Adres: 100017 Toshkent
Sharof Rashidov ko´chasi 15
Tel.: +998-78 120 84 86
Fax: +998-78 120 84 80
E-Mail:
info@taschkent.diplo.de
Internet:
www.taschkent.diplo.de
2020 yil avgust oyi holatiga ko‘ra
Au-Pair vizasini olish uchun kerakli hujjatlar haqida eslatma
Umumiy eslatma:
•
Barcha arizachilar arizalarini shaxsan topshirishlari shart. Hujjat topshirish uchun qabulga
yozilish faqat internetda, elchixonaning qabulga ro’yxatga olish tizimi orqali amalga
oshiriladi
•
Viza arizasi qaror qabul qilish maqsadida Germaniyadagi xorijliklar masalalari boy‘icha
mas’ul idora (Ausländerbehörde) ga
yuboriladi. Shu sababdan yashash ko‘zda tutilayotgan,
Sizni taklif qilayotgan oilaning manzili (ko‘cha, pochta indeksi va joy nomi) ariza blankida
to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Germaniya hududiga kirganingizdan keyin, bu haqda xorijliklar
masalalari bo‘yicha turar joyingizdagi mas’ul idoraga bevosita xabar qilishingiz lozim. Ushbu
idora Germaniyada vaqtincha qolish bo‘yicha yakunlovchi qarorni qabul qiladi.
•
taklif etayotgan oila bilan qarindosh bo‘lgan shaxslarning Au-Pair vizasini olish uchun
topshirgan hujjatlari ko‘rib chiqilmaydi.
•
taklif qilayotgan oilada nemis tili ona tili yoki kamida oila doirasida muntazam ishlatiladigan til
bo‘lishi shart (qonunga muvofiq 2013 yil 1 avgustdan boshlab), ushbu oilaning voyaga etgan
a’zolaridan biri Germaniyaning yoki Yevropa Ittifoqi/Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo biror
bir davlatning fuqarosi bo‘lishi lozim.
•
ariza topshiruvchi 18 yoshdan kichik va 27 yoshdan katta bo‘lmasligi lozim. Ushbu dastur
asosida istiqomat qilish muddati kamida 6 oy, ko‘pi bilan 1 yildir. Qoidaga ko‘ra, Au-Pair
sifatida faqat bir marotaba ishlash mumkin.
•
arizachining nemis tilidan bilim darajasi chet tili bo‘yicha bilim darajasini baholash
umumevropa tizimining A1 (Gyote institutining START DEUTSCH 1 darajasiga teng)
darajasiga mos kelishi talab etiladi.
•
Arizani ko‘rib chiqish muddati mobaynida ushbu arizaga tegishli ma’lumot arizachiga, hattoki,
taklif qiluvchi oila yoki Au-Pair agentligiga ham berilmasligiga e‘tibor qaratishingizni so‘raymiz.
•
Arizangiz borasida
ijobiy
qaror qabul qilinsa, elchixona xodimlari Siz bilan bog’lanadi