1 1 6
!
chaqirilsa, qaysi kasalga ro‘para kelsa, hammasiga ko‘r-ko‘rona
yodlab olgan narsalarini o‘qib, chiqib ketaveradi. Uning uchun
ko‘richak ham, tomoq og‘riq ham, ruhiy xastaliklar ham bir –
farqi yo‘q!
Sotiboldiga tavsiya etilgan navbatdagi «najotkor»ning qilig‘i
bo‘lsa hammasidan oshib tushadi. U (yana kasalning asli nima
ekanini surishtirib o‘tirmay!) betob xotinni... «tolning
xipchini
bilan» savalaydi, «tovuq so‘yib» qonlaydi...
Ko‘ryapsizki, johillik butun jamiyatni,
kishilar ong-u shuurini
butunlay band qilib olgan, millat «tanasidan qon oldirgan
bemor» (Hamza Hakimzoda Niyoziy iborasi) holiga tushgan edi.
Hikoyaning
mazmun-mohiyati, ta’sir kuchi hali bu bilan ham
tugamaydi. O‘layotgan xotini uchun biror najot yo‘lini topa ol-
magan Sotiboldi qo‘shni kampirning maslahati bilan endi to‘rt
yashar qizchasining saharlab turib
uyqusiragan holda qiladigan
duosiga umidvor bo‘ladi. Qarang, butun boshli jamiyat bor –
doktorxona bor, tabib bor, baxshi bor, qo‘lida pul o‘ynagan
boylar bor, har qanday mehnat bo‘lsa
qilishga rozi Sotiboldi
bor... biroq najot yo‘q! Bor-yo‘q umid – shu to‘rt yasharlik
qizaloqning ojiz duosi.
Demak...
Dostları ilə paylaş: