Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/32
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#44867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Курс иши услубий кўрсатма БФМ

\   U r  J - 

S.U.AIicv

Uslubiy  ko'rsalma  loshkcnl  I armalscvlika  insliluli  ilmiy kengashining 

2017 y il "   I 

t,wCt4  dagi  «    »-sonli  pw.  ilishida  muxokama qilinib,  lasdiqlandi



llm i)  k tn rii'li  kolihi: 

V.KAnvdiiriiv

4



 

Kirish 

            «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  qo‘yilgan  barkamol  avlod  tarbiyasi 

vazifalarini amalga oshirish jarayonida tayyorlanayotgan kadrlarning mustaqil ijodiy 

fikrlash  qobiliyatini  rivojlantirish  ta’lim  tizimining  eng  muhim  vazifalaridan  biri 

sifatida qaralmoqda. 

 

Hozirgi    zamon    farmatsevtikaning  kelajagi  ko‘p  jihatdan  sanoat  miqyosida 



ishlab  chiqarilayotgan  tayyor  dori  vositalarining  miqdori,  sifati  va  axolini  ular  bilan 

etarli  darajada  ta’minlashiga  bog‘liq.  Buning  uchun  katta  hajmdagi  ilmiy  va  amaliy 

ishlarni amalga oshirish kerak.  

 

“Biofaol  moddalar  texnologiyasi”  fanining  o‘quv  fani  sifatidagi  vazifasi, 



mutaxassislik  mahoratini  egallash,  korxona  sharoitida  tayyor  dori  vositalarini  ishlab 

chiqarish  texnologiyasi  bo‘yicha  umumiy  ko‘nikmalar  hosil  qilish,  hamda  ularni 

texnologiya  nuqtai-nazardan  tayyorlash  uslubini  takomillashtirish,  sifatini  baholash, 

saqlash sharoitlarini belgilash  va turg‘unligini ta’minlashdan iborat. 

 

“Biofaol  moddalar  texnologiyasi”  fanidan  kurs  ishlarini  bajarish  uchun 



mo‘ljallangan  ushbu  uslubiy  ko‘rsatma  “Sanoat  farmatsiyasi”  va  “Biotexnologiya” 

ta’limi  yo‘nalishi  4-kurs talabalari  uchun mo‘ljallangan  bo‘lib,  ular  fanni  to‘laqonli 

o‘zlashtirganlaridan  so‘ng,  adabiyotlar  bilan  ishlash  orqali  ko‘nikmalarini  yanada 

mustaxkamlab,  ushbu  ko‘rsatma  bo‘yicha  belgilangan  mavzu  va  topshiriqlarni 

mustaqil  ravishda  bajarib,  fan  bo‘yicha  olingan  nazariy  ko‘nikmalarini  amaliy 

jihatdan mustahkamlaydilar. 

 

Uslubiy  ko‘rsatma  o‘z  ichiga  100  ta  mavzuni  olgan  bo‘lib,  mavzular  aynan 



talabalarning  “Biofaol  moddalar  texnologiyasi”  fani  bo‘yicha  o‘zlashtirgan 

mavzulardan  kelib  chiqqan  xolda  yozilgan.  Har  bir  mavzular  bo‘yicha  kurs  ishini 

yozilish  tartibi  ya’ni,  rejalar:  kirish,  adabiyotlar  sharhi,  amaliy  qism,  xulosalar  va 

foydalanish  mumkin  bo‘lgan  adabiyotlar  ro‘yhati  qay  tartibda  yozilish  kerakligi 

bo‘yicha  ko‘rsatmalar  berilgan.  Rejadagi  har  bir  topshiriqni  bajarish  uchun  zarur 

bo‘lgan adabiyot aniq keltirilgan bo‘lib, talabalarni adabiyotlar bilan ishlashda hech 

qanday qiyinchilik yoki noqulayliklar keltirib chiqarmaydi. 

 

Uslubiy ko‘rsatmaning yana bir e’tiborli jihati mavzularning har birida birinchi 



topshiriq  bugungi  kunda  farmatsevtik  texnologiya  va  ishlab  chiqarish  uchun  zarur 

bo‘lgan  hukumatimiz  tomonidan  chiqarilgan  qonunlar  va  qonun  osti  hujjatlarga 

bag‘ishlangan bo‘lib, talabalar dastlab bevosita ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan 

shart-sharoitlar bilan tanishishga muvofiq bo‘ladilar. 




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin