UMUMIY XULOSA Demak, ta‘lim sohasida o‘quvchilar faolligini oshirish, darsda pedagogik
texnologiyadan foydalanish davr talabidir. O‘quvchilar faolligini oshirish,
ularning o‘quv faoliyatini takomillashtirish tufayli, ayni vaqtda o‘qitishda
yuksak samaradorlikka erishiladi, ya‘ni o‘quv jarayoni tezlashadi. O‘quv
materialining qay darajada tushunarli bo‘lishi, ularning ongida akslanishi va
aynan shu ma‘lumotlar yuzasidan bilimni hosil bo‘lishi ta‘limda interfaol
usullar bilan belgilanadi. Bu usul o‘qitish jarayonini sifatini oshiradi.
O‘quvchilarning bilim olishini yanada osonlashtiradi. Darslarda
o‘quvchilarning mustaqil ishlashini tashkil qilish, o‘quv fani samaradorligini
oshiradi, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakasini rivojlantiradi, ularning
individual va intellectual salohiyatini kuchayishiga xizmat qiladi. Hozirgi
kunda ta‘lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish, ta‘lim tizimining
eng muhim muammolaridan biri. Bo‘lajak pedagoglar uchun zamonaviy
axborot va pedagogik texnologiyalardan chuqur bilimga ega bo‘lishi juda
muhimdir. Bu muammoni hal etish yo‘llaridan biri – o‘qitish jarayonida
ko‘proq interfaol usullardan foydalanishdan iborat. Bu metod o‘quvchilarni
faollashishigagina emas, balki mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil
fikrlashini shakllantirishga imkon yaratadi. Bu usullar guruhlararo ishlarda
qo‘llaniladigan, ko‘plab g‘oyalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan metoddir.
O‘quv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon qilish
chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga
imkon beruvchi va rag‘batlantiruvchi usuldir.
Boshlang‘ich sinf matematika fanini o‘qitishda o‘qituvchi hamisha o‘z
ustida ishlashi, bilim, ko‘nikma va malakasini takomillashtirib borishi kerak,
uning pedagogik mahoratini o‘sib borishi o‘quvchilarning faolligida namoyon
bo‘ladi.