5-mavzu: Dunyoning konfetsional manzarasi Rеja: Konfessiya tushunchasi Dunyoning konfetsional manzarasi



Yüklə 270,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix02.01.2022
ölçüsü270,11 Kb.
#43064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- семинар мавзулари

yondashuv”  deb  nomlanadi.  Mazkur  qarashlarning  paydo  bo’lishi  antik  davrga 

borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga 

kelib  Yevropada  cherkov  hokimiyatining  susaya  boshlashi,  hurfikrlilik 

namoyandalari  -  din  tanqidchilarining  paydo  bo’lishi,  XIX  asrning  ikkinchi 

yarmida  CHarlьz  Darvin  tomonidan  “Turlarning  kelib  chiqishi”  (1859)  nomli 

asarning  chop  etilishi  ham  turtki  bo’ldi.  Keyinchalik  mazkur  qarashlar  Avgust 

Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng cho’qqisiga ko’tarildi. Unga ko’ra din 

bu  ijtimoiy  hodisa,  inson  tafakkuri,  emotsiyalari  mahsulidir.  Mazkur  qarash 

tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, 

ko’pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib 

o’tgan.  Unga  ko’ra,  ilk  davrdagi  ibtidoiy  odamning  jismoniy,  fiziologik,  asab-

endokrin,  biologik,  psixologik  va  boshqa  sohalari  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega 

edi.  Bu  nafaqat  uning  hayoti  va  faoliyatiga,  fe’l-atvoriga,  balki  uning  fikrlash 

darajasiga,  kuchli  hayajonlanishiga,  tasavvur  etishiga,  mustahkam,  haqiqiy  yoki 

soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko’rsatadi. Uyqu, tush va nafas 

olish  kabi  holatlarda  tanani  boshqaruvchi  va  o’lim  bilan  undan  ajratib  turuvchi, 

hayot  bag’ishlovchi  qandaydir  kuch  mavjudligiga  ishongan  ajdodlarimiz,  mazkur 

kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda 

bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo’rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati 

darajasida ularga sig’ina boshlagan.  

Materialistik  maktab  tarafdorlari  fikriga  ko’ra,  qo’rquv  dinlarning  kelib 

chiqishida asosiy rolь o’ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert 

Spenser  (1820-1903)  ham  ibtidoiy  qabila  dinlarining  kelib  chiqishiga  qo’rquv 

natijasida  “ajdodlarga  sig’inish”  sabab  bo’lganligini  ta’kidlaydi.  Spenser  ijtimoiy 

hisob-kitoblarga  suyangan  holda,  hayot  qo’rquvining  dinlardagi  o’rniga  alohida 

diqqatni  tortadi.  Bu  qo’rquvning  ajdodlarga  nisbatan  ibodatning  barcha 

ko’rinishlari  shakllantirganligini  va  tangrilarning  ustun  yoki  qahramon  bo’lgan 

ajdodlardan  tanlanganligi  fikrini  ilgari  suradi;  har  bir  dinda  ajdodlarga  alohida 

e’tibor qaratilganligiga ishora qiladi.  

Taniqli psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) ham dinning kelib chiqishini aynan 

qo’rquv  hissi  bilan  bog’laydi.  Uning  fikriga  ko’ra,  matriarxat  davrida  o’ziga  juft 

topish uchun yosh yigitlar otalarini o’ldirib, hatto o’z onalariga ham uylanganlar. 

Vaqt  o’tishi  bilan  o’g’il  o’z  otasining  joniga  qasd  qilganidan  vijdoni  qiynalib, 

otasining ruhi undan qasos olishidan qo’rqib, unga ibodat qila boshlagan. Freyd bu 

nazariyani “edip kompleksi” deb ataydi. 

Maks  Myuller  (1823-1900)  fikriga  ko’ra,  dinning  kelib  chiqishi  tabiat 

hodisalarining  insonga  bergan  dahshatidan  kelib  chiqqan  va  u  “naturalizm” 

deyiladi.  Naturalizm,  fizikaviy  muhitda  uchraydigan  quvvat  va  mavjudotlarning 




ideallashtirilishi,  shaxslashtirilishi  va  ilohiylashtirilishi  demakdir.  Ushbu  fikrni 

ilgari  surgan  Maks  Myuller  hinduizmning  muqaddas  kitobi  Vedalarga  suyangan. 

Vedalardagi  xudo  nomlarining  tabiat  hodisalari  bilan  aloqador  ekanligi  fikrini 

o’rtaga  tashlagan;  misol  uchun  “Agni”ning  “olov”,  “Dyaus”ning  “ko’k”  (osmon) 

ma’nolarini bildirishini, bu so’zdan frantsuzcha “Dieu” (lotincha Deus), ispancha 

“Dios”  (Xudo)  so’zlarining  kelib  chiqqanini  ma’lum  qilgan.  Myuller  deyarli 

barcha  dinlarda  xudo  nomlari,  avval  olov  bo’lishi  bilan  birga,  tabiat  hodisalarini 

bildirishini; tabiat kuchlariga g’ayritabiiy baho berish moyilligini uyg’otganligi va 

til o’zgarishlari natijasida  dinlardagi barcha  muqaddas  tasavvur va e’tiqodlarning 

yuzaga kelganligini bildirgan. 

Mazkur  maktab  tarafdorlari  dinlarning  yuzaga  kelishi  va  shakllanishi  animizm, 

totemizm, fetishizm va shamanizm kabi bosqichlarda yuzaga kelganini ta’kidlaydi. 




Yüklə 270,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin