35
1. Tizimlilik va algoritimlash prinsipi. integrativ pedagogik texnologiyalarning barcha
strukturaviy komponentlari, loyihalashtirilishi va algoritmik qoidalarning qo‘llash mumkin-
ligidan iborat.
2. Qayta yaratilish prinsipi. integrativ pedagogik texnologiyalarni o‘qituvchi tomoni-
dan qo‘llash imkoniyatini beradi.
3. Moslashtirilganlik prinsipi. O‘quv dasturlarini lokal sharoitlar, o‘qitishning real
sur’atlariga o‘quv (dars) jadvallarini, ham o‘quvchi, ham o‘qituvchining imkoniyatlarini
moslashtirish imkonini beradi.
4. Ta’lim sifatiga erishish prinsipi. O‘quvchilar tayyorgarligining davlat ta’lim stan-
dartlari talablariga muvofiq yuqori darajasini ta’minlaydi.
5. Muvofiqlilik prinsipi. Ham ta’lim beruvchi, ham ta’lim oluvchi o‘ziga xos shax-
siy xususiyatlarini hisobga olishni nazarda tutadi. aynan shu prinsip o‘quv jarayonida
qo‘llanadigan ta’lim vositalarining o‘quv fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalariga
muvofiqligini talab qiladi.
6. Estetik prinsipi. Pedagogik texnologiyalar, ta’lim muhitini yaratishning estetik ta-
lablari – go‘zallik, uyg‘unlik, me’yorni qanoatlantirishi lozim. Estetik ko‘rsatkichlar inson-
ning estetik talablarini aks ettiradi va xonalar, kabinetlar, kutubxonalarning badiiy-kon-
struktorlik yechimlarida amalga oshiriladi.
7. Hamkorlik prinsipi. Bu prinsipni o‘quv jarayoni o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini
rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchida bilishga oid, ilmiy, tadqiqot-
chilik,
tashkilotchilik, amaliy faoliyat metodologiyasini shakllantiradi.
8. Ta’lim oluvchilarning shaxsiy qiziqishlari, yoshga oid xususiyatlari va tayyorgarlik
darajasini hisobga olish prinsipi. O‘quvchilarning mustaqil ishlari, kurs va diplom loyiha-
larini tashkil qilishda, o‘yin mashg‘ulotlarida hamkorlikdagi faoliyatni modellashtirishda
ta’lim oluvchilarning emotsional holatini doimiy nazorat qilish.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi
pedagogik hamkorlik ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, ularning huquq va
manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom raqobatni rivojlantirish, ta’lim sifatini yaxshilash bi-
lan birga ilmiy salohiyatning yangi bosqichiga olib chiqadi. Mazkur holatlar o‘quvchilarni
maqsadning o‘zigina emas, balki qiyinchiliklarni yengishga bo‘lgan ishonchini ham oshi-
radi. Pedagogik hamkorlik ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatida yangicha sifat o‘zgarish-
larining shakllanishi va namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi, faoliyatni muayyan tarzda
uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: