Mavzuning amaliy ahamiyati. 1946-47 o‘quv yilida respublikada 4483
maktab bo‘lib, 212.000 o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1965-66 o‘quv yilida 9716 ga
undagi o‘quvchilar soni 2.476.000 kishiga etdi. Oliy o‘quv yurtlarida talabalar
soni 21.190 dan 168.800 taga etdi. Bu miqdor “mahalliy millat yigit qizlari bilim
uchun emas, diplom uchun qiziqsin” degan aqidaga asoslanganligini ko‘rsatadi.
SHunday bo‘lishiga qaramay O‘zbekistonliklarni, xususan o‘zbeklarni ilmga
chanqoqligi har qanday sun’iy to‘siqlarni enga boshladi.
O‘zbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar
etishtirilib, fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash bo‘yicha sobiq SSSRda
oldingi qatorlarga chiqdi.
1950 yil O‘zbekistonda 1760 fan nomzodi 180 fan doktorlari ilmiy ish olib
bordi. 1965 yilda esa, fan nomzodlarining soni 4000 va fan doktori 324 ga etdi. 50-
60 yillari Respublika Fanlar Akademiyasining olimlari ayniqsa matematika-
mexnanika, tibbiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida ishlar olib bordi. Bir
qancha ilmiy-tekshirish institutlari travmatologiya va ortepediya, energetika,
matematika, onkologiya va radiologiya, O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, kibernetika va boshqa bir qancha institutlar
shu yillarda ishga tushirildi. Fanlar Akademiyasi qoshida Falsafa va Huquq
instituti tashkil etilib, SHarqshunoslik instituti faoliyati kengaytirildi.
50-yillardan boshlab respublikada ilmiy-tadqiqot ishlari atom quvvatidan
foydalana boshladi. Dastlabki paytda atom quvvati Toshkent va Samarqand Davlat
Universitetlari laboratoryalaridan fanlar akademiyasining fizika-texnika institutida,
Politexnika va meditsina institutlarida ishlatildi. Lekin texnika bazasi etarli
bo‘lmaganlikdan atom quvvatidan foydalanish doirasi tor bo‘ldi. 1956 yil
boshlarida Toshkentdan 30 km yiroqda, 750 shtat birligida mo‘ljallangan ilmiy-
5
tadqiqot yadro insituti va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan shaharcha qurilib, 1958
yili ishga tushirildi. Uning birinchi direktori etib yirik fizik olim, akademik Ubay
Orifov tayinlandi. Xullas ishda ana shu ta’lim va fan sohasidagi erishilgan yutuqlar
bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: |