“Fotoelement batareya – 1” birinchi konstruksiyada (3.4 – rasm) korpus
4 ta kanalga bo‘lingan bo‘lib, yonlarida ventolyatorlar o‘rnatilgan. Har bir kanal
hajmi 3785 sm
3
. Ventilyatorlarning havo oqimi fotoelement batareyaning orqa
sirtiga yo‘naltirilgan. “Fotoelement batareya – 2” ikkinchi variantida (3.4 – rasm)
ventilyatorlar korpusning orqa tomoniga o‘rnatilgan. Ventilyatorlar xavo oqimi
fotoelement batareya orqa sirtiga perpendikulyar yo‘naltirilgan. Ventilyatorning
quvvati 8 W.
O‘lchashlar 4 soat davomida Toshkentda fizika – texnika instituti ilmiy ishlab
chiqarish birlashmasi geliopoligoni “fizika – quyoshda” o‘tkazildi. Xavo sharoitlari:
bulutsiz osmon, xavo temperaturasi 31
o
C, shamol tezligi ~ 2,0 m/s. Asbob
ko‘rsatkichi har 15 minutda olindi. 5 – rasmda salt yurish kuchlanishini vaqtga
bog‘liq o‘lchash natijalari keltirilgan. Vaqtning boshlang‘ich momenti ertalab soat
10 da. O‘lchash boshlangandan 90 minut o‘tgach ikkala qurilma ventilyatorlari
yoqildi. Ventilyator yoqilishi momentigacha temperaturani oshirib ikkala
fotoelement batareya U
xx
ni deyarli bir xil kamayishi, ikkala fotoelement batareya
parametrlarining bir xilligidan dalolat beradi. O‘lchash boshidan boshlab ikkala
qurilma bir soat davomida akslanuvchi reflektorsiz ishladi. Bu vaqtda fotoelement
batareya salt yurish kuchlanishi dastlabki qiymatidan ~ 14,0% ga kamaydi. So‘ngra
akslanuvchi reflektorlar o‘rnatildi, va 30 minut davomida U
xx
~ 2,0 % ga kamaydi.
Ventilyator ulangach 30 minut davomida U
xx
ning oshish tezligi ikkala qurilmada
|