mamlakatlarning hammasi ham bizni quchoq ochib qarshi olayotgani yo‘q. Ular har bir holatda
ham o‘z milliy manfaatidan kelib chiqib munosabatda bo‘ladi. Hatto
demokratiyani "eksport"
qilishdan ham manfaatdor ayrim kuchlar bor. Chunki bu ularga mamlakat boyliklarini
o‘zlashtirish, arzon ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Demokratiyani yagona,
yevropacha turmush tarzi mezonlari bilan baholamoqchi bo‘ladi.
Ana shuning uchun ham milliy tarbiya masalasi hozir dolzarb bo‘lib turibdi. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi aynan shu maqsad uchun qabul qilindi. Farzandlarimiz yangicha
yashashga tayyor bo‘lishi va eng muhimi, O‘zbekistonning gullab-yashnashiga hissa qo‘shishi
kerak. Zamonaviy bilim, zamonaviy malaka, zamonaviy qobiliyat egalari bo‘lib yetishsin. Milliy
g‘oyaning bosh maqsadi ham shu.
Lekin bu yerda gap faqat ta’lim-tarbiya tizimi haqida borayotgash: yo‘q. Bu yerda gap
umuman jamiyat tizimi, yaxlit olganda, O‘zbekiston xalqini yuksaltirish ustida bormoqsa. Ochig‘i,
milliy o‘zlikni saqlash hozir muhimroq bo‘lib qoldi.
Bu nima degani? Biz milliy qadriyatlarni tiklash bilan chegaralanmasdan, ular yetilib
kelayotgan avlod tomonidan qanchalik qabul qilinmoqda, sevilmoqda, davom ettirilmoqda, degan
savollar ustida ham bosh qotirishimiz lozim. Zero, eng katta xavf ham ilg‘or mamlakatlar
mafkurasidagi
individualizm ta’siriga tushib o‘zlikni yo‘qotishdir.
Mana shuning uchun ham milliy g‘oya ruhidagi keng miqyosdagi tarbiya benihoya muhim
va biz uchun hayot-mamot masalasidir. Bunda axloqiy va xuquqiy tarbiya birga rivojlantirilishi,
milliy o‘z-o‘zini tahlil va tanqid ham muayyan o‘rin egallashi lozim. Chunki millat o‘zini o‘zi
ma’nan tozalab, poklab borishi kerak.
Lekin ayrim kishilar hamon sustkashlik, boqimandaliqdan to‘la qutulgani yo‘q. Ko‘pgina
hollarda tadbirkorlikni faqat olib-sotarlik darajasida anglash sodir bo‘lmoqda. Ayniqsa, dunyo
bozorini egallaydigan mahsulot ishlab chiqarishi bilan e’tibor qozonish, servis xizmat sohalari
yuqori darajada bo‘lishiga erishilgani yo‘q. Buning sabablaridan biri ichki, ongli intizom
shakllanmagan, har bir odam vaqtdan foydalanishi, o‘zgalar vaqtini band etmasdan, har bir narsa
belgilangandek, aniq va to‘g‘ri bajarish shart ekanligini his etmayotganligidir. Eski odat bo‘lib
qolgan beparvoligimiz, mas’uliyatsizligimiz ko‘p narsani boy berishimizga sabab bo‘lmoqda.
Aybni boshqalarga to‘nkash, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olmaslik kasalidan qutulganimiz yo‘q.
Hali ham
isrofgarchilik bor, tejamkorlikni o‘rganganimiz yo‘q.
Shu bois keng ma’noda tafakkurimizni, hayot tarzimizni qayta qurishimiz, hushyor, oqilu
fozil kishilar kabi yuqori darajali mehnat, faoliyat va turmush intizomiga erishishimiz lozim.
Qachongacha rahbar ko‘rsatma yoki do‘q-po‘pisa qilsa ishlaymiz? Nega har bir odam
tashabbuskor emas? Nega kimdir biz uchun o‘ylasin,
biz uchun fikr qilsin,
hukm chiqarsin degan
kayfiyatda yuramiz?
Ma’lumki, sobiq sho‘rolar davrida sharq xalqlariga, jumladan, bizga nisbatan Marksning
«Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» deb atalgan nazariyasiga tayanib ish ko‘riladi degan qarash
hukmron edi. Bu nazariyaning mohiyati Sharqda hokimiyatni boshqarish azaldan despotizmga,
ya’ni zo‘ravonlikka asoslanadi, degan fikrdan iborat edi. Yevropatsentristik qarashlar (Gegel),
Yevropani jo‘g‘rofiy jihatdan ustun qo‘yish (Monteskye), kapitalizmning tarixan aynan
Yevropada paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning (Maks Veber) barchasi osiyocha turmush
tarzi uchun demokratiya mutlaqo yot narsa, degan bepisand fikrga asoslanish oqibati edi. Bugungi
kunda Sharqning ham o‘ziga xos davlatchilik an’analari, boshkaruv tizimi, idora usullari,
hokimiyat tarmoqlari bo‘lgani, bu borada u g‘arbdan sira kam emasligi barchata ayon bo‘lib qoldi.
Xususan, sharqona demokratiyaning qator ustuvor jihatlari mavjud. Bu — g‘oyaviy-falsafiy
asosda shakllangan insonparvarlikdir. Masalan, bizning Forobiy, Amir Temur, Nizomulmulk,
Alisher Navoiy kabi ajdodlarimizning siyosiy qarashlari negizida turli davrlarda o‘ziga xos siyosiy
madaniyat shakllangan. Sharq siyosiy falsafasining muhim jihatlaridan biri —
«meyor»
Dostları ilə paylaş: