Paleografiya yordamchi tarix fani



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/49
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#43941
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
kurs ishi

                                                 7 


Paleografik tadqiqotlar bugungi kunda nafaqat qadimiy yozma manbalar doirasini 

balki,  ma`lum  amaliy  maqsadlarda  so`nggi  davrlar,  hatto  hozirgi  zamon  yozuv 

materiallarini tekshirishgacha amal qilmoqda.  

Paleografiya  fanida  yozuv  qaysi  usulda  yozilgani  (nastaliq,  nasx,  suls)  va 

harflar necha gradus ostida yozilganiga ham e`tibor beriladi. Paleografiya atamasini 

birinchi bo`lib 1708-yili fransuz monarxi Bernard de Monfokon

2

 o`zining “Yunon 



paleografiyasi” asarida ishlatadi. U bu ishi uchun paleografiya “otasi” degan nomga 

sazovor bo`lgan. Uning hamkasbi Jan Mabilion (1632-1707) Parijda chop ettirgan 

“VI  kitobdagi  diplomatika”  asarida  ilk  o`rta  asrlardagi  yozuvlari  ilk  bora 

klassifikatsiya  qiladi.  Paleografiya  fani  XVIII  asr  boshlarida  Rossiyadagi  ilmiy 

tadqiqotlar boshlanishi bilan Rossiya hududida ham keng yoyiladi.   

Xulosa qilib aytganda paleografiya fani yordamchi tarixiy fanlarning muhim 

sohalaridan  biri hisoblanib, paleografiya  qadimgi va  hozirgi davrlargacha  bo`lgan 

turli buyum yuzasiga tushurilgan yozuvlarni o`rganadi. Paleografiya fani orqali har 

bir  tadqiqotchi  tarixiy  haqiqatni  yanada  aniqroq  va  to`laroq  ko`rishga  qodir 

bo`ladilar.  Insoniyat  tarixida  turli  xil  yozuvlar  mavjud  bo`lgan.  Ularning  har  biri 

o`zgacha  bo`lib,  bu  yozuvlar  orqali  o`sha  xalqlarning  tarixini  yanada  yaxshiroq 

o`rganishga  imkon  beradi.  Darhaqiqat,  paleografiyada  buyumlar  sirtiga  yozilgan 

yozuvning shakli, grafikasi, ishlatilingan siyoh turi, yozuv quroli kabilarni o`rganish 

ham muhim hisoblanadi. Olib boriladigan paleografik tadqiqotlar nafaqat qadimgi 

yozuvlarning deshifrovkasini yaratish va o`rganishdan tashqari, hozirgi kunda ham 

mavjud  bo`lgan  yozuvlarni  tadqiq  qiladi.  Paleografiya  fani  fan  sifatida  XVIII  asr 

boshlarida  shakllangan  bo`lsada,  uning  ildizlari  qadimgi  davrlarga  borib  taqaladi. 

Demak, qadimgi zamonlarda ham yozuvlar tarixini o`rganish va tadqiq etish muhim 

hisoblangan.  

 

 

 



2

https://ru.wikipedia.org/wiki/Мonkofon,Bernar,dе

 

 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin