Musiqa ta’lim kafedrasi jabborova Sitorabonu Fattox qizining



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#45362
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Musiqa ta’lim kafedrasi jabborova Sitorabonu Fattox qizining

Tovushsiz cholg‘ular

Bularga  musiqiy  cholg‘ularni  ifodalaydigan  o‘yinchoqlar  kiradi.  Masalan, 

tovushsiz fortepiano, royal va boshqalar. Bular bolalarga o‘yinni qiziqtirish uchun 

xizmat  qiladi.  Musiqiy  o‘yinlar  esa  ijodiy  va  musiqiy  eshituvni  rivojlantiradi. 

Tovush  balandligi  aniq  bo‘lmagan  cholg‘ular  —  baraban,  shaqildoq,  uchburchak, 

qog‘ora,  safoyil,  quticha,  kastaneta.  Faqat  bir  tovushni  beruvchi  o‘yinchoq  — 

cholg‘ular. (bular  ritmni  chalish  uchun  qulay  bo‘ladi)  —  surnaycha,  nay,  rojki, 

sverel va boshqalar. Ma’lum bir kuynigina ijro eta oladigan cholg‘u o‘yinchoqlar. 

Masalan  musiqiy  shkatulka,  musiqiy  quticha.  Bularni  chalish  mexanik  tus  oladi. 

Xromatik  va  diatonik  tovushqatorli  o‘yinchoq-cholg‘ular  —  metallofon,  pianino, 

royal, klarnet, saksofon, lab garmoni, bayan va boshqalar. Urma zarbli cholg‘ular. 

YOg‘och  qoshiqlar.  Bu  cholg‘u  bolalar  bog‘chalarining  ansambllarida,  musiqa 




32 

 

mashg‘ulotlarida  va  bayram  tantanalarida  ijro  etiladi.  Bu  cholg‘u  bolalarning 



rimtik hissini rivojlantiradi.  

Uchburchak  —  ansambl,  orkestr  va  qo‘shiklarda  jo‘r  bo‘ladi.  Tovush 

asbobga engil urilishi bilan hosil bo‘ladi.  

Musiqiy  bolg‘acha  —  ikki  tomonlama  plasmassadan  yasalgan  bolg‘asimon 

cholg‘u.  Bolg‘a  dasta  va  havo  to‘ldirilgan  tovushchiqaradigan  asosdan  tashkil 

topgan.  

Bu  o‘yinchoq  —  cholg‘u  kichik  guruh  bolalarida  kata  qiziqish  uyg‘otadi. 

Undan tashqarii o‘rta guruh bolalarida ritmni his qilishga o‘rgatadi. Qo‘ng‘iroqlar. 

Bu  cholg‘ular  shakl  jihatidan  kata-kichik  bo‘ladi.  Bu  bolalarda  musiqiy  eshituv 

qobiliyatini  rivojlantiradi.  Turli  shakldagilari  turli  balandlikka  egadir.  Masalan 

kattaligi  jihatidan  turli  bo‘lgan  uchta  qo‘ng‘iroqlarni  qo‘llashdan  maqsad  bolalar 

tovushlarni  yuqori  va  pastlarini  farqlay  oladilar.  Orkestrlarda  katta  qo‘ng‘iroqlar 

mavjud.  Bu  ayrim  kuylarda  pastki  tovushni  alohida  ijro  etish  uchun  belgilangan. 

Metallofon.  Bu  asbob  yog‘och  tayoqchala  rva  tayoqchalarga  ulargan  metal 

plastinkalardan iborat.  

Musiqiy  zina  —  etti  bosqichdan  tashkil  topgan  tovushqatorni  eslatadigan 

zina.  Zinaning  asosi  yog‘och  yoki  metall.  Bu  cholg‘u  ikkita  tayoqcha  bilan  ijro 

etiladi.  Bu  bolalarda  notalarning  joylashuvi  va  yuqoriga  yo‘nalishini  ko‘rsatib 

beradi.  Bu  cholg‘uda  ijro  etish  katta  va  maktabga  taiyorlov  guruh  bolalariga 

mo‘ljallangan.  Urma  klavishli  cholg‘ular.  Pianino,  royal.  Bu  cholg‘ular  katta  va 

maktabga  tayyorlov  guruh  bolalariga  mo‘ljallangan.  Bu  asboblarni  mashg‘ulot 

davomida va mashg‘ulotdan tashqari vaqtda ham foydalanish mumkin. Mashg‘ulot 

davomida  musiqiy  didaktik  o‘yinlar  jarayonida  tadbiq  etilsa,  bolaning 

mashg‘ulotga qiziqishi oshadi. Damli cholg‘ularga klarnet, saksofon kabilar kiradi. 

Ularda ijro etishni individual tarzda o‘zlashtiriladi.  

Damli garmonika. Bu asbobda tovush hosil qilish uchun puflab klavishlarini 

bosish bilan chalinadi. Asbob 6-7 yoshli bolalarga mo‘ljallangan.  



33 

 

Triola  asbobi.  Rang-barang  klavishlarga  ega  bo‘lgan  bolalar  musiqa 



cholg‘usi.  Bu  asbobda  puflash  bilan  birga  klavishlarini  bosib  tovush  chiqariladi. 

Bu asbob yoqimliligi bilan boshqa asboblardan farq qiladi. Doyrada ijro etishdagi 

holat. Doyrada belni bukchaytirmasdan, o‘tirib, kiftlarni erkin, boshni to‘g‘ri tutib, 

tirsaklar  tanadan  sal  narirokda  ushlagan  xolla  chalinadi.  Doyra  ikki  qo‘l  bilan, 

notani ko‘rib turish uchun qo‘llarni tanadan sal chaproqqa qayirib ushlab chalinadi. 

O‘ng  ko‘l:  bosh  barmoq  doyra  gardishini  tashqi  tomoniga,  qolgan  panjalari  esa 

doyraning pardasi (membranasi)ga zarb urish uchun erkin holatda ushlanadi. CHap 

ko‘l:  bosh  barmoq  gardishni  ichki  tomonida  turadi,  qolgan  barmoqbar  esa  tovush 

chiqarish uchun xizmat qiladi.  

Doyraning  vazni  asosan  chap  qo‘lga  tushadi.  Doyra  chalish  usullari  Doyra 

muayyan  bir  tovush  baland-pastligiga  ega  bo‘lgan  urma  cholg‘u  asbobi  guruhiga 

kiradi.  Doyra  turli-tuman  ritmik  va  dinamik  imkoniyatlarga  ega  bo‘lib,  doyrachi 

ikki  qo‘l  va  barcha  barmoqlarning  zarblaridan  faydalanadi.  Kichik  nog‘oralar 

Kichik  nog‘oralar  ma’lum  bir  sozda  sozlanmaydi,  lekin  uni  olovda  yoki  elektr 

isitgich  oldida  qizdirilganda  tovushning  jarangdorligi  kuchayadi.  Ikkala  kichik 

ko‘zalar sozi bir-biriga nisbatan taxminan kvartaga tushadi. Bu asboblarga yog‘och 

tayoqcha bilan urib tovush chiqariladi. Nog‘oraning birmuncha chuqqurroq tovushi 

o‘ziga xos tus bilan ajralib turadi. Nog‘ora partiyasini yozish uchun bitta chiziqdan 

foydalanadi.  

Nota  cho‘zimlari  chiziqning  ustiga  yoki  ostiga  yoziladi.  CHiziqning  ostiga 

yozilgan  notalar  pastroq  sozdagi  ko‘zachaga  uriladi,  ustiga  yozilgani  esa  yuqori 

sozdagi  ko‘zachaga  uriladi.  Safoyil  Safoyil  —  jarangdor  cholg‘u  bo‘lib, 2 ta 

yog‘och dastachalarga mahkamlangan, 2 ta katta buralgan xalqalardan iborat. Har 

bir  katta  xalqaga  15  tadan  kichik  xalqachalar  o‘tkazilgan.  Bu  xalqachalarning 

jaranggi  o‘ng  etkaga  urib  yoki  havoda  tez-tez  harakat  bilan  oldinga  silkitishdan 

kelib  chiqadi.  Safoyil  partiyasi  bitta  nota  chizig‘ida  yoziladi.  Quticha  Qutichalar 

qattiq  daraxt  turidan  yasalib,  har  xil  yiriklikda  bo‘lishi  mumkin  va  unga  yog‘och 

cho‘plar  bilan  urib  chalinadi.  Qutichani  chap  qo‘lda  ushlab,  o‘ng  qo‘l  bilan 




34 

 

yog‘och  cho‘plarini  qutichaning  o‘rta  qismiga  o‘rib  chalinadi.  Ba’zan  bir  juft 



yog‘och  cho‘p  bilan  ham  ijro  etiladi.  Bunda  quticha  stul  ustiga  qo‘yib  chalinadi. 

Kichik  guruhlarda  cholg‘ularni  ijro  etishga  o‘rgatish  malakalari  musiqa 

cholg‘ularida ijro  etishga o‘rgatish kichik  yoshdan boshlanadi (2-3  yosh). Bolalar 

musiqa cholg‘ularining tovush balandligini farqlay olishga erishish kerak.  

SHiqildoq  va  bubenlarni  farqlashi  kerak.  Bolalar  bilan  ishlash  jarayonida 

musiqiy o‘yinchoqlardan foydalaniladi. Masalan surnaycha va boshqa o‘yinchoqlar 

asboblarga  nisbatan  qiziqish  uyg‘otadi.  Bolalar  bilan  turli  didaktik  o‘yinlarda 

cholg‘ularni  qo‘llash  mumkin.  Masalan,  urma  zarbli  cholg‘ular  bolalarda  katta 

qiziqish  uyg‘otadi.  Bolalarda  ritmni  his  qilish  tuyg‘usini  rivojlantirish  aynan  shu 

yoshdan  boshlash  kerak.  Turli  zarbli  urma  cholg‘u  o‘yinchoqlardan  foydalanib, 

ritmning aniq ijrosiga erishish maqsadga muvofiqdir. O‘rta yoshda ijro etish O‘rta 

guruh bolalarida ijro etishga zarbli cholg‘ularga yana bir yangi cholg‘u qo‘shiladi. 

Bu metallofonda ijro. Bu cholg‘uda bolalarning hissi, xotirasi va eshitish qobiliyati 

rivojlanadi.  Bolalarga  cholg‘uni  musiqa  mashg‘uloti  davomidatanishtirish  kerak. 

Lekin  unda  ijro  etish  va  ma’lum  bir  kuyni  o‘rgatish  esa  mashg‘ulotdan  tashqarii 

o‘tkaziladi. Metallofonda ijro etishga o‘rgatishdan oldin uning tayoqchasini to‘g‘ri 

ushlashga,  u  bilan  to‘g‘ri  foydalanish,  tovush  chiqarish  ustida  ishlash  kerak. 

Masalan,  tayoqchani  qo‘lini  qattiq  zo‘riqtirib  va  qisib  ushlasa  talab  etiladigan 

tovush  chiqmaydi.  Biror  bola  ijro  etishga  taklif  etiladi.  Uni  bolalar  kuzatib 

turishadi.  Bola  qo‘lidagi  tayoqchani  qisib  ushlayotganini  musiqa  rahbari 

tushuntirib beradi. 


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin