Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
43
Ibrohim HAQQULOV
«PARIM BULSA UCHUB QOCHSAM...»
Parim bo‘lsa uchub qochsam ulusdin to qaiotim bor,
Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor.
Chiqib bu dayrdin Isog‘a nechun hamnafas bo‘lmay,
Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor.
Xaloyiq suhbatidin ming g‘amim bordurki, muft o‘lg‘ay,
Agar ming jon berib bilsamki, bir g‘amdin najotim bor.
Chekib ag‘yordin yuz javru tortib yordin ming g‘am,
Ne o‘zga xalqdin g‘ayrat, ne o‘zimdin uyotim bor.
Kechib ko‘zdin yozay bir xatki, dahr ahliga ko‘z solmay,
Bu damkim ko‘z savodidin qaro, ko‘zdin davotim bor.
Tilar ko‘nglum qushi anqodin o‘tgay nari yuz vodiy,
Muningdek sayr etarga Qofdin ortuq sabotim bor.
Navoiy, bilki, shah ko‘ngli manga qayd o‘lmasa, billah,
Agar kavnaynga xoshok chog‘lig‘ iltifotim bor.
Har qanday ulug‘ san’atkorning she’rida so‘z uning o‘zi aks ettiripshi istagan fikr va tuyg‘udan bir
necha hissa ortiq ma’nolarni ifodalaydi. Shuning uchun haqiqiy she’rning g‘oyaviy-badiiy tarkibida
hamisha nimalardir sir bo‘lib, allaqanday ma’no gavhari yashirinligicha qolaveradi. Eng zukko
she’rshunosning ham tahlil imkoniyati cheklangan. Chunki u har qancha urinmasin, so‘zning majoziy
mohiyatini barcha rang, ohang tovlanishlari bilan idrokdan o‘tkaza olmaydi. Birdaniga bir necha
ramziy mazmunlarni tarkibiga birlashtira olgan she’r — chinakam she’r. Navoiyning g‘azali shu
da’voning yorqin isbotidir. Uni o‘qigai bugungi o‘quvchi qanday xulosalarga keladi. Taxminan
bunday: Shoirni «ulus» juda bezdirgan ekan-da, qanot chiqarib qochishni ko‘zlabdi. Shoh unga iltifot
ko‘rsatganida, balkim u «xaloyiq suhbatidin mint g‘am»ga giriftor bo‘lmasmidi. Bunga sabab o‘sha
jaholatli zamon, adolatsiz feodal tuzum va h. k. G‘azalning shaxs va zamon o‘rtasidagi ziddiyatlardan
mulohaza qo‘zg‘agani yaxshi, albatta. Lekin bu shoirning qo‘liga qalam tutqazgan asosiy dard yoki
bosh maqsad emas.
Turkiy tasavvuf she’riitining buyuk vakili Yunus Emro husni mutlaq oshiqlari tilidan:
Ishqing oldi mandan mani,
Manga san keraksan, san!
Jismim yonur kecha-kunduz,
Manga san keraksan, san!
—deb aytgan. Ilohiy «muhabbat bahrining g‘avvosi» bo‘lgan yurak faqat tavhid zavqiga muhtojdir.
Uni Haqdin boshqa «na borliq», na «yo‘qlik» — hech nima sevintirmaydi. U tahayyul va vahdat
mayidan mast, halqu olamdan qochib, «ko‘ngul taxtining shohi»— Haq dargohiga uchmoq shavqida
yonadi, Navoiy g‘azalida ham «Man»likdan kechib, «San»likka yuz burgan lirik qahramonning sirli
Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar
Dostları ilə paylaş: