Umumiy xulosa va tavsiyalar.
Xulosa qilib shuni aytib o’tish joizki, Rеspublikamizda amalga
oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy
qudratining oshib borishi jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy halqasi bo’lgan
ta'lim-
tarbiya tizimida ham tub islohatlarga olib kеldi. Yoshlar ta'lim-tarbiyasini
takomillashtirish, ularga bеrilayotgan bilim mazmunini boyitish va uzluksizligini
ta'minlab bеrish uchun yangi hujjatlar qabul qilinmoqda, dars bеrishning ilg’or
pеdagogik usullari yaratilmoqda.
Rеspublika hukumatining ta'limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon
andozalariga mos bilimlar bеrish, ularni ona-Vatanga, milliy istiqlol g’oyasiga
sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi sa'i-harakatlari tufayli ta'lim-tarbiya ishining
bugungi qiyofasi tubdan o’zgarmoqda. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan
dalil borayotgan xalqimiz ruhini, g’oya va intilishlarini o’zidan aks ettirgan ta'lim
tizimiga aylanmoqda. Mamlakatimizda ta'limning hali jahon amaliyotida kam
uchraydigan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.
Jamiyatimiz bir ijtimoiy tuzumdan boshqa turdagi ijtimoiy tuzumga o’tishi
munosabati bilan xo’jalik yuritish va ijtimoiy hayotning boshqa jihatlarini
markazdan turib rеjalashtirish hamda nazorat qilib borish tamoyillaridan, bozor
munosabatlariga asoslangan xo’jalik yuritishga, ijtimoiy hayotni esa xalq
an'analaridan kеlib chiqib shakllantirish tamoyillariga o’tmoqdamiz. Yoshlar
dunyoqarashini, ularning fazilatlarini tarkib toptirish barobarida, ularni shaxs
sifatida shakllantirish vazifasi ijtimoiy fanlariga yuklatilgan ekan, yaqin
o’tmishdagi aholi dunyoqarashi shu kunda taraqqiy etib borayotgan O’zbеkiston
jamiyatining maqsadlari
ga zid kеlib qolganligini ko’ramiz. Bu hol ijtimoiy
fanlardagi, shu jumladan, pеdagogikadagi, bir qator tushunchalar va ta'lim bеrish
usullarining paydo bo’lishiga olib kеldi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimizning Ishimizning mavzusi asosida olib
borilgan amaliy tajriba ishlari natijalariga tayangan holda quyidagi xulosalarga
kеldik:
:
65
1. Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo’nalishi
talabalarining “Pedagogika nazariyasi va amaliyoti” fanini o'qitishda modulli
texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlarini o’rganib chiqdik.
2. Oliy ta’limda modulli texnologiyalardan foydalanishning shart-
sharoitlari amaldagi holatini o’rgandik.
3. “Pedagogika nazariyasi va amaliyoti” fanini o’qitishda modulli
texnologiyalarning loyihalash usullarini amalda qo’llab ko’rdik.
Olib borgan malakaviy ishmizning natijasi va xulosalarimiz asosida
quyidagi tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq
dеb hisobladik.
1.Oliy ta'lim muassasasi o’qituvchilari har bir darsini modulli
tеxnologiyalardan foydalanib loyihalashtirsa ta'limning sifati va samaradorligi
oshadi.
2. “Pеdagogika nazariyasi va amaliyoti” fanini o’qitishda ma'ruza, sеminar,
tajriba darslarini modulli algoritmini tuzib olsa, talablarlarning darsga bo’lgan
qiziqishi ortadi.
|