.
Agar siyosatning "hokimlik" va muassasaviy talqinlari uning asoslarini
hokimiyatda va uning tashuvchilarini tashkilotlarda ko‘rsatsalar, antropologik
ta’riflar esa uning inson tabiatida ildiz otgan chuqurroq manbalarini aks
ettirishga urinadilar. Bu nuqtai nazardan, siyosat- kishilarning muomala
shakli, insonning jamoa bo‘lib yashash usulidir. Siyosatni antropologik
tushunish Arastu tomonidan asoslangan edi. U inson - siyosiy mavjudot,
chunki u - jamoaviy mavjudotdir, deb hisoblagan edi. Insonning odatdagi
hayoti, uning xilma-xil ehtiyojlarni qondirishi va baxtga erishishi faqat
boshqa kishilar bilan muomalada bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi. Bunday
muomalaning oliy shakli bo‘lib siyosat maydoniga chiqadi. Uning siyosatga
qadar bo‘lgan muomala afzalligi shundan iboratki, u davlatda adolat, barcha
12
fuqarolarga bir xil munosabatni gavdalantiruvchi huquq normalari bo‘yicha
erkin va teng huquqli kishilarning muomalasidir.
Siyosatning antropologik talqinlari uning ixtilof-konsensus ta’riflari
bilan yanada boyitiladi va to‘ldiriladi. Taniqli fransuz siyosatshunosi Moris
Dyuverjening fikricha, siyosiy nazariya siyosatning dramatik qarama-qarshi
turuvchi talqini o‘rtasida ikkiga bo‘linadi. Birinchisiga binoan, siyosat-
ixtilofdir, kurashdir. Unda kim hokimiyatga ega bo‘lsa, o‘sha o‘ziga jamiyat
ustidan nazorat qilish va boyliklarni o‘zlashtirishni ta’min etadi. Boshqa
nuqtai nazarga binoan siyosat - tartibni boshqarishni va adolatni amalga
oshirishga urinishdan iborat bo‘lib, barcha fuqarolarning hamjamiyatga
birlashishini ta’minlashni anglatadi.
Siyosatning ixtilofli ta’riflarida asosiy e’tibor siyosatning negizida
yotuvchi ziddiyatlarga qaratiladi, uning dinamikasini belgilaydi. Bunday
ziddiyatlar nuqtai nazaridan qaralganda, siyosat - ixtiloflarni kuch ishlatish va
tinch yo’l bilan hal etish faoliyati sifatida talqin etiladi. Siyosatga umumiy
rang-tasvirni ixtilof bersa-da, u, odatda, muayyan konsensussiz, undagi
ishtirokchilarning ijtimoiy tartibdan, hokimiyatning qonuniyligini tan olish va
qonunga itoat etish zarurligidan, umumiy manfaatdorligiga asoslangan
kelishuvsiz mumkin bo‘lmaydi.
Demokratik davlatda siyosat subektlarini birlashtiruvchi omil -
konsensusning roli benihoya muhimdir. Bunda nizolarni to‘xtatish va hal
etish fuqarolarning aksariyat ko‘pchiligi tomonidan shaxs erkinligi, inson
huquqlari, ko‘pchilikning irodasi hamda ozchilikning o‘z mustaqil fikriga ega
bo‘lish huquqi kabi umuminsoniy qadriyatlarni tan olish asosida amalga
oshiriladi.
Taniqli
amerika
siyosatshunosi
S.F.
Xantingtonning
ta’kidlashicha, ijtimoiy ixtiloflar bo‘lmagan joyda siyosat bo‘lmaydi, ijtimoiy
konsensus, ijtimoiy uyg‘unlik yo’q joyda esa, siyosiy institutlar mumkin
bo‘lmaydi.
Siyosatning faoliyatiga oid talqinlar, xususan, siyosiy qarorlar
nazariyasida keng qo‘llaniladi. Undan siyosatning teleologik talqinlarida ham
foydalaniladi. Bunda siyosat jamoa maqsadlariga samarali erishish faoliyati
sifatida qaraladi. Amerika sotsiologiyasining asoschilaridan biri T.Parsons
yozishicha, siyosat - yalpi tizimning muayyan elementlari, umumiy
maqsadlarga erishishi uchun samarali tashkiliy usullar yig‘indisidan iboratdir.
13
Siyosatning teleologik ta’riflarida uning ikkala asosi: faoliyatning
jamoaviy tabiati va ongli, maqsadga muvofiqlik xarakteri alohida
ta’kidlanadi. Siyosatda individlarning xususiy maqsadlari umumdavlat
maqsadlari darajasiga "o‘sadi", ko‘tariladi.
Siyosatning teleologik ta’riflari jamiyatni tizimli tahlil etish doirasida
keng foydalaniladi. Tizimli nuqtai nazar bo‘yicha, siyosat yaxlit, atrof-
muhitdan, jamiyatning boshqa sohalaridan chegaralangan, u bilan uzluksiz
o‘zaro aloqada bo‘lgan nisbiy mustaqil tizim, murakkab ijtimoiy organizm
hisoblanadi. Siyosiy tizim jamiyatning yashashi va taraqqiyoti to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qiladi va bir qator ijtimoiy ehtiyojlarni qondiradi, ulardan eng
muhimi - jamiyatni birlashtirishdir.
Siyosatni o’rganishning turli-tuman usullari va yondashuvlari ichida
Dostları ilə paylaş: |