15
d)
kam ifodalangan belgilsrni retsedivi yoki saqlanib qolishi ( kam-kam va
kuchsiz yo’tal, astenizatsiya, subfibrilitet va h.k. )
e)
rengenologik: peribronxial o’zgarishlar, ildizni kengayishi, o’pka rasmini
kuchayishi, aniq infiltratsiya belgilari yo’qligi, doimiy bo’lmagan belgiardan- plevra
reaksiyalari, o’pka maydoni xiralashishlari
6.
postpnevmatik pnevmoskleroz ( surunkali pnevmoskleroz )
7.
o’tkir nafas yetishmovchiligi
8.
kattalar nafas buzilish sindromi
9.
spontan pnevmotoraks
10. o’tkir o’pka yuragi
B)
o’pkadan tashqari
1.
infeksion-toksik shok
2.
DVS sindromi
3.
sepsis
4.
septik endokordit
5.
perikardit ( yiringli ), mediastenit
6.
2 lamchi yiringli meningit, ensefalit
7.
buyrakni, jigarni, bo’g’imlarni, siydik-ajratuv traktini infeksion-toksik shikasti,
otit
8.
infeksion-allergik miokarditlar, yurak yetishmovchiligini progressiyalanishi
bilan
Turli xil qo’zg’atuvchilar tomonidan qo’zg’atilgan pnevmoniyalar klinik
xarakteristikasi
Pnevmokokli kruppoz pnevmoniya ( plevropnevmoniya )
Xarakterli:
1.
o’tkir boshlanishi
2.
tana xarorati ko’tarilishi
3.
tipik pnevmoniya belgilari
Stafilokokli pnevmoniya – turli xil surunkali kasalliklarga duchor bo’lgan bemorlarda
rivojlanadi. Ko’pincha yosh bolalar va qariyalarda kuzatiladi. Xastalikni boshlanishi
haroratning ko’tarilishi, et uvishishi, sovuq qotish, terlash, ko’krak qafasida og’riqlar
va xansirash bilan namoyon bo’ladi. Shikastlangan soha ustida perkutor tovushning
bo’g’iqlashgani, auskultatsiyada dag’al vezikulyar nafas muhutuda har xil kalibrdagi
nam xirillashlar eshitiladi.Rentgen tekshiruvlar yallig’langan saohada tarqalgan
infiltrativ soyalar, ba’zan plevrit aniqlanadi.
Bu kasallikni kechishi og’ir, ko’pchilik bemorlarda o’pkada yallig’lanish yiringlashga
aylanish natijasida pnevmotoraks, o’pkadan qon ketishi va sepsis asoratlari sodir
bo’lishi mumkin.
Streptokokli pnevmoniya– ko’pincha gripp va qizamiq epidemiyasi vaqtida mavjud
bo’ladi. O’tkir boshlanadi, qaltirash bilan tana harorati ko’tariladi, sovuq
qotadi,hansirash va intoksikatsiya belgilari, yo’tal, qon-yiringli yoki shilimshiq
balg’am ko’chishi bilan kuzatiladi.Grammanfiy bakteriyalar chiqargan pnevmoniya.
16
Og’ir klinik kechishi, yirik o’choqli shikastlanishi bilan ifodalanadi. Xastalanish
o’tkir boshlanadi, tana harorati tez ko’tariladi, qaltirash, xansirash, bosh og’rig’I va
umumiy xolsizlik xarakterlidir.
Mikoplazmali pnevmoniya - ko’pincha uyushgan jamoalarda uchraydi. Kasallik tana
xaroratimi 39-40 C gacha ko’tarilishi, sovuq qotish, titrash bilan boshlanadi, faringit,
laringit va traxeit belgilari namoyon bo’ladi, ba’zan qon aralash balg’am ko’chishi
kuzatiladi. Kasallik kechishi yengil yoki o’rtacha darajada.
Virusli pnevmoniya( inflyuensiya virusi, gerpess, reoviruz, adenovirus)
Bosh va mushaklarda og’riq, anoreksiya, yiringli balg’am, ORVI belgilari; qonda
ifodalanmagan leykotsitoz.
Rikketsioz pnevmoniya (Ku isitmasi) o’tkir boshlanadi, tana haroratining ko’tarilishi,
ko’p terlash, titrash, qo’l va oyoqlarda og’riqlar,tashnalik, oz miqdorda balg’am
ajlarilishi bilan yo’tal kuzatiladi.
Ornitoz pnevmoniya – inkubatsion davri 1-3 xafta, tana xarorati oshganligi, quruq
yo’tal, yiringli balg’am ajralishi xarakterli. Tashxisni qushlar bilan aloqada
bo’lganligi va qon sinamalari asosida qo’yiladi.
Qiyosiy tashxis.O’tkir o’choqli pnevmoniya o'pka silining infiltrativ turi,
bronxektatik kasalligi, o’pka saratoni va infarkti bilan qiyoslash kerak.
O’tkir pnevmoniyada rivojlanishi mumkin bo’lgan o’tkir xolatlar
1.
Infeksion toksik shok
2.
DVS sindrom
3.
Turg’un gipotoniya
4.
O’pka shishi
5.
O’tkir nafas yetishmovchiligi
Dostları ilə paylaş: