HUQUQIY DAVLAT – davlat konstitutsiyaviy-huquqiy maqomining tavsifi
sifatida amal qiladi va davlatning quyidagi tamoyillarga so‘zsiz
bo‘ysunishini nazarda tutadi: xalq suvereniteti, inson huquqlari va
erkinliklarining davlat tomonidan buzilmasligi, davlatning konstitutsiyaviy
tuzum bilan bog‘liqligi, konstitutsiyaning boshqa barcha qonunlar va qonunosti
hujjatlaridan ustunligi, hokimiyatlarning bo‘linishi, huquqiy davlatning
tashkiliy negizi bo‘lgan hokimiyatning organlari va davlat xizmatchilarining
javobgarligi instituti, milliy huquq normalaridan xalqaro huquq normalarining
ustunligi.
CHET EL INVESTITSIYALARI – chet ellik investorlar asosan daromad
(foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va
nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir
huquqlar,
shuningdek
O‘zbekiston
Respublikasi
hududida
chet
el
investitsiyalaridan olingan har qanday daromadga aytiladi.
EKOLOGIK NAZORAT –tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash qoida-talablarini barcha
vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa,
mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit
holatini o‘rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo‘llash bilan bog‘lik siyosiy-
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar yig‘indisini o‘z
ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |