Reja:
• Estetik taraqqiyot va shaxsning
estetik ongi
• Estetik tarbiyaning vazifalari
• Ta'lim-tarbiya ishlarida o‘zbek xalq
amaliy san'ati
Estetik taraqqiyot va shaxsning
estetik ongi
• Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik
faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab
etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy
va estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi.
Bu har xil yo‘llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning
estetik jihatdan rivojlanishida ma'lum maqsadga qaratilgan
ta'lim va tarbiya hal etuvchi rol o‘ynaydi.
• Estetik ehtiyoj – kishi borliqni, badiiy faoliyatni uning har xil
ko‘rinishlarida estetik idrok etishga undovchi sub'ektiv omildir.
Estetik ehtiyoj go‘zallik to‘g‘risidagi fanning
rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishga
undaydi.
• Estetik qiziqish shaxsni san'at asarlarini, tevarak-atrofdagi
borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yo‘naltiradi.
Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi.
• «Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya»
tushunchasi ham mavjuddir.
Estetik tarbiyaning vazifalari
• 1. Bolalarni hayotdagi, voqyelikdagi go‘zallikni
tushunishga, sevishga, tabiatda va turmushda,
yaratuvchilik mehnatida, ijtimoiy hayotda, kishilar
xatti-harakatida bolalarga tushu-narli bo‘lgan
go‘zalliklarni ko‘ra bilishga o‘rgatish.
• 2. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar,
musiqa, qo‘shiq, rasm va boshqalar) yaratilgan san'at
asarlarini ko‘rish, tushunish va sevishga o‘rgatish orqali
ularda estetik ong qirralarini shakllantirish
• 3. Bolani san'atning turli sohalari: ashula, o‘yin, she'r
o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat (ijodiy o‘yin,
hikoya qilib, rasm chizish, biror narsa yasash yoki
qurish) ka-bilarda yanada faolroq harakat qilish va
o‘zini ko‘rsata bilishga o‘rgatish
Ta'lim-tarbiya ishlarida o‘zbek xalq
amaliy san'ati
• San'at yuksak estetik zavqning, kishi
xursandchiligining tuganmas manbai bo‘lib
xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda u har bir
kishining rivojlanishi, ma'naviy boyishi uchun
ham vositadir.
• Bolalar maktabgacha ta'lim muasassasida
ganch, chinni, yog‘och, loy, plastilindan xilma-
xil buyumlar, o‘yinchoqlar yasash mumkin.
Bolalar o‘yinchoqlarining yaxshi
namunalaridan guruh xonasini bezatishda
foydalansa bo‘ladi.