O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#43296
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
ozbekistonda 1950-80 yillarda talim tizimi (1)

          1946-1990  yillarda  O’zbekiston teatr  va  musiqa  san'ati  va  uning  ijodkorlari 

Kommunistik firqa mafkurasi va siyosati ta'siri-bosimi ostida faoliyat ko’rsatishga 

majbur edi. Sahna asarlari va qo’shiqlar repertuarlari ming martalab chig’iriqlardan 

o’tkazilar  va  so’ngra  xalq  hukmiga  havola  qilinardi.  Bu  chig’iriqlar,  tahlil  va 

xulosalar  jarayonida  har  bir  san'at  asarining  «partiyaviyligi»,  «sinfiyligi», 

«baynalminalligi»,  «nechog’lik  rus  xalqiga  hamdu-sanolar  aytib  ulug’lash» 

hisobga  olinar  edi.  Har  qanday  milliylik  «millatchilik»,  «qoloqlik»,  «milliy 

cheklanganlik»,  «eskilikni  qo’msash»  tarzida  qoralanar  va  repetuardan  chiqarilar 

edi. Ammo har qancha siquv, tazyiq, qatag’on va hujumlarga qaramasdan o’zbek 

milliy san'ati yo’qolib ketmadi va o’zining tarixiy an'analarini davom ettirdi. Shu 

yillar davomida o’zbek teatr va musiqa san'ati dovrug’ini butun dunyoga tanitgan 

ajoyib  yulduzlar  etishib  chiqdi.  A.Hidoyatov,  S.Eshonto’raeva,  Sh.Burhonov, 

M.Turg’unboeva, O.Xo’jaev, N.Rahimov, A.Bakirov, Tamaraxonim, G.Izmailova, 

K.Otaniyozov,  Yu.Rajabiy,  K.Ismoilova,  R.Hamraev,  S.Xo’jaev,  B.Zokirov  yosh 

ijodkorlardan Sh.Jo’raev, O.Otajonov, Yo.Ahmedov, E.Komilov, T.Mo’minov va 

boshqalar  shular  jumlasidandir.  O’zbek  sahnasi  ustalarining  mahorati  va 

qobiliyatlariga butun dunyo tan bergan, ular haqida afsona va rivoyatlar to’qilgan.

1

 



Hamza teatrida ingliz yozuvchisi Shekspirning «Otello» tragediyasidagi bosh 

qahramon  Otello  obrazini  yaratgan  va  uni  500  martadan  ortiq  o’ynagan  buyuk 

san'atkor va noyob qobiliyat  egasi Abror Hidoyatov siymosiga quyidagicha baho 

berilgan  edi:  «Men  Otello  rolida  o’ynagan  ko’p  ajoyib  aktyorlarni  ko’rganman. 

Lekin Abror Hidoyatovdan ustasini ko’rgan emasman». Reyngold Glier, 1949. 

«Shekspir  hayot  bo’lsa-yu,  o’zi  Otello  va  Dezdemonasini  Hamza  teatri 

sahnasida  ko’rsa  edi,  uning  ulkan  ijrochi  san'atkorlari  bilan  haqli  suratda 

faxrlangan bo’lur edi». H. Djonson, ingliz, 1954. 

                                                           

1

 Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob);  R. Shamsutdinov, Sh. Karimov  – T.: Sharq, 2010, – B. 



412-413. 


43 

 

Teatr  sahnasida  bamisoli  o’chmas  yulduz  bo’lib  chaqnagan  Shukur 




Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin