aktiv xolat. Bu - agar kreslo yoki divan kabi mebelü bo‗lsa, unga bemalol yastanib
yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh
dayqash kabi xarakatlar bilan uning har bir so‗ziga qiziqayotganligingizni bildirishni
nazarda tutadi;
suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o‗ziga jalb qilib,
balki keyin navbat kelganda o‗zining har bir so‗ziga uni ham ko‗ndirishning samarali
yo‗lidir.
o‗ydan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas‘uliyat bilan
tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‗zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni
bildirish yo‗li.
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‗z -
o‗ziga xurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‗pdilik tasavvur qilgani
kabi undalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo‗lishidagi
ahamiyati nihoyatda katta. ×unki tinglash qobiliyati gapiruvdini ilhomlantiradi, uni
ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‗oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun
ma‘ruzadi professorning har bir diqishi va ma‘ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat
bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvdi ikki jarayon - gapirish va tinglashning faol
o‗zaro ta‘sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashdilarining
psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin
bo‗lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga
ataylab o‗rgatishga juda katta e‘tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‗z uslubi bo‗lib,
uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT - muloqot jarayoniga
odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus
dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida
odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Dostları ilə paylaş: |