So`z boshi Istiqlol yillarida O’zbekiston hayotining barcha jabhalarida tub
isloshotlar o’tkazilmoqda, yangilanish jarayoni bormoqda.
Bunday tub o’zgarishlar tarixshunoslikda yaqqol sezilmoqda.
Tarix fanlarining mazmuni va mohiyati. Istiqlol mafkurasi,
tarixshunoslikda shakllanayotgan xolislik va adolat tamoyillari asosida
o’rganilmoqda. O’sha o’zgarishlar jarayonida yordamchi tarix fanlari
sirasiga kiritilgan numizmatika va epigrafika fanlari ham mustaqil fan
sifatida shakllana boshladi.
O’rta Osiyo numizmatikasi va epigrafikasi shunchaki tangalar, pul
birliklari yoki bitiklar haqida ma`lumot beruvchi soha bo’lib qolmay, balki
turli mamlakatlarning muayyan tarixiy davrdagi iqtisodiy – siyosiy,
ijtimoiy hayotini chuqur tahlil qilishga zarur bo’lgan ma`lumotlarni o’zida
mujassam etgan fandir.