Tariff-plans-available-in-uzbekistan-uz docx


Foydalanish bo'yicha cheklovlar



Yüklə 421,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix02.01.2022
ölçüsü421,94 Kb.
#45788
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari

Foydalanish bo'yicha cheklovlar

Tariflar va Tarif paketlari bitta Abonent qurilmasida bitta SIM-kartaga nisbatan foydalanish uchun

mo'ljallangan. Abonent qurilmasiga o'rnatilgan SIM-kartadan bunday Abonent qurilmasiga simli

va simsiz kanal orqali ulangan boshqa qurilmalar bilan Provayder aloqa xizmatlaridan

foydalanishning qo'shimcha imkoniyatlarini ta'minlash uchun foydalanish faqat "0 GИ" va

"Cheksiz Internet" Tarif paketlarida ruxsat etilmaydi. Qolgan Gigabayt Tarif paketlarida boshqa

qurilmalar tomonidan sarf qilinadigan trafik Cheksiz Ilovalarning ulangan Opsiyalari mavjudligi

yoki mavjud emasligidan qat'i nazar, Tarif paketi doirasida maksimal tezlikda taqdim etilgan

hajmni sarflaydi. Tarif paketi doirasida taqdim etilgan trafik hajmi ishlatib tugatilganida boshqa

qurilmalar tomonidan trafik sarf qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.

Barcha Tariflarda, Tarif paketlarida piring fayl almashuvi tarmoqlaridan foydalanish imkoniga ega

bo'lish uchun (jumladan BitTorrent va shunga o'xshash fayllarni taqsimlagan holda tarqatish

texnologiyalari yordamida) Tarmoq resurslaridan foydalanayotgan servislar uchun tezlik

soniyasiga 32 kbit'gacha chegaralanadi.

Tariflar va Tarif paketlari smartfonlar yoki planshetlarda foydalanishga mo’ljallangan, agar boshqa

shartlar Arizada ko’rsatilgan bo’lmasa. Smartfon yoki planshetdan tashqari boshqa qurilmalardan

foydalanilganligi aniqlangan holatlarda barcha Tariflarda, Tarif paketlarida tezlik 0 kbit/s gacha

chegaralanishi mumkin. SIM-kartadan smartfon yoki planshetda foydalanilsa ushbu cheklanish amal

qilishda davom etmaydi.

Mijozlarning manfaatlari yo'lida, tasodifiy qo'ng'iroqlarning salbiy oqibatlaridan saqlanib qolish

maqsadida Provayder ovozli ulanish davomliligini bir soat bilan chegaralab qo'yishga haqli.

Xizmatlarni, Tarifni, Tarif paketlarini boshqarish HUMANS.uz mobil ilovasidan (Ilovadan)

foydalangan holda amalga oshiriladi. Ilovani Mijoz o'z abonent qurilmasiga o'rnatib olishi kerak.

Mijoz tomonidan Ilova o'rnatilmaganida Mijoz uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy

oqibatlar uchun Provayder javobgar emas.

Roumingda Mobil internet xizmatiga ega bo'lish uchun Mijozning Shaxsiy hisobvarag'idagi

mablag' 30 000 so'mdan kam bo'lmasligi kerak.




Yüklə 421,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin