Uchinchidan, yuqorida ta`kidlanganidek paleografiyaning fan sifatida
shakllanishi XVIII asr boshlariga to`g`ri keladi. Bu davrda Fransuz paleografiya
maktabi bu fanga katta hissa qo`shadi. Paleografiya fan sifatida XVIII asr boshlarida
shakllangan bo`lsada, uning ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Chunki,
inson o`zaro fikr almashinishni boshlagan davrdan boshlab bu fanga ehtiyoj
sezilgan. Qadimgi davrlarda ham yozuvlarning turlari, ularni ifodalashda
ishlatilinadigan belgilar, siyoh turi, yozuv tushiriladigan buyum va boshqalarni
o`rganish bilan shug`ullanadigan maxsus mutaxasislar mavjud bo`lgan. Paleografiya
fan sifatida G`arbiy Yevropa (Fransiya) da vujudga kelgan bo`lsada, uning keyingi
tarqqiyoti bevosita rus paleografiya maktabi va uning namoyaondalari bilan bog`liq.
Ular yaratgan asarlar va o`rgangan yozuvlar paleografiya faniga katta hissa o`shgan.
Tadqiqotchilar o`z ilimiy izlanishlarining mahsuli bo`lmish shu davrgacha
o`qilmagan yozuvlarning deshifrovkasini xalq ommasiga e`lon qilib kelishmoqda.
To`rtinchidan, Markaziy Osiyo hududlarida yozuv tarixi juda qadim davrlarga
borib taqaladi. Hududdagi ilk yozuv sifatida biz Issiq Qo`rg`onidan topilgan yozuvni
aytishimiz mumkin. Keyinchalik mintaqa hududiga oromiy yozuvi kirib kelib, ining
asosida turli xil yozuvlar shakllanadi. Jumladan, qadimgi Xorazm yozuvi, boxtar
yozuvi, so`g`diy yozuv, parfiyoniy yozuv, turkiy runik va boshqalar. Bu
yozuvlarning har bir ma`lum davrlarda qo`llanilgan. Bundan tashqari Markaziy
Osiyo hududida o`z hukmronligini o`rnatgan davlat ham o`z yozuvlarini hamda
tillarini joriy etishga harakat qilishgan. Markaziy Osiyo paleografiyasi turli davr
olimlari tomonidan jumladan rus olimlar tomonidan yaxshi o`rganilgan. Mintaqada
mavjud bo`lgan yozuvlar qayd etilgan qo`lyozma, toshbosma, bitiktoshlar ham
olimlarning diqqat markazidadir. Davlatchilikning muhim belgilaridan biri bo`lgan
yozuv namunalarining topilishi ham Markaziy Osiyo davlatchiligining qay darajada
qadim tarixga oid ekanligini ko`rsatib beradi. Buning yaqqol misoli sifatida
Qozog`istonning Olmaota shahri yaqinidagi Issiq qo`rg`oni sak shahzodasining
qabridan topilgan kumush idish sirtiga tushurilgan yozuvning topilishi ham mintaqa
46
hududida mavjud bo`lgan Sak davlat uyushmasining tarixi haqida ma`lumot beradi
(mil.avv. I – ming yillik). Zero, tarixdan ham ma`lumki, o`z yozuvlariga va tiliga
ega bo`lgan hududlarda albatta davlatchilik an`analari qadim zamonlarga borib
taqaladi.
Albatta turli davr tadqiqotchilari tomonidan palegrafiya fan sifatida
shakllanishidan oldingi davrlarda ham yozuvlar ustida tadqiqotlar olib borilgan.
Qadimgi yozuvlarni o`rganish orqali insoniyatning qadim tarixiga doir turli
qimmatli ma`lumotlar ilmiy muomalaga chiqarilgan. Ya`ni birgina yozuv orqali
bildirilgan fikr-mulohaza va tadqiqotlar kishilik jamiyatida katta rol o`ynagan. Shu
sababli ham oliy o`quv yurtlarida yordamchi tarixiy fanlar alohida fan sifatida
o`rgatiladi. Bu fanning ajralmas qismi hisoblanga paleografiya sohasi ham ushbu
dasturga kiritilgan bo`lib, talaba yoshlar bu sohani puxta egallashlari uchun maxsus
soatlar ajratilgan. Zero, birinchi prezidentimiz I.A. Karimov aytganidek, “Tarixiy
xotirasiz – kelajak yo`q” tarixni o`rganish uchun esa albatta qadimgi va hozirgi davr
yozuvlarini va ular orqali ifodalangan fikr-mulohazalarni o`rganish lozim.
47