1 0 2
Ikkalasi bo‘ldi
chunon ittifoq,
Go‘yo xayol aylaki, qilmay nifoq
1
.
Osh yesalar o‘rtada sarson ilik,
Xo‘ja – chirog‘ yog‘i, Hakimjon – pilik.
Bir-birisiga solishurlar o‘run,
Erta-yu kech o‘pushub og‘iz-burun.
Sallalari
boshlarida oq savat,
Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat.
Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar,
Birlaridur kunda pix-u
2
gavda xar
3
.
Og‘izlari maqtanib o‘n besh qarish,
Mayda suxan
4
, ezmachuruk, zanchalish
5
.
Qaysiki
qishloqqa tushar otidin,
Elni yig‘ib, voqif etar zotidin.
Derki: «Ko‘zunga hali kal jo‘jaman,
Maxdumi a’zam
6
lik o‘zim xo‘jaman.
Bizga bobo hazrati
Shohlig‘ mazor
7
,
Muxlisimiz mardumi ahli diyor.
Ham yana Erhubbi
8
bo‘lodur tag‘o,
Ammamizning erlaridur Nurato
9
.
1
Nifoq – nizo, ikkiyuzlamachilik.
2
Kunda pix – to‘nkaday qo‘pol.
3
Gavda xar – eshak gavdali.
4
Suxan – so‘z.
5
Zanchalish – qilig‘i yoki xatti-harakati bilan xotinlarga o‘xshagan (erkak
kishi haqida).
6
Maxdumi a’zam – mashhur avliyo Abdulqodir G‘iloniyning unvoni.
7
Shohlig‘ mazor – Shohi Zinda maqbarasidagi azizlar ko‘zda tutilmoqda.
8
Erhubbi – islomgacha bo‘lgan davrdagi avliyo.
9
Nurato – hozirgi Nurotada o‘tgan avliyo.
1 0 3
Bibi Ubayda
1
bo‘ladur xolamiz,
Goh kelur erdi kichik bolamiz.
Xizr
2
otamlarga
birodar erur,
Chimlig‘ azizlar
3
menga dodar
4
erur.
Garchiki men olim-u shayxi zamon,
Qirqingiza emdi beray bir qozon.
Manki tanobingg‘a chiqibman kelib,
Xizmatimi yaxshi qilinglar bilib.
O‘t qo‘yubon kuyduradurg‘on o‘zim,
Hokiming-u o‘lduradurg‘on o‘zim.
Xoh
tanobingni du chandon qilay,
Xoh karam birla boshingni silay».
Xo‘ja so‘zini munga bermay qaror,
Mardumi sahroyi
5
bo‘lur beqaror.
Derki Hakimjoni: «Ayo oqsoqol,
Bizni topibsan magaramkim o‘sol
6
?
Hozir etib to‘rt nafar mardikor,
To‘g‘ri qil oldimg‘a qilibon qator.
Arqonimi
yeringa sudrab chiqay,
Bachchataloq qishloqilarni uray.
Bir burayin mo‘ylabimni chiqib,
Tort tanobini jazosi siqib!
1
Bibi Ubayda – avliyo ayollardan.
2
Xizr – Qur’onda nomi tilga olingan payg‘ambar.
3
Chimlig‘ azizlar – Turkiston tomonlarda o‘tgan avliyolar.
4
Dodar – ini, uka.
5
Mardumi sahroyi – qishloq odami.
6
Bizni topibsan magaramkim o‘sol? – Bizni juda bechora odamlardan deb
o‘yladingmi?
1 0 4
Yaxshilig‘ingni fuqaro bilmagay,
Holi bular ko‘zga bizi ilmagay.
Ikki tanobini qilay o‘n tanob,
Yurtingizi kuydurub aylay xarob.
Xoh o‘ling, xoh qoling, bachchag‘ar»,
Debki, uzangiga ayog‘in tirar.
Bir-biriga
qishloq eli boqishib,
Goh u yon, goh bu yon chopishib.
Jam bo‘lishib, aylayubon maslahat:
«
Do‘g‘mag‘a, – der, – bir nima berib jo‘nat»
1
.
Aqcha qo‘lida iki-uch mo‘ysafid,
Derki: «Bu nazringiz-u, bizlar murid».
Zulm bilan ellig-u yuzni olur,
Boz tanobini duchandon solur.
Tag‘i bular yaxshi-yu,
bizlar yomon,
El tamizidin
2
hazar et, alamon
3
...
So‘zni, Muqimiy, kerak etmak tamom,
Mazzasi qolmas uzun o‘lsa kalom.
1. Muqimiy hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? Gapirib bering.
2. Muqimiy adabiy merosi qaysi janrlardan iborat?
Ularning hajmi
qancha misrani tashkil etadi?
3. Muqimiy ijodini tadqiq etgan olimlardan kimlarni bilasiz?
1
Do‘g‘mag‘a, – der, – bir nima berib jo‘nat misrasining mazmuni:
Amaldorlarga biror narsa berib jo‘natish lozim.
2
Tamiz – toza, ulug‘, asl.
3
Alamon – xonavayron, xarob. Misraning umumiy ma’nosi: Elning toza
zotlaridan ehtiyot lozim, ey xonavayron bo‘lganlar.
Dostları ilə paylaş: