Galoid uglevodorodlar. Zaharli kimyoviy moddalar orasida galoid
uglevodorodlardan hisoblangan D-D, № 93 preparati, xlorpikrin, dixloretan, metal
bromid, nemagon, telon, embafum S va boshqa modda yuqori nematotsid
xususiyatga ega.
D-D preparati o`zida dixlorpropen va dixlorpropanni saqlaydi. MDH da
unga analog sifatida № 93 preparati qo`llanilgan. D-D ni “eski” nematotsid
sifatida qarash mumkin, u ko`plab mamlakatlarda, turli parazit nematodalarga
qarshi kurashishda foydalanib kelingan. Bu preparatlarni qo`llash shuni
ko`rsatdiki, ular yuqori samaradorlikka ega. Latviyada kartoshka nematodalariga
qarshi qo`llanilgan DD va № 93 preparatlari ayniqsa tuproq namligi 20-21 %,
tuproq namligi 10
0
C dan past bo`lgan sharoitda yuqori samaradorlik namoyon
etgan. Bu pestitsidlarni shudgorlashdan 2-3 kun oldin 33x33 setka bo`yiga 15 sm
chuqurlikda fumigatsiyalanadi.
Galoid uglevodorodlar guruhiga kiruvchi boshqa preparatlardan-dixloretanni
1-1,5 t/ga qo`llash sarimsoqni poya nematodasi tuproqni zararlantirishga yaxshi
natija beradi.
Issiqxonada bo`rtma nematodasiga qarshi xlorpikrinni qo`llash orqali yuqori
samaradorlikga erishgan. G.N. Grishin va M.I. Karafa-Korbumlar tuproqqa bu
fumigantni 2 qavat qilib 10-13 va 30-35 sm dan 330g/m
3
hisobda foydalangan.
Muolliflarning ta`kidlashicha, issiqxonani xlorpikrin bilan qayta ishlash tuproqni
almashtirishdan ancha arzonga tushadi [34].
Piyoz va sarimsoq piyozning poya nematodasiga qarshi kurashishda
piyozlarni metil bromid bilan 50 ml/m
3
hisobida 16-20
0
C haroratda 4 soat
davomida fumigatsiyalash yuqori samaradorlik ko`rsatgan [33].
31
Metil bromid itqo`noq urug`ida parazitlik qiluvchi qizil nematodani-
Anguina agrostis yo`qotishga yuqori natija bergan, bunda 60 ml/ m
3
da namlik
13,3-11,9 % da bo`lishi ko`zda tutilgan. Fumigatsiyadan so`ng urug`larning unishi
pasaymagan [60].
Keyingi yillarda AQSH da embafum S-metil bromidning 98 % preparati
ishlab chiqarilmoqda. U barcha tuproq nematodalariga qarshi samarali preparat
hisoblanadi. Preparatni qo`llash meyori tuproqning 100 g/ m
3
.
Latviyada kartoshkaning poya nematodasiga qarshi kurashda Angliyaning
Shell firmasida ishlab chiqarilgan nemagon preparati keng qo`llaniladi. Nemagon
tuproqqa solingach, hosildorlik 9-10 % ga oshagani kuzatilgan. . Nemagon 1-2,5
ml/ m
2
miqdorda 200 ml kerosin bilan aralashtirib solinadi. Qayta ishlangan
maydonlarda kontrolga nisbatan zararlangan kartoshka tugunaklari 1,36-2,19 % ga
kamayganligi kuzatilgan.
Shunday qilib, galoid uglevodorodlar o`simlik parazitlari hisoblangan
nematodalarga qarshi samarali kurashda keng foydalaniladi. Ular yumaloq
chuvalchanglarga (virustashuvchilarini) qarshi kurashda, ularni yuqotishda
ishlatiladi [61].
Dostları ilə paylaş: |