Reja: O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar


O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix02.01.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#44088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
ozbekistonda talim tizimi

O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi

 



maktabgacha ta`lim; 

 



umumiy o’rta ta`lim; 

 



maktabdan tashqari ta`lim; 

 



o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi; 

 



oliy ta`lim; 

 



oliy ta`limdan keyingi ta`lim; 

 



malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash. 

 

Ta`limni boshqarish organlari  

Ta`lim  tizimining  umumiy  boshqaruvini  Vazirlar  Mahkamasi  amalga  oshiradi. 

Shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasi  alohida  oliy  ta`lim  muassasasi,  Toshkent  Islom 

Universiteti va xalqaro mashhur xorijiy OTMlari (MDU, Westminster Universiteti 

va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi. 




 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi: 

 

ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish



 

davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish



 

ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish



 

ta`lim  muassasalarini  yaratish,  qayta  tashkil  etish  va  bekor  qilish  tartiblarini 



belgilash; 

 



ta`lim  muassasalari  akkreditatsiyasi,  pedagogik  va  ilmiy  kadrlar  attestatsiyasi 

tartiblarini belgilash; 

 

boshqa  davlatlar  ta`lim  muassasalariga  O’zbekiston  Respublikasi  hududida 



ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish; 

 



qonunchilikka  mos  ravishda  xorijiy  davlatlarning  ta`lim  haqidagi  hujjatlarini 

tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli ekanligini o‘rnatish; 

 

davlat ta`lim standartlarini belgilash; 



 

davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash; 



 

ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash; 



 

davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash; 



 

ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga 



o’tkazish tartibini belgilash; 

 



qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar. 


O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyatini bevosita boshqarishni ikki vazirlik - 

Xalq 


Ta`limi  Vazirligi

 (XTV)  va 

Oliy  va  O’rta  Maxsus  Ta`lim  Vazirligi

 (OO’MTV)  - 

amalga oshiradi. 

XTV -  maktabgacha,  maktabdan  tashqari  muassasalar  va  umumiy  ta`lim 

maktablari  faoliyati  uchun  mas`uldir.  XTV  boshqaruvida 5  ta  oliy  ta'lim 

muassasasi va 16 ta o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari mavjud. Vazirlik 

joylardagi  tegishli  ta`lim  muassasalari  faoliyatini  metodologik  boshqaruvchi 

viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bo’limlariga ega. 


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin