Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/32
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#44867
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Курс иши услубий кўрсатма БФМ

 

 

3. KURS ISHINING BAJARILISHI 

Kurs  ishini  amaliy  qismi  asosan  “Biotexnologiya”  kafedrasi  laboratoriyasida, 

O‘zbekiston  Milliy  Universiteti  “Biologiya-tuproqshunoslik”  fakultetida,  O‘zRFA 

O.S.Sodiqov  nomidagi  Bioorganik  kimyo  ilmiy-tadqiqot  instituti  va    O‘zRFA 

Mikrobiologiya instituti laboratoriyalarida va  O‘zRFA Genomika va Bioinformatika   

markazi  laboratoriyalarida  bajariladi.  Kurs  ishini  bajarayotgan  talabaning  ilmiy 

izlanish  jarayonini  “Biotexnologiya”  kafedrasi  professor  –  o‘qituvchilari  nazorat 

qiladi. 


         Talaba  tomonidan  bayon  etiladigan  amaliy  qism  aniq,  izchil  va  qisqa  bo‘lishi 

lozim.  Kurs  ishi  ko‘proq  talabaning  shaxsiy  muloxazalaridan,  misollar  va  rasmlar, 

solishtirish  va  umumlashtirish,  tajriba  materiallarini  keltirishdan  tashkil  topgan 

bo‘lishi kerak. 

         Kurs  ishlarini  rahbari  va  maslahatchini  vazifasi  bu  talabani  ish  bajarish  va 

to‘g‘ri  echimlar  qabul  qilishda  nazorat  qilishdadir.  Kurs  ishlari  bajarish  jarayonida 

yangi  texnologik  masalalarni  yangi  echimini  tanlashda  va  munozarali  savollarga 

echim  qabul  qilishda  rahbarlar  yordam  beradi.  Talaba  eca  kurs  ishi  bajarish 

bosqichlarida  tashabbus  ko‘rsatmog‘i,  texnologik  echimlar  variantlarini  tahlil  qilish 

va  baholashni  namoyon  etishi  lozim.  Optimal  variantlarni  o‘zi  tanlashi,  me’yoriy 

hujjatlar va ma’lumotnomalardan (spravochniklar) foydalanishni bilishi kerak. 

          Tayyor kurs ishi quyidagi talablarga ko‘ra rasmiylashtiriladi va o‘kuv grafigida 

belgilangan  muddatda  kafedrada  himoyaga  qo‘yiladi.  Agarda  kurs  ishlardagi 

materiallarga  ta’luqli  salbiy  fikrlar  bildirilsa,  ular  himoyagacha  to‘g‘rilanishi  kerak. 

Kurs  ishida  qabul  qilingan  echimlarga,  mazmuniga  va  himoya  kuniga  talabani  o‘zi 

ma’sul hisoblanadi. 




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin