Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146
5-son-2018

Key words. Quality of education, independent education, competitiveness, neurolinguis-
tic programming, student, computer, technologies.


37
radigan o‘qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish, 
asosiy e’tiborni talabalarning mustaqil ta’lim olishi bilan bog‘liq mexanizmlarni amal-
ga oshirishga ustuvorlik berish masalalari nazarda tutilgan. Shuningdek, 2019-2020 
o‘quv yilidan boshlab “talabaning o‘zlashtirish darajasi – professor-o‘qituvchilar fao-
liyatini baholashning asosiy mezoni” tamoyilining joriy etilishi tizimda o‘quv
 
jarayoni-
ni rejalashtirish, o‘quvchilarga yetkazish va natijasini aniqlashda faolligini ta’minlash, 
o‘quvchi bilan hamkorlikda ishlash, bilimlarning o‘zlashtirilishiga to‘liq erishish talabi 
ilgari surilmoqda.
Bu  kabi  vazifalarni  izchil  amalga  oshirishda  professor-o‘qituvchilarning  mas’uli-
yatini oshirish bilan birgalikda tub islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi – ilg‘or 
pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, ta’limdagi tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng 
yo‘l  ochish,  ta’limning  noan’anaviy  turlarini  yaratish  hamda  uni  rivojlantirishni  taqo-
zo etadi. Mazkur jarayon o‘qituvchining huquq va erkinliklari, imkoniyatlari, ehtiyojlari, 
davlat, jamiyat, fan va ishlab chiqarish talablariga tayangan holda uning ko‘p faoliyat-
liligiga yo‘l ochish, o‘quv maydonida bilim olish, o‘rganish, olingan bilimlarni amalda 
sinab ko‘rish, loyihalash, tajribalar o‘tkazish kabi mikromaydonlar tashkil etish talab 
etadi.
Oliy ta’limning amaldagi o‘quv-biluv jarayoni talaba shaxsiga yo‘naltirish imkoni-
yatlarini  ro‘yobga  chiqarish  o‘rniga,  asosan,  o‘quvchi-yoshlarga  reproduktiv  hamda 
frontal tarzda bilim berish va qisman shu bilim asosida ko‘nikma, malaka hosil qilishga 
yo‘naltirilgan  jarayon bo‘lib kelmoqda.
inson bugungi kunda tayyor yechimlar bo‘lmagan va berilmaydigan o‘zgarib bo-
ruvchi muhitda faoliyat yuritmoqdaki, unda har bir shaxs zarur yechimni o‘zi mustaqil 
topishi, oqibati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi talab etilayotgan bir davrda 
raqobatbardosh, mustaqil fikrlovchi va qaror qabul qila oluvchi, o‘zgalar fikrini tinglab, 
uni e’tiborga olgan holda xulosa chiqara oluvchi shaxsni tarbiyalash bu ta’lim bosqichi-
ning ustuvor vazifasi bo‘lib qolmog‘i lozim. 
Mamlakatimizda raqobatbardoshlikni rivojlantirishni oliy ta’lim sohasidagi raqobat-
bardoshlikni rivojlantirishdan boshlash lozim bo‘ladiki, zahiralardan foydalanish, inno-
vatsion va sanoat siyosati, suverenitetni ta’minlash kabi bir qator sohalarda qarorlarni 
ziyolilar qabul qiladilar. Ta’lim sifati – samaradorlik – hayot sifati kabi ijtimoiy algoritm 
zanjiriga  zamon  ziyolilari  tomonidan  maqsadli  loyihalansa,  buyuk  kelajak  qurishga 
mustahkam poydevor qo‘yiladi.
ko‘pchilik pedagoglar talabaning savodxonligini baholash orqali ta’lim sifati va sa-
maradorligini aniqlashning yagona mexanizmi deb biladi. ammo baho bilimni belgilov-
chi aniq mezon emas. U talabalarni faollikka undovchi, rag‘batlantiruvchi vosita, xolos. 
Shu  o‘rinda  amerikalik  psixolog  Dj.Brunerning  o‘quvchilarning  ta’lim  jarayonida 
rivojlanishi to‘g‘risida to‘xtalib, “Biz fanlarni dunyoga kichik jonli kutubxonalarni kelti-
rish uchun emas, balki o‘quvchining o‘zini matematik fikrlash, muammolarni tarixchi 
misolida o‘rganish, bilim olishda ishtirok etishga o‘rgatish uchun o‘qitamiz. Bilish – bu 
jarayon, mahsul emas”, deb yozganini eslash kifoya. 
Ta’lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon sifatida talabalarning o‘quv yutug‘i 
nafaqat uning egallagan shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi, balki raqobatbardosh “kela-
jak” ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi bilan belgilanmog‘i zarur.  
Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalarni izlash, ularning didaktik imkoni-
yatlarini sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyoj us-
tuvordir. 


38

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin